Aholi va inson omili 

9 535

  0‘zbekiston kelajakda buyuk davlat bo‘lishi uchun qulay tabiiy sharoit ham, xilma-xil tabiiy boyliklar ham yetarlidir. Ammo bu boyliklar odamlaming aqliy va jismoniy mehnati orqaligina kishilar ehtiyojiga, jamiyat ravnaqiga xizmat qilishi mumkin. Millionlar mehnatini oqilona tashkil etish uchun aholi soni, tarkibi va mamlakat bo‘уlab joylashishi hisobga olinishi lozim.
 0‘zbekiston aholi va inson omili (mehnat resurslari)ni takror ishlab chiqaruvchi mamlakatlardan biri hisoblanadi.
  0‘zbekiston aholi soni bo‘yicha jahondagi 240 ga yaqin davlatlar ichida dastlabki 41 ta mamlakat orasida turadi. Aholi o‘lganlar soniga nisbatan tug‘ilganlar sonining ortiqligi hisobiga doimo ko‘payib boradi. Bunday ko‘payish aholining tabiiy ко 'payishi deyiladi. Aholi migratsiya hisobiga ham ko‘payadi. Buni aholining mexanik ko`payishi deyiladi.
  Migratsiya ko‘chish degan ma’noni bildiradi. Migratsiya ichki mig­ratsiya va tashqi migratsiyaga bo‘linadi. Ichki migratsiya — aholi­ning mamlakat ichkarisida, uning rayonlari o‘rtasida yoki qishloq joylardan shaharlarga ko‘chib yurishi. Tashqi migratsiya — mamlakatdan ko‘chib ketish (emigratsiya) yoki mamlakatga ко‘chib kelish (immigratsiya).
  Aholi tabiiy ko‘payishining yuqori sur’atlari aholi zichligi (1 kv.km hududga to‘g‘ri keladigan aholi soni)ning ortishida ham o‘z ifodasini topmoqda. Bundan 100 yil avval mamlakatimiz bo‘yicha aholining zichligi har bir kvadrat kilometrga 10-11 kishini tashkil etgan bo‘Isa, endilikda bu ko‘rsatkich 67 kishini tashkil etmoqda.
Hozirda 0‘zbekiston aholisining soni 30 million kishidan oshdi. Ammo ulaming hammasi mehnatga yaroqli hisoblanmaydi. Erkaklaming 16 yoshdan 60 yoshgacha, ayollaming 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlarigina mehnatga yaroqli hisoblanadi. Ishlab chiqarishning ba’zi sohalarida 50 yosh, hatto 40 yoshdan nafaqaga chiqariladi. Ayni vaqtda nafaqa yoshidagilar xohlasa ishlashlari ham mumkin. Shuningdek, 15 yoshga to‘lgan o‘quvchilar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlashlariga ruxsat etilgan.
  Mehnatga yaroqlilar mamlakat jami aholisining yannidan ortig‘ini tashkil etadi. Mehnatga yaroqlilaming asosiy qismi sanoatda, qishloq xo‘jaligida, qurilishda band. Ular foydali qazilmalar, mashinalar, oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradi, paxta, g‘alla, kartoshka, uzum yetishtiradi, binolar bunyod etadi, ya’ni moddiy boylik yaratishadi. Ta’lim, fan, madaniyat, tibbiyot xodimlarining mehnat natijalari boshqacharoq. Ularning mehnat natijalari ham foydali va zaruriydir.
  Kishilarning mehnat faoliyati ikki sohaga — moddiy ne’mat ishlab chiqaruvchi va moddiy ne’mat ishlab chiqarmaydigan sohalarga bo‘linadi.
Fan va texnikaning rivojlanishi bilan moddiy ne’mat ishlab chiqarmaydigan sohaning roli va bu sohada ishlovchilar soni ortib boradi. Buning uchun avvalo ishlab chiqaruvchi sohada mehnat unumdorligi o‘sishi zarur. Faqat shundagina ishlab chiqaruvchi sohadagi mehnatga yaroqli aholining bir qismi ishlab chiqarmaydigan sohalarga o‘tishi mumkin. Mehnatga yaroqlilarning soni va malakasi qatori ma’naviy yetukligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
  Aholining jinsiy tarkibi. Aholi tarkibiga jins va yosh jihatdan yondashish katta ahamiyatga ega. Chunki aholini va inson omilini takror ishlab chiqarish xuddi ana shu jihatlarga bog‘liq.
  Ikkinchi jahon urushining asorati tufayli 1945-1960-yillarda 0‘zbekiston aholisi tarkibida erkaklar soni ayollar sonidan ancha kam edi. Yillar o‘tishi bilan bu tafovut qisqara bordi. 1959-yilga kelib ayollar 52 foizni, erkaklar 48 foizni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda aholi tarkibida er­kaklar va ayollar soni deyarli o‘zaro tenglashdi.
   Aholining milliy tarkibida ham so‘ngi 10 yilliklarda turli millat vakillarida tug‘ilishning turlicha miqdorda ekanligi hamda migratsiya hisobiga sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi.
0‘zbeklar salmog‘i 1989-yilda 71,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2013-yilga kelib qariyb 83 foizga yetdi. Shuningdek, mamlakatda qoraqalpoq va tojiklaming salmog‘i ham oshdi.
Aholining milliy tarkibiga hamohang diniy tarkibi ham xilma-xil. Uning asosiy qismini musulmonlar tashkil etadi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.