Transportning boshqa turlari
Suv transportida tabiiy suv yo‘llaridan
foydalaniladi. Shuning uchun suv yo‘lining yo‘nalishi ko‘pincha zaruriy
yo‘nalishlarga to‘g‘ri kelavermaydi. Unga yoqilg‘i ko‘p sarf lanmaydi va katta
hajmli yuklami ham tashiyveradi. Lekin harakat tezligi kam.
Mamlakat transport
tizimida suv transportining ahamiyati katta emas. Suv transporti asosan
Amudaryo, qisman Sirdaryo kemachiligidan iborat. Orol dengizida kema qatnovi
suv keskin pasayganligi tufayli to‘xtab qolgan. Respublikada «Termiz daryo
porti», «Xorazm daryo floti», «Qoraqalpog‘iston daryo floti» birlashmalari
tashkil etilgan.
XX asr boshlarida
Amudaryo va Orol dengizidagi suv yo‘llari bo‘ylab ko‘plab yo‘lovchilar va yuklar
tashilgan. 1924-yilda kema va qayiqlar qatnaydigan suv yo ‘ llarining umumiy
uzunligi 887 kmedi. 1980-yilda suvyo‘llarining umumiy uzunligi 2800 km ga yetdi.
Amudaryoda Panj bandargohidan Mo‘ynoqqa qadar paroxodlar qatnovi amalga
oshirildi. Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi
natijasida suv yo‘llari keskin qisqardi.
Mamlakat daryo flotida
150 ga yaqin teploxod, shuningdek, barjalar, yordamchi kemalar va boshqa
texnika vositalari bor.
Suv yo‘llarining umumiy
uzunligi 1000 km
ga yaqin. Yuklar asosan Termiz-Hayraton, Sharlovuq-To‘rtko‘l, Xo‘jayli-To‘rtko‘l,
Xo‘jayli-Beruniy, Qoratov-Taxiatosh yo‘nalishlarida tashiladi. Yiliga daryo
flotida 140 ming tonnaga yaqin yuk tashilmoqda.
Kelajakda 0‘zbekiston
ham jahon okeanida o‘zining flo tiga ega bo‘ladi. Hozircha chetga
chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan yuklaming muayyan qismini kira haqi fraxt evaziga boshqa davlatlarning
kemalari tashib bermoqda.
Fraxt – suv yo`lida yuk tashish haqi. Bu haq yukning
og`irligi, qancha masifaga tashilishi, hajmi, kemada tashish vaqt miqdoriga
ko`ra belgilanadi. O`zbekiston chetga sotgan mollarini chet el kemalarida
tashib, ko`p mablag` sarflashga majbur bo`lmoqda.
Havo transporti transportning eng qimmat
va shu bilan birga eng tez harakatlanadigan hamda joy relyefiga kam bog‘liq
bo‘lgan turidir. Yo‘lovchini uzoq masofaga, xususan, xorijga eltishda, bironta
ham transport havo transporti o‘rnini bosa olmaydi. Havo transportida
tashiladigan yuklaming ko‘pchiligi shoshilinch va qimmatbaho yuklardir (tez
buziladigan mahsu- lotlar, pochta va b.). Bugungi kunga kelib mamlakatimiz
ko‘plab xorijiy mamlakatlar bilan havo yo‘llari orqali bog‘lanmoqda. Yoniga «O‘zbekiston» deb
yozilgan va Davlat bayrog‘i ko‘rinishi tushirilgan samolyotlarni ko‘plab
mamlakatlaming aeroportlarida uchratish mumkin.
O‘zbekistonda havo
transporti yo‘lovchi (har yili 800 mingdan ortiq kishi) tashish jihatidangina
emas, balki har xil yuk tashish jihatidan ham ahamiyatlidir. Mamlakat mahalliy
havo yo‘llarining umumiy uzunligi 60 ming km dan ortiq. Toshkent mamlakatimiz
havo transportining eng yirik tuguniga aylandi.
Quvur transportidan asosan gaz va qisman
neft tashishda foydalaniladi. 0‘zbekistonning deyarli barcha viloyat
markazlariga gaz quvurlari o‘tkazilgan. Gaz quvurlari ichida Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent, Muborak-Toshkent trassalari juda muhimdir (ularni
xaritadan toping). O‘zbekistondan Uralga (2100 km), Moskvaga (3500 km) o‘tkazilgan gaz
quvurlari diametrining kattaligi va uzunligi jihatidan jahonda oldingi
o‘rinlardan birini egallaydi. Quvur transportining ish unumi quvuming
yo‘g‘onligidan tashqari, gaz yoki neft qanday bosim bilan harakatlanishiga ham
bog‘liqdir. Fan va texnika yutuqlari 120 va, hatto, undan ortiq atmosfera
bosimi yaratish va shunga chidamli quvurlar ishlab chiqarish imkonini bermoqda.
Lekin mamlakatimiz quvur transportida hozircha bosim 40 atmosferadan
oshmayotir. 0‘zbekiston sharoitida neft va gazni quvurlar vositasida tashish
shimoldagi davlatlardagiga qaraganda birmuncha qulay. Neft, gaz sovuqda
quyuqlashadi va quvurdan o‘tishi sekinlashadi. Buning chorasi sifatida quvurlar
ma’lum oraliqda maxsus pechlar yordamida isitib turiladi. 0‘zbekistonning qishi
u qadar sovuq bo‘lmasligidan bunday pechlarga zarurat yo‘q. Demak, qo‘shimcha
xarajat yo‘qligidan iste’molchiga arzonga tushadi.
Mamlakatimizda elektr tizimi
vujudga kelishi va uning O‘rta Osiyo tizimiga ulanishi bilan transportning
yangi turi - elektron transport vujudga keldi. Viloyatlararo va davlatlararo
o‘tkazilgan yuqori kuchlanishli elektr liniyalari orqali elektr quvvati
uzatiladi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.