Toshkent viloyati
Maydoni 15,3 ming km.kv. 2 million 939 ming 700 kishidan ortiq (01.01.2022-yil) Toshkent viloyatida 14 ta tuman, 16 ta shahar va 97 ta shaharcha mavjud.
Sanoati. Iqtisodiyotning ko`plab tarmoqlarida xomashyo tayyorlashdan tayyor mahsulot
ishlab chiqarishgacha barcha bosqichlar barcha bosqichlar viloyatning o`zida
kechadi.
Sanoatning asosiy tarmoqlari: elektroenergetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo va
neft-kimyo, qurilish materiallari, yengil (paxta tozalash), oziq-ovqat.
Metallurgiya majmuasi ham
rivojlangan. Ishlab chiqarish aloqalari hamda geografik joylashuviga muvofiq
Toshkent-Chirchiq, Toshkent-Yangoyo`l, Angren-Olmaliq sanoat rayonlari vujudga
kelgan. Angren-Olmaliq sanoat rayonida mamlakat rangli metallurgiya sanoati
mahsulotining asosiy qismi tayyorlanadi. Mis rudasi tarkibida molibden, oltin va
kumush ham uchraydi. Bu yerda mis eritish zavodi va Olmaliq tog`-metallurgiya
kombinati ishlab turibdi.
Rangli metallurgiyaning ikkinchi
markazi Chirchiqdir. Shaharda qiyin eriydigan va o`tga chidamli qotishmalar
kombinati bor. Kombinatning ishlab chiqarish jarayoni Ingichka, Qo`ytosh hamda
Olmaliq ruda konlari bilan bog`liq. Kombinat 100 xildan ortiq mahsulot ishlab
chiqarmoqda. Sun`iy tola yetkazib beruvchi kaplaktan zavodi ham shu shaharda.
Bekobod shahridagi O`zbekiston
metallurgiya zavodi qora metallurgiyaning yirik korxonasi. Xomashyo o`rnida
temir-tersakdan foydalaniladi.
Mashinasozlik majmuasi dastlab
agrosanoat majmuyi ehtiyoji negizida jujidga kelgan. Uning muhim korxonalari Toshkent qishloq xo`jalik mashinasozlik zavodi, Toshkent traktor zavodi, O`zbekiston
qishloq xo`jalik mashinasozligi, Chirchiq qishloq xo`jalik mashinasozligi
zavodlaridir. Hozirda mashinasozlik agrosanoat majmuyiga xizmat etishdan
tashqari, ko`plab turdagi murakkab mashinalar ham ishlab chiqarmoqda. Rayonda
ishlab chiqarilayotgan samolyotlar, turli xil uskunalar va asboblar shular
jumlasidandir.
Binokorlik materiallari sanoati
viloyatda qurilish ko`lamining kattaligi va xilma-xil xomashyo negizida rivoj
topdi. Bekobod, Angren va Ohangaronda sement, G`azalkentda oyna va marmar,
shunindek, Ohangaronda shifer ishlab chiqarilmoqda. Sanoatning jadal yuksalishi
o`z navbatida ekologik vaziyatning yomonlashuviga sabab bo`lmoqda.
Qishloq xo`jaligining asosiy
tarmoqlari: paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog`dorchilik, go`sht-sut chorvahchiligi.
Qishloq xo`jaligi ko`p tarmoqli
bo`lib, sabzavot va meva yetishtirishda boshqa viloyatlardan oldinda turadi.
Yangiyo`l, Qibray, Bo`stonliq, Parkent, Ohangaron va Zangiota Tumanlarida
poytaxtga tutash yaxlit mintaqani tashkil etib, sabzavot va meva yetishtirishga
ixtisoslashgan. Ularda minglab gektar issiqxonalar tashkil etilgan.
Sug`oriladigan yerlarda paxtadan tashqari kanop va sholi ham yetishtiriladi.
Umuman, viloyat qishloq xo`jaligi intensive yo`ldan rivojlanmoqda. Sanoat
tugunlari atrofida sut-go`sht yetishtiradigan chorvachilik majmualari,
parrandachilik rivoj topmoqda, sun`iy suv havzalarida baliq ko`paytirilmoqda.
Paxta yetishtirishga uyg`un tarzda ipak qurti bo`qiladi.
Viloyatda ijtimoiy soha ham yaxshi
yo`lga qo`yilgan. Toshkent atrofida "Qibray” va
"Toshkent
mineral suvi” oromgohlari joylashgan. Bo`stonliq tumanining Chorvoq, Chimyon
hamda Parkent tumanining Kumushkon hududlarida dam olish maskanlari keng
tarqalgan.
Toshkent viloyatidagi sanoat markazlarining
aksariyati bevosita poytaxt bilan uzviy aloqadorlikda faoliyat ko`rsatadi.
Sanoat markazlari ixtisos bo`yicha bir-biridan farqlanuvchi alohida
mintaqalarda to`plangan. Bular Toshkent-Chiqchiq, Toshkent-Yangiyo`l va
Angren-Olmaliq sanoat rayonlaridir. Toshkent-Chirchiq va Toshkent-Yangiyo`l
sanoat rayonlarining o`zagi Toshkent
shahri bo`lib, uning tarkibiga Chirchiq, Yangiyo`l, sanoat tugunlari hamda
G`azalkent, Pskent, To`ytepa, Chinoz, Keles kabi kichik va o`rta shaharlar
kiradi. Angren-Olmaliq sanoat rayonining o`zagini esa Olmaliq va Angren sanoat
tugunlari tashkil etadi. Unga Ohangaron, Yangiobod kabi shaharlar ham kiradi.
Bekobod sanoat tuguni bu ikkala sanoat rayonidan biroz chekkada, viloyatning
janubida joylashgan.
Shaharlari. Toshkentdan 30 km shimoli-sharqda kimyogarlar va mashinasozlar shahri Chirchiq joylashgan. Shaharda o'tga chidamli va qattiq qotishmalar zavodi metallurgiya majmuasining muhim korxonasidir. Sanoat mahsulotlari bo'yicha Chirchiq shahri respublikada to'rtinchi o'rinda turadi. Chirchiqdan yuqorida yosh G'azalkent shahri bor. U kurort shaharga aylanmoqda.
Toshkentdan 30 km janubi g'arbda sanoat
tuguni - Yangiyo'l joylashgan. Shahar qadimgi qishloq (Qovunchi) o`rnida
shakllanib, yengil va oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashdi. Sanoat korxonalari
ichida paxta tozalash, moy, sovun, sut, vino va konserva zavodlari, go`sht
kombinati ajralib turibdi.
Angren - viloyatning muhim sanoat tuguni. Angren temiryo'l (114 km) hamda avtomobil yo'li orqali Toshkent bilan bog'langan. Shahar 1940-yillarda ko'mir qazib olishga bog'liq holda sanoat punkti sifatida paydo bo'lgan. Endilikda Angren shahri kon-qazib olish sanoatiga aloqador bir qancha korxonalarni birlashtirgan sanoat tuguniga aylandi. Shahar sanoatida IES alohida o'rin tutadi. Angrenda yirik sement zavodi, sopol buyumlari zavodi, temir-beton konstruksiyalar, uysozlik kombinati va boshqalar bor.
Angrenda oltin ajratib olish fabrikasi ishlab turibdi. Shahar ostida ko'mir qatlami borligi ma'lum bo'lgach, yangi qurilishlar Angrendan 4 km janubi g'arbda, Obliq qishlog'i yaqinida olib borilmoqda. Angrendan 20 km shimolda sanoat markazi - Yangiobod shahri bor.
Viloyatning ikkinchi sanoat tuguni -
Olmaliq. Bu shahar 1951-yilda rangli metall ruda koni negizida sanoat punkti
sifatida shakllandi. Shahar sanoatida to'liq siklli rangli metallurgiya
kombinati katta ahamiyatga ega. Kombinat chiqindisi (oltingugurt gazi) dan
ammofos zavodida mineral o'g'it ishlab chiqariladi. Olmaliq boshqa shaharlardan
sanoat ixtisosidan tashqari zamonaviy binolarning ko'pligi, manzarali
daraxtlari bilan ajralib turadi.
Ohangaron sanoat markazi Olmaliqqa
yaqin yerda joylashgan. Ohangaronda ulkan sement zavodi bor. Kaolin xomashyosi
bazasida ikkilamchi aluminiy ishlab chiqaradigan zavod barpo etilmoqda. Angren kabi Ohangaron
shahri ham ko'mir qatlamlari ustidaligi ma'lum bo'lgach, shaharning dastlabki
o'rnidan 15 km
narida vodiy bo'ylab «Katta Ohangaron» shahri barpo etilmoqda.
Viloyatning janubida Bekobod shahri
joylashgan. Shaharda metallurgiya zavodi hamda Farhod GES qurilishi jarayonida
vujudga kelgan. Endilikda sement, paxta tozalash, g'isht zavodlari, go'sht
kombinati, tosh-shag'al karyeri ham mavjud. Bu korxonalarning ishlab chiqarish
jarayoni o'zaro bog'liq. Shahar shamol kuchli esadigan yerda joylashgan. Shu
bois shaharni shamoldan saqlovchi ihota daraxtzorlari barpo qilingan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.