Ijtimoiy majmua 

5 667

 Mamlakatimizda davlat byudjeti xarajatlarining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo`naltiriladi. U asosan moddiy ne`mat ishlab chiqarmaydigan sohalarni qamrab oladi. 
  Shuningdek, unga aloqa xizmati ham kiradi. Mazkur soha xizmat ko`rsatish sohasi ham deb yuritiladi. Iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishda xizmat ko`rsatish sohasi tobora katta rol o`ynamoqda. Xizmat ko`rsatish sohalari tarkibi nihoyatda xilma-xil va murakkab. Garchi iqtisodiyotning barcha sohalari aholining moddiy-ma`naviy ehtiyojini qondirsada, ammo bunda xizmat ko`rsatish sohalarning o`rni beqiyosdir. Uning bosh vazifasi aholiga maishiy xizmat ko`rsatishni ko`paytirish hamda ularning turi va sifatini yaxshilashdir.
  Iqtisodiyotning istalgan sohasiga qarang, unda faoliyat yuritayotgan malakali kadrlarni xizmat ko`rsatish sohasi (ta`lim) da tayyorlanganligiga guvoh bo`lasiz. Shuningdek, mehnatkashlarning dam olishi, davolanishi xizmat ko`rsatish muassasalarida kechadi. Shu soha sharofati bilan kadrlar kasalligi, ya`ni ish kunlarining yo`qotilishi kamayadi. Bular o`z navbatida ijtimoiy mehnat unumdorligini yuksalishiga olib keladi. 
 Xizmat ko`rsatish sohasi insonning madaniy-ma`rifiy ruhiyatini rivojlantirish bilan ulkan ijtimoiy ahamiyatga.
 Xizmat ko`rsatish muassasalarini joylashtirishda bir qator omillar rol o`ynaydi. Birinchidan, xizmat ko`rsatish sohalari korxona va muassasalari aholi, asosan, qayerda gavjum bo`lsa, o`sha joyda barpo qilinadi. Biroq har qanday aholi punktida barcha xizmat ko`rsatish muassasalari bo`lavermaydi. Chunki bu soha xizmatiga muayyan miqdorda talabgor bo`lishi shart. Chunonchi, aholisi oz, kichik qishloqlarda yirik ixtisoslashtirilgan savdo ko`rxonalari yetarli samara bermaydi.
 Ikkinchidan, xizmat ko`rsatish muassasalarini joylashtirishda xizmatga talabning devriyligi ham jiddiy ta`sir etadi. Ba`zi xizmat turlariga ehtiyoj kunlikdir. Bularga uy-joy konnunal xizmati, maktabgacha va umumiy o`rta ta`lim muassasalari, savdo xizmati kiradi. O`rtacha muddat (bir oyda bir necha bor) foydalaniladigan xizmat turlari ham borki, ularga sartaroshxona, go`zallik uyi, kimyoviy tozalash, kinoteatr va boshqalar kiradi. Boshqa xizmat turlari borki, ulardan yil davomida bir marta va hatto, undan ham kam foydalaniladi. Jumladan, uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar xarid qilish yoki ularni ta`mirlash, sayyohlik xizmati, muzeyga borish kabilar. Demak, xizmat ko`rsatishning davriyligidan xizmat ko`rsatish korxonalarini joylashtirish tamoyillari yuzaga keladi. 
 Kundalik xizmat ko`rsatish korxonasi uy yoki ish joy yaqinida bo`lishi kerak. Uzoq muddat oralig`ida murojaat qilinadigan xizmat uchun sifat va xizmatning xilma-xilligi muhimdir. Avtomobil, televizor xarid qilish yoki mutaxassis shifokor istab, maxsus shu sohaga ixtisoslashgan ancha olisdagi muassasaga ham murojaat qilinadi.
 Xizmat ko`rsatish sohasida hali talay muammolar ham bor. Bu, avvalo, xizmat ko`rsatish muassasalarining geografik joylashuvida ko`zga yaqqol tashlanadi. Xizmat ko`rsatish muassasalarining asosiy qismi shaharlarda joylashgan. Shuningdek, shifobaxsh maskanlarni ekologik muhofaza qilish muammosi ham kengaymoqda. 

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.