Quruqlik transporti 

12 052

 Temiryo‘l transporti iqlimiy sharoitlar va yil fasllari qan­day bo‘lishiga qaramasdan hamma vaqt ishlayveradi. Uning tezligi katta, yuk tashish tannarxi nisbatan past. Temiryo‘l magistrallarini turli yo‘nalishga qurish mumkin. Hozirgi vaqt­da mamlakatimiz temiryo‘llarining umumiy uzunligi 6 ming kilometrdan ortadi.
 O‘zbekistonda temiryo‘llar qo‘shni mamlakatlardagiga (Qozog‘istondan tashqari) qaraganda ko‘p va texnik jihatdan ulardan oldinda turadi. Mamlakatimizning deyarli barcha temiryo‘llari tekisliklardan, daryo vodiylaridan o‘tadi. Jizzax-Samarqand oralig‘idagi temiryo‘l dengiz sathidan 850 metr balanddan o‘tgan.
  Mamlakatimizning eng yirik transport tuguni - Toshkent temiryo‘l stansiyasi xalqaro ahamiyatga ega. Undan to‘rt tomonga yo‘llar ketgan. XX asming 40-yillarida ko‘mir konini ishga tushirish maqsadida Toshkent-Angren temiryo‘li qurildi. Mirzacho‘lni o‘zlashtirish maqsadida 1957-yili uzunligi 110 km bo‘lgan Jizzax-Sirdaryo temiryo‘li qurildi (xaritadan shu yo‘lni aniqlang). Bu yo‘l respublikaning g‘arbiy qismi bilan Toshkentni qisqa yo‘l orqali bog‘ladi. 1952-1955-yillarda Chorjo‘y-Qo‘ng‘irot yo‘li qurildi. Temiryo‘l yo‘lovchilami tashishda ham muhim o‘rin tutmoqda. Yil davomida temiryo‘ldan 10-15 mln dan ko‘proq yo‘lovchi foydalanmoqda.
 O‘zbekiston g‘arbiy rayonlarining Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorus respublikalari bilan iqtisodiy hamda madaniy aloqalarini yanada rivojlantirishni ko‘zlab, Qo‘ng‘irot-Beynov (410 km) temiryo‘li qurildi. Bu yo‘l Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini hamda Tojikiston va Turkmaniston Respublikalarini Qozog‘iston orqali Rossiya bilan bog‘ladi. Mazkur yo‘l orqali paxta tolasi va paxta yog‘i, neft mahsulotlari, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natiladi. Mamlakatimiz hududi bo‘ylab o‘tuvchi Osiyo va Yevropa mamlakatlarining tranzit yuklari ham asosan shu yo‘l orqali tashiladi.
  Tranzit–yuk yoki yo`lovchilarning oraliqdagi stansiya, viloyat, davlat orqali o`tishi.
  Toshkent-Yangiyo‘l-Chinoz-Sirdaryo-Guliston oralig‘idagi temiryo‘lning elektrlashtirilishi mamlakatimiz temiryo‘llarini elektrlashtirishda birinchi qadam bo‘ldi. Keyinchalik Toshkent-Keles-Nazarbek-Toshkent halqa temiryo‘li Toshkent-Hojikent, Toshkent-Angren temiryo‘llari ham elektrlashtirildi. 1993-yilda Xovos-Bekobod va Xovos-Jizzax liniyalari elektrlashtirildi va foydalanishga topshirildi. Keyinroq yo‘lning Jizzax-Samarqand qismi ham elektrlashtirildi. Natijada elektrlashtirilgan yo‘llar uzunligi 600 km (umumiy foydalaniladigan temiryo‘lning 16 foizi) ga yetdi.
 Temir yo`llarning elektrlashtirilishi va elektrovozlarning ishlatilishi bilan poyedlarning qatnov tezligi, yo`llarning o`tkazish imkoniyati, demakki, ish unumi ortdi. 
  Yo`lning o`tkazish imkoniyati – temiryo`ldan bir kecha-kunduzda o`tishi mumkin bo`lgan poyezdlar miqdori. Ikki yo`lli temiryo`llarning o`tkazish imkoniyati bir kecha-kunduzda 150 juft poyezdga, bir yo`lli temir yo`llarda esa, 30 juft poyezdga yetishi mumkin.
  Temir yo`llarning jahon talablari darajasida texnik jihozlanishi tufayli Toshkent-Samarqand yo`nalishida yo`lovchilar tashishga mo`ljallangan zamonaviy tezyurar "Afrosiyob” elektropoyezdlar qatnovi yo`lga qo`yildi. O`rta Osiyoda birinchi bor bunyod etilgan tezyurar temiryo`lni foydalanishga topshirilishi natijasida turizm rivojlanishi barobarida avtomobil yo`llaridagi tig`izlikka barham berildi.
 Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning chekka hududlari rivojlanishini tezlatish, shuningdek, bir butun yaxlit temiryo‘l tizimini vujudga keltirish maqsadida Navoiy-Uchquduq-Sulton-Uvays tog‘-Nukus yo‘nalishida temiryo‘l qurilib, ishga tushirildi. Urganch-Beruniy elektrlashtirilgan yangi temiryo‘li qurilib, ishga tushi­rildi. Shuningdek, 233 km li G‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on temiryo‘li ham qurildiki, bu mazkur hududlami ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Endilikda shu yo`l orqali Samarqanddan Qarshiga va Qarshidan Termizga boradigan temiryo`lni elektrlashtirishga kirishildi.
  Farg`ona vodiysini mamlakatimizning boshqa hududlari bilan bog`lovchi umumiy zunligi 125 km bo`lgan "Angren-Pop” temiryo`lini va 19 km uzunlikdagi temiryo`l tonnelini qurosh boshlandi. Bu yo`l mamlakatimiz hududida yagona temiryo`l transport tizimini shakllantirish bo`yicha ishlarni yakuniga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, u Yevropa qit`asini Osiyo bilan bo`g`laydigan transmilliy yo`lagining muhim bo`g`ini bo`lib xizmat qiladi.
  Respublikamiz ichkarisida temiryo‘llar qurilishi bilan bir qatorda qo‘shni davlatlardagi xalqaro yo‘llar qurilishida ham ishtirok etmoqda. Jumladan, mamlakatlar mustaqilligi va iqtisodiyoti uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan Yevropa va Osiyo mamlakatlarini tutashtiradigan Trans Osiyo magistrali (Istanbul-Toshkent-Olmaota-Pekin) qurilishida ishtirok etmoqda. 
  Magistral (lotincha magistralis - asosiy) – asosiy yo`nalish, asosiy transport yo`li. 
 «Drujba» stansiyasi (Qozog‘iston), Turkmanistonda Tajan-Saraxs va Eronda Saraxs-Mashhad qismlari qurib foydalanishga topshirildi (1996-yil) va yo‘lda poyezdlar qatnovi boshlandi. Aynan 133 km li Tajan-Saraxs yo‘lini qurishda o‘zbekistonlik quruvchilaming hissasi katta bo‘ldi. 0‘zbekiston temiryo‘llari ushbu magistralning markaziy bo‘g‘ini bo‘lib qoladi. Bu yo‘ldan Buxoro-Beynov orqali Yevropaga, Tajan-Saraxs orqali Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlariga chiqish mumkin.
 Avtomobil transporti yuklami (boshqa transportga qayta ortmay) bevosita iste’molchiga yetkazib bera oladi. Avtomobil transporti sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarini magistral transport bilan bog‘laydi, shaharlardagi va shaharlar atrofi hududlaridagi yuklaming asosiy qismini tashiydi. Qisqa (100 km gacha) va o‘rtacha masofalarga yo‘lovchi hamda yuk tashishda temiryo‘llarga qaraganda avtomobil afzaldir. Mamlakatimizning tog‘li rayonlarida avtomobil transportining ahami­yati, ayniqsa, katta.
  Avtomobil transporti bilan yiliga 600 mln tonna yuk tashilmoqda. Avtomobil yo‘llarining jami uzunligi 115 ming km dan ortiq. 
  1940-yillarda qurilgan Toshkent, Samarqand, Qash­qadaryo va Surxondaryo viloyatlari orqali o‘tadigan Katta 0‘zbek trakti (uzunligi 700 km) muhim ahamiyatga egadir. Bu yo‘lga yonma-yon holda eng zamonaviy Toshkent-Mirzacho‘l avtostradasi qurilgan. Shu yillarda Farg‘ona vodiysidagi aylanma avtomobil yo‘li ham butkul qayta qurildi. Bu yo‘l Qo‘qon, Marg‘ilon, Asaka, Andijon, Namangan va Chust shaharlarini tutashtiradi.
  1959-yilda Toshkent-Angren-Qo‘qon avtomobil yo‘li (248 km) qurildi. Bu yo‘l Qurama tizma tog‘idagi Qamchiq dovonidan (2270 m) o‘tadi. Bu yo‘l orqali Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga tashiladigan yuklar temiryo‘lda tashiladigan yuklarga qaraganda 3-4 baravar tez yetkaziladi. Ushbu yo`l kengaytirilib, Qamchiq qovoni yaqinida ikkita tonnel ishga tushirildi. 2012-yilda uzunligi 116 km bo`lgan Guliston-Ohangaron avtomobil yo`li hamda Qo`qon shahrini aylanib o`tadigan avtoyo`l foydalanishga topshirildi.
 Mamlakat viloyatlarining Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston bilan transport-iqtisodiy aloqalari Toshkent shahri orqali amalga oshirilardi. Shaharda transport harakatini kamaytirish maqsa­dida shahar tashqarisida halqa yo‘l barpo etilgan. Uning uzun­ligi 64 km bo‘lib, O‘zbekistonda shunday maqsadda qurilgan yagona yo‘l hisoblanadi.
  O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi xorijiy mamlakatlar bilan bog‘laydigan yo‘llarga ehtiyojni kuchaytirdi. Mamlaka­timiz shu maqsadda Xitoy va Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo‘li hamda Hind okeaniga chiqishga imkon beradigan Termiz-Hirot-Karachi avtomobil yo‘li qurilishida va ulami qayta qurishda o‘z ulushi bilan qatnashmoqda.
  Qamchiq tonnelining uzunligi 890 m. Rezak tonnelining uzunligi 368 m. Bir kecha-kunduzda tonnellardan 12 mingtagacha mashina o‘tishi mumkin.
  Bugungi kunda ushbu yo‘lni kengaytirishhamda (Qamchiq dovoni yaqinida) uzunligi 900-1500 metr bo‘lgan ikkita tonnel qazish ishlari tugatildi. 

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.