Xizmat ko`rsatishning boshqa turlari
Axborotlarni tarqatish, shuningdek,
mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda aloqa xizmati muhim o'rin tutadi.
Aloqa xizmati ikki xil bo`ladi.
Pochta aloqasi turli pochta jo`natmalari (xat, banderol, posilka va
hakazolar)ni qabul qilish, jo`natish va yetkazib berishni o`z ichiga oladi. Pochta
aloqasiga o'xshash xizmat O'rta Osiyoda bundan 2,5 ming yil burun ham bo'lgan.
U davrlarda choparlar podsho farmonlarini noiblarga va qal'alardagi xabarlarni
mamlakat poytaxtiga yetkazib turgan. Ikkinchisi electron aloqa bo`lib, u
telefon, telegraf, radio, televideniye, electron pochta kabilarni o`z ichiga
oladi. Telegraf aloqasi XIX asrning 80-yillarida temiryo'l qurilishi bilan bir
vaqtda vujudga kelgan. Dastlabki telegraf stansiyasi bundan 1 asr avval
Toshkentda ishga tushgan. Respublikamizda mobil aloqa xizmati ham tez
rivojlanmoqda. Endilikda unda foydalanuvchilar soni 19 milliondan oshdi.
1985-yilda ishga tushirilgan
Toshkent teleminorasi Buyuk minoralar xalqaro federatsiyasi ro`yxatiga
kiritilgan bo`lib, balandligi bo`yicha dunyoning yetakchi o`nta teleminorasi
qatorida turadi. Mamlakat aholisi davlat va tijorat teleradiodasturlari va
raqamli televideniye bilan ta`minlangan. Hozirda o`ndan ortiq telekanallar
faoliyat ko`rsatmoqda.
Xizmat ko'rsatish sohalari ichida matbaachilik
ham muhim rol o'ynaydi. Siz o'qiyotgan darsliklar, kitoblar, jurnal va
gazetalar, sinfxonangizdagi bejirim plakatlar va boshqalar matbaachilik sanoat
korxonasi bo'lgan bosmaxonalarda tayyorlanadi. Dastlabki bosmaxona XV asr
o`rtalarida Germaniyada tashkil qilingan bo`lsa, bizda birinchi bosmaxona XIX
asr oxirlarida ishga tushgan. Bugungi kunda mamlakatimizda 120 dan ortiq
bosmaxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Mustaqillikdan so`ng bosmaxonalar tubdan
qayta jihozlandi. Endilikda ularda matn va rasmlar zamonaviy kompyuterlarda
terilmoqda va chop etilmoqda.
Ta'lim. Iqtisodiyotning barqaror va jadal yuksalishida inson
omili hal qiluvchi ekanligini bilasiz. Ammo bunda mutaxassislarning ma'lumot
darajasi, ma'naviyati yana ham muhimdir.
Mamlakatda 10 mingga yaqin
umumta'lim maktabi, 1500 dan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida
jami 6,5 mln dan ortiq yoshlar ta'lim olmoqda. 75 dan ortiq oliy o'quv
yurtlarida mamlakat iqtisodiyotiga zarur ixtisosliklar bo`yicha yiliga 40 ming
atrofida oliy ma'lumotli mutaxassis tayyorlanmoqda. O'zbekiston Respublikasi
ta'lim sohasida tub o'zgarishlar yuz berdi. Bugungi kunda mamlakatda
savodxonlik darajasi dunyodagi eng eng yuqori ko'rsatkichlardan biri 99,3
foizini tashkil etadi.
Sog`liqni saqlash. Sog`liqni saqlash sohasi isloh etilmoqda, jumladan,
birgina qishloq vrachlik punktlarining soni 2000-yilga nisbatan 2 barobar ko`paydi,
ularning barchasi zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlangani
natijasida keyingi o`n yilda mamlakatimizda onalar va bolalar o`limi
koeffitsenti keskin tushdi va bu borada O`zbekiston rivojlangan. Mamlakatlar
qatoridan joy oldi.
Aholining ovqatlanishini yaxshilash, un va tuzni zarur mikroelementlar
bilan to`yintirish, onalar va bolalarni vitaminga boy dori-darmonlar bilan
ta`minlash bo`yicha bo`yicha amalga oshirilgan cora-tadbirlar tufayli bugungi
kunda bolalarimizning 92 foizi rivojlanish ko`rsatkichlari bo`yicha Jahon
sog`liqni saqlash tashkiloti standartlariga mos keladi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.