O`zbekiston iqtisodiyotini hududiy tashkil etish 

9 531

  Mamlakatimiz hududining hududining har bir qismi geografik o'rnining betakrorligidan, birinchi navbatda tabiiy sharoiti va boyliklari, aholining mehnat faoliyati hamda turmush tarzining o'ziga xosligi shakllangan. Iqtisodiyot asosan joyning mahalliy tabiiy boyliklari zaminida rivojlangan. Transportning takomillashuviga qarab iqtisodiyot ba'zi joylarda chetdan keltirilgan xomashyo asosida shakllangan. Ilmiy kashfiyotlar hamda malakali kadrlar asosan yirik shaharlardagi ilmiy muassasalarda tayyorlanadi. Shunga muvofiq ilm va malaka talab ishlab chiqarishlar shaharlarda rivojlansa, boshqa joylar qishloq xo'jaligi yoki sanoat xomashyosi yetkazib beradi. Mamlakatning ayrim qismlari o'rtasida mehnatning ana shunday taqsimlanishi geografik yoki hududiy mehnat taqsimotideyiladi. 
  Hududiy mehnat taqsimoti quyidagi holatlardagina sodir bo`ladi:
- ishlab chiqarilayotgan mahsulot mahalliy ehtiyojdan ancha ko`p bo`lishi;
- uni ishlab chiqarish mamlakatning boshqa qismlaridagidan arzonga tushushi;
- ishlab chiqarishning xomashyo zaxirasi ko`p yillarga yetarli bo`lishi;
- mahsulot ayirboshlanganda transport xarajati arzon bo`lishi;
  Ma'lum vaqt o'tib hududlarning ixtisoslashuvida o'zgarishlar ro'y berishi mumkin. Masalan, Qashqadaryo hududida neft va gaz konlari ochilib, ishga tushirilgach, bu hududda yangi ixtisoslashgan ishlab chiqarish shakllandi. O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgandan so'ng don mahsulotlari bilan o'zini o'zi ta'minlash vazifasi qo'yildi. Natijada viloyatlarda ko'plab g'alla ekila boshlandi. Oqibatda shu viloyatlar paxtachilikdan tashqari g'allachilikka ham ixtisoslashdi. 
  Mehnatning geografik taqsimlanishi asosida o'z ixtisoslashuviga ko'ra bir-biridan farq qiluvchi hududlar - iqtisodiy geografik rayonlar yuzaga keladi. Iqtisodiy geografik rayon (hudud)lar uchun butun mamlakat miqyosida ixtisoslashuv o'ziga xos bo'lib, mahsulot almashinuvi juda keng qamrovda amalga oshadi. Bunday rayonlarning bir necha ixtisoslashgan tarmoqlari bo'lishi ham mumkin. 
  Mamlakat miqyosida ixtisoslashgan tarmoqni qanday aniqlash mumkin? Buning uchun dastlab rayondagi aholi sonining butun mamlakat aholisi sonidagi salmog'i aniqlanadi. 
 So'ng rayonda ishlab chiqarilayotgan mahsulot mamlakatda ishlab chiqarilayotgan o'shanday mahsulotning necha foizini tashkil etishi aniqlanadi. Nihoyat, bu ko'rsatkich aholi soni bo'yicha ko'rsatkichga bo'linadi. Shunda bo'linma birdan ortiq bo'lsa, bu rayon o'sha mahsulot bo'yicha mamlakat miqyosida ixtisoslashgan hisoblanadi. Buni formulada ifodalasak: M - rayon mahsulotining mazkur tarmoq bo'yicha mamlakatdagi salmog'i, A - mamlakat aholisi sonida rayon aholisining salmog'i. Izlanayotgan ixtisoslashuv koeffitsientini K deb olamizda, formula tuzamiz. Agar K ko'rsatkich birdan katta bo'lsa, bilingki, rayon bu tarmoqqa ixtisoslashgan ekan. Ixtisoslashish ko'rsatkichi (K) ning katta-kichikligiga qarab, iqtisodiy geografik rayonning ixtisoslashish darajasini bilsa bo'ladi. Bundan tashqari, ixtisoslashish imkoniyati transportga (axir transportsiz mahsulot ayirboshlash mumkin emas-ku!) va mahsulotni tashish xarajatlariga ham bog'liq. 
  Rayondagi ishlab chiqarish korxonalarining muayyan qismigina ixtisoslashgan tarmoqlarga kiradi. Qolganlari esa ixtisoslashgan tarmoqqa xizmat qiluvchi, yordamchi 
tarmoqlarni tashkil etadi (masalan, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan xo'jaliklarda yordamchi tarmoq sifatida beda, jo'xori, kartoshka ham yetishtiriladi, chorvaning muayyan turi boqiladi yoki mashinasozlik ixtisosli tarmoq bo'lsa, metall quyish korxonalari, mahalliy energetika kabilar yordamchi korxona hisoblanadi). Rayon aholisini oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, madaniy-maishiy buyumlar bilan ta'minlovchi korxonalar xizmat ko'rsatish tarmog'ini tashkil etadi. 
  Bu barcha tarmoqlar uchun energetika va suv ta'minoti, transport tarmoqlari va hudud umumiy bo'lib, ishlab chiqarish jarayonida o'zaro aloqada bo'ladi. 
 Iqtisodiy geografik rayonning rivojlanganlik darajasini unda qanday hududiy-ishlab chiqarish majmualari (HICHM) mavjudligi va qay darajada shakllanganidan bilish mumkin. U mamlakat miqyosida mablag'larni anchagina iqtisod qiladi, ijtimoiy mehnat unumdorligini oshiradi, tabiat muhofazasini, xalqimiz turmush, mehnat, dam olish sharoitlarining yaxshilanishini ta'minlaydi. 
  Bunga o'zaro bog'langan korxonalarni yagona transport, energetika va qurilish bazalari bilan uyg'un (kooperativlash, kombinatlash asosida) joylashtirilish hisobiga, shuningdek, tabiiy boyliklardan va ish kuchlaridan, ikkilamchi xomashyo hamda chiqindilardan oqilona foydalanish hisobiga erishiladi.
  Iqtisodiy geografik rayon: a) geografik o'rni o'ziga xos; b) mamlakat miqyosida ixtisoslashgan; d) majmuali xo'jalik shakllangan; e) tabiiy boyliklar hamda ishchi kuchi bilan ta'minlanishida boshqa rayonlardan farqlanuvchi hududlardir.
  HICHMlar tabiiy boyliklari ko'p hududlarni tezroq va tejamliroq o'zlashtirishga imkon beradi. Har bir HICHM egallagan maydoni va tarmoqlarining tarkibiga ko'ra boshqasidan farq qiladi. Tarmoqlararo majmualar takomillashganlik darajasi bo'yicha ham bir-biridan farqlanadi. Masalan, paxtachilik majmui hamma viloyatlarda shakllanib bo'lgan. Rangli metallurgiya majmui faqat Toshkent viloyatida eng takomiliga yetgan. Samarqand va Buxoro viloyatlarida esa shakllanishning quyi bosqichida, Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasida deyarli yo'q. Hududiy ishlab chiqarish majmualarining o'zaro aloqadorligidan iqtisodiy geografik rayon shakllanadi. Iqtisodiyotning yuksalishi bilan tarmoqlararo majmualar mukammalasha boradi. Natijada hududiy aloqalar ham takomillashib, iqtisodiy geografik rayonlar qayta tuzilishi mumkin. Mamlakatimiz hududini 8 ta iqtisodiy geografik rayonga bo`lish mumkin.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.