Transport geografiyasi
Transport yo'lovchilarni va yuklarni
tashish bilan mamlakat bo'ylab ham, jahon bo'ylab ham geografik mehnat
taqsimotining chuqurlashuviga imkon yaratadi. U mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy
aloqalarning yuksalishida muhim rol o'ynaydi.
Yurtimiz jahon sivilizatsiyasining
qadimiy davlatlaridan bo`lganini tarix darslaridan yaxshi bilamiz. Bunda o`sha
vaqtda Yevropa bilan Osiyoni bog`lab turuvchi – Buyuk Ipak yo`li aynan bizning
mamlakat hududidan o`tganligi alohida o`rin tutadi.
O`zbekiston quruqlik (temiryo'l,
avtomobil transporti), suv (daryo), havo, quvur (neft va tabiiy gaz tashish) va
elektron (elektr uzatish liniyalari) transportiga ega.
Yuk va yo'lovchi tashishda muayyan
manzilga borgunicha transportning ikki, uch va, hatto, to'rt turidan
foydalanishga to'g'ri keladi. Aytaylik, uzoq qishloqdan shahar, viloyat
markaziga bormoqchi bo'lsak, uydan avtomobil bekatigacha ot-ulovda, so'ng
temiryo'l vokzali yoki aeroportgacha avtomobilda va, nihoyat, poyezd yoki
samolyotda ko'zlangan manzilga yetamiz. O'zbekistonda hozirgi zamon
transportining (suv transportidan bo'lak) barcha turlaridan keng ko'lamda
foydalanilmoqda.
Barcha transport turlari xizmat
ko'rsatish jarayonining o'zaro aloqadorligi asosida transport majmuasini
tashkil etadi. Har bir transport turiga mos yuk ortish-tushirish maydoni,
harakat yo'nalishi, vokzal, aerodrom, stansiya, bekat hamda aloqa vositalari
bo'ladi.
Temiryo'l, avtomobil yo'li qurishga
ko'plab mablag' va vaqt kerak bo'ladi. Quvur transportiga esa minglab tonna
quvur sarflanadi. Ammo suv, havo transporti yo'nalishi (trassa) ni oz mablag'
evaziga yo'lga qo'yiladi.
Transport turlari ishchi kuchini
band qilishi bo'yicha ham keskin farqlanadi. Yuk quvur, suv, temiryo'l
transportlarida tashilganida sarf-xarajati avtomobil yoki havo transportida
tashilgan yuk sarf-xarajatidan ancha kam bo'ladi. Neft yoki yog'och ortilgan
ko'plab vagonlarni bitta lokomotiv tortib borayotganini kuzatgandirsiz? Yuzlab
vagon tirkalgan o'sha poyezdni 2-3 kishigina boshqaradi. Holbuki, 125 tonna yuk
ko'taradigan bitta eng katta avtomobilni ham shuncha kishi boshqaradi. Katta
hajmli 100 minglab tonna yuklarni suv transporti (tanker)da tashilganda esa
yo'l xarajati yana ham arzon tushadi.
Suv transporti boshqa
transportlardan sekin harakatlansada, olis masofani to'xtovsiz bosib o'tadi.
Shu sababli tezligi katta ammo, stansiyalarda to'xtab-to'xtab harakatlanadigan
poyezd bilan raqobatlasha oladi. Yukni temiryo'l va suv transportida bevosita
egasiga yetkazish imkoniyati ancha cheklangan. Avtomobilda esa istalgan joyga
yetkazib bersa bo'ladi.
Transportning ishi uning yuk tashish hajmiga qarab belgilanadi. Yuk tashish hajmi ma'lum
vaqtda ma'lum masofaga tashilgan yuk miqdoridir. U tonna, kilometrda ifodalanadi.
Transport turlari qanday yuk
tashishiga, harakat tezligiga, shuningdek, qancha yuk ko`tara olishiga ko`ra
guruhlanadi.
Transport sanoat bilan qishloq
xo`jaligining ishlab chiqarish aloqalarini, turli hududlar o`rtasidagi mahsulot
almashinishini hamda tashqi savdoni ta`minlaydi. Angi hududlarni
o`zlashtirishda daf`atan transport yo`llarini o`tkaziladi. Hozirgi zamon
shaharlari hayotini transportsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Transportning
mudofaa ahamiyati ham juda katta. Transport iqtisodiyotning ana shunday zaruriy
omili bo'lish barobarinda unga talay miqdorda elektr, yoqilg'i, metall, yog'och
sarflanadi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.
Комментарий - 1