O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi nimani o‘rganadi?
Siz endi oldingi
sinflarda olgan bilimlaringiz asosida Yer yuzi, shu jumladan, mamlakatimiz
tabiati haqida boshqalarga ham ma’lumot bera olasiz. Ulardan tashqari shunday
bilimlar ham borki, ular kishilar faoliyati, hayot tarzi va ishlab
chiqarishning hududiy farqlanishi kabi insoniyat, jamiyat hayoti bilan bevosita
bog‘liqdir. Ana shu bilimlarni o‘rganadigan fan iqtisodiy
va ijtimoiy geografiya deb
yuritiladi. U aholi faoliyatining hududiy tashkil etilishi bilan bog‘liq
iqtisodiy va ijtimoiy masalalami muayyan mamlakat bo‘yicha ham, butun jahon
miqyosida ham o‘rganadi. Siz quyidagi sahifalar orqali jonajon Vatanimiz - О‘zbekistonning
iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o‘rganasiz.
Darhaqiqat, zavod, fabrika, firma, shifo maskani,
ta’lim muassasasi yoki maishiy xizmat korxonalari puxta o‘ylanmasdan duch
kelgan joyda barpo qilinsa, kishilarni sarsongarchilikka, mehnat va mablag‘ni
behuda sarflashga majbur qiladi. Oxir-oqibatda bu ijtimoiy mehnat
unumdorligining oshishiga’salbiy ta’sir etadi.
Ijtimoiy
mehnat unumdorligi - moddiy ishlab
chiqarishda band bo‘lgan har bir ishlovchi hisobiga hosil qilingan milliy
daromad miqdori.
Mehnat unumdorligi
ishlab chiqarishning mashinalar, malakali ishchilar, elektr energiya, tabiiy
boyliklar bilan ta’minlanganiga, korxona va aholi punktlarining kishilarga
qulay hamda tabiiy muhit toptalmaydigan joyda barpo etilganiga,
mehnatkashlaming yashash sharoitlari, dam olishi hamda ularga madaniy-maishiy
xizmat ko‘rsatilishiga ham bog‘liq.
Agar xomashyo, yoqilg‘i, energiya manbalari va
ishchilar o‘zaro yonma-yon joylashsa, ishlab chiqarishda yuqori samaradorlik
ta’minlanadi. Biroq bunday qulay joylashish kamdan kam uchraydi. Ba’zi joylarda
xomashyo yetishmasa, boshqa joyda yoqilg‘i, energiya tanqisligi kuzatiladi. Ana
shuning uchun ham mamlakatni rivojlantirishning milliy dasturlarida aholini,
ishlab chiqarishni joylashtirish hamda tabiat boyliklaridan foydalanish
masalalarini hududiy yaxlit tashkil etishga alohida e’tibor beriladi.
O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini aholi va tabiiy
sharoit bilan o‘zaro aloqador holda o‘rganib, uni hududiy tashkil etishning
umumiy tamoyillarini ilmiy jihatdan asoslaydi.
Bu fan xulosalari uchun asos bo‘lgan ma’lumotlar—daliliy ashyolar zamon bilan hamnafas o‘zgarib boradi. Darslikda keltirilgan
raqamli ma’lumotlar, rasm, xarita-sxemalardagi ma’lumotlar va, hatto, joy
nomlari ham ertaga bugungidan farqlanishi mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy
geografiyaga xos bu jihat kundalik voqea va hodisalardan muntazam xabardor
bo‘lib turishni taqozo etadi.
Yurtimizda bozor
iqtisodiyotiga o‘tishdek murakkab va keng qamrovli jarayon kechmoqda. Bunday
paytda mamlakatda, har bir shahar yoki qishloqda muayyan muammolar vujudga
kelishi tabiiy. Darslik sizni shunday muammolar bilan tanishtiradi hamda
ulaming yechimini topishga o‘rgatadi.
Xalqimiz taraqqiyot
yo‘lida matonat ko‘rsatib mehnat qilmoqda. Mamlakatimiz mustaqilligini
mustahkamlashda, ayniqsa, siz yoshlar faollik ko‘rsatishingiz va kelgusidagi
faoliyatingiz unumdor bo‘lishi zarur. Zero,
mehnat unumdorligi bozor munosabatlariga o‘tishda eng muhim va eng asosiy omil
hisoblanadi. 0‘zbekiston iqtisodiy
va ijtimoiy geografiyasini o‘rganish bu vazifaning muhimligini tushunishga,
demakkim, o‘z fuqarolik burchingizni bajarish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
hayotida faol ishtirok etishingizga yordam beradi.
Siz 5-7-sinf tabiiy
geografiya darslarida turli tabiiy geografik xaritalar bilan ishladingiz. Endi
8-sinfda aholi va iqtisodiyotga oid bilimlami o‘rganishda iqtisodiy geografik
xaritalardan foydalanasiz. Bu xaritalarda shaharlar, foydali qazilma konlari,
sanoat markazlari, qishloq xo‘jaligi va aloqa yo‘llarining hududiy joylashuvi
ko‘rsatiladi. Ulami xaritalarda tasvirlash uchun nuqtalar, kartodiagramma,
kartogramma kabi o‘ziga xos usullardan ham foydalaniladi.
Siz ushbu darslik va veb-saytda mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti
bilan tanishibgina qolmasdan, geografik mazmundagi turli adabiyotlardan,
birlamchi manbalardan foydalanishga imkon beruvchi ko‘nikma va malakalar bilan
ham qurollantiradi. Siz darslik va veb-saytdan iqtisodiy geografik obyekt, hodisa va
jarayonlami tasvirlash, bayon etish usullarini ham o‘rganib olasiz.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.