Sanoatni hududiy tashkil etish hamda joylashtirish shakllari
Ishlab chiqarish jarayoni o'zaro bog'langan
korxonalarni bir-biriga yaqin joylashtirish - bir shaharga
yoki yonma-yon turgan shaharchalarga qurish oqibatida sanoat tugunlari vujudga
keladi.
Sanoat
tuguni tarkibidagi korxonalar yagona transport tarmoqlaridan, energiya va suv
manbalaridan birgalikda foydalanadi (ba'zan xomashyo boyliklari ham umumiy
bo'ladi), ishchi kuchlarini ishlab chiqarishga to'laroq jalb qiladi. Bularning
hammasi mehnat unumdorligini oshirishga, mablag'larni tejashga, korxonalar
egallaydigan maydonni qisqartirishga olib keladi. Sanoat tugunlari - sanoat
korxonalarini joylashtirishning eng maqbul shakllaridan hisoblanadi.
Sanoat tugunlari, markazlari va
punktlari to'plangan hududlar sanoat rayonlari deyiladi. Ularning katta-kichikligi har xil
bo'ladi. Angren-Olmaliq, Toshkent-Yangiyo'l, ayniqsa, katta sanoat rayonlaridir. Demak,
korxonalari oz sonli bo'lgan shaharcha sanoat punkti hisoblanadi. Bir qancha korxonalari
bo'lsa-yu, ammo ishlab chiqarish jarayoni bog'lanmagan, suv va energiya ta'minoti umumiy
bo'lmagan shahar sanoat markazi deyiladi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.