Jizzax viloyati 

12 832


Maydoni 21,2 ming km.kv. Aholisi 1 mln. 352 ming 400 kishidan ortiq (01.01.2019-yil). Viloyatida 12 ta tuman, 6 ta shahar va 42 ta shaharcha mavjud. 

Jizzax viloyati Mirzacho‘l iqtisodiy rayonining janubi g‘arbida joylashgan. Viloyat hududi Sangzor daryosi hamda Janubiy Mirzacho‘l kanalining suvi bilan sug‘oriladi. Uning hududi shimol tomonga nishab bo‘lib, sun’iy sug‘orish uchun qulay.

Viloyat hududidan ko‘p tarmoqli xo‘jalikka asos bo‘ladigan xilma-xil tabiiy boyliklar topilgan. Turkiston tizmasining shimoliy yonbag‘rida Zomin
tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi tashkil qilingan. Bu yerda tog‘ o‘simlik va hayvonot olamining rivojlanishi bo‘yicha tadqiqot olib boriladi. Ushbu so‘lim
mintaqaga dam olish maskani – «Zomin» sanatoriyasi qurilgan.

Jizzax viloyatida Zomin milliy tabiiy parki tashkil etilgan. Milliy bog‘ istirohat xizmatini o‘taydi hamda bog‘da sanoatning tabiiy muhitga ta’siri tadqiq etiladi. G‘allaorol hududida shifobaxsh suv, Baliqchi ko‘lida esa shifobaxsh balchiq ko‘p. Uchquloch konidan polimetall rudasi, Marjonbuloq konidan oltin, Oqtosh, Qoratosh va Uzun konlaridan marmar qazib olinadi.

Aholisi. Jizzax viloyatida mamlakat aholisining 4 foizi jamlangan. Aholining deyarli yarmi shaharlarda yashaydi. Viloyat aholisining 81 foizidan ko‘prog‘ini o‘zbeklar tashkil etadi.
Sanoatning ­asosiy ­tarmoqlari: rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat.
Qishloq­ xo‘jaligining­ asosiy­ tarmoqlari: paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, go‘sht-sut chorvachiligi.

Viloyat o‘zining yoqilg‘i-energetika majmuasiga ega emas. Unga tabiiy gaz Buxoro viloyatidan, elektr quvvati esa Sirdaryo viloyatidan keltiriladi. Tog‘-kon sanoati Qo‘ytoshda rivojlangan. Shimoliy Nurota tog‘larida volfram-molibden konlari ishlab turibdi. Qazib olinayotgan rudalar Chirchiqdagi qiyin eriydigan va issiqqa chidamli qotishmalar kombinatining asosiy xomashyosidir. Jizzaxda akkumulator zavodi, trikotaj fabrikasi,
polietilen ishlab chiqaruvchi va qurilish materiallari zavodlari bor. Xorijiy firmalar bilan 20 ga yaqin qo‘shma korxonalar tashkil topgan. Sanoat mahsulotining asosiy qismi yengil sanoatda hosil qilinmoqda.

Qishloq­ xo‘jaligi. Viloyat hududida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan 1,2 mln gektar yer bor. Buning 1/3 qismidan dehqonchilikda foydalanilmoqda. Viloyatda paxta bilan birga g‘allakorlik ham katta salmoqqa ega.

G‘alla maydonining kattaligi jihatidan Jizzax viloyati mamlakatimizda oldingi o‘rinlarda turadi. Mustaqillikdan oldin 210 ming tonna paxta, 80 ming tonna g‘alla yetishtirilgan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich bir necha barobar oshdi.

Viloyatda yaylov chorvachiligi, g‘allakor tumanlarda parrandachilik keng rivojlangan. Jizzaxda qorabayir zotli ot yetishtiradigan maxsus xo‘jalik bor. Jizzax temiryo‘l, avtomobil yo‘llari bilan yaxshi ta’minlangan. Ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq avtomobil yo‘llari qurilishiga alohida ahamiyat berilmoqda.

Shaharlari.­ Jizzax shahri viloyatning ma’muriy markazidir. U dengiz sathidan 450 m balandda, Sangzor daryosi bo‘yida qad ko‘targan. Toshkent-Samarqand temiryo‘li va Katta O‘zbek trakti shahar yaqinidan o‘tadi. Jizzaxda XX asr boshida tegirmon, juvozkashlik, temirchilik va kulolchilik korxonalari bo‘lgan. Endilikda shaharda oziq-ovqat, yengil hamda kimyo va mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. 
Jizzax - obod, ko‘kalamzor shahar. Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax politexnika instituti, bir qancha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, ko‘plab maktablar faoliyat yuritmoqda.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.