Farg`ona iqtisodiy rayoni 

18 779

Iqtisodiy ­o‘rni­ va ­tabiiy ­boyliklari. Farg‘ona iqtisodiy rayoni ma’muriy jihatdan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan tashkil topgan. Bu iqtisodiy rayon respublika hududining 4 foizidan sal ortiqroq qismini egallasa-da, unda O‘zbekiston aholisining 1/3 qismi yashamoqda. Rayon hududi hamma tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan.

Foydali qazilmalarning asosiy qismi tog‘larda to‘plangan. Tog‘ oralarida Shohimardon, Nanay, G‘ovasoy va Kosonsoy kabi xushmanzara vohalar bor. Bu yerlarda dam olish uylari, sanatoriyalar va boshqa istirohat maskanlari barpo qilingan. Iqtisodiy rayonning eng past yeridan Sirdaryo oqib o‘tadi. Aholining ming yillardan beri obikor dehqonchilik bilan shug‘ullanishi orqasida tuproq va o‘simlik dunyosi madaniylashgan. 
Uning hududida neft, gaz, oltingugurt, qalayi, oltin, o‘tga chidamli gil, turli xil binokorlik materiallari, shifobaxsh suvlar topilgan. Konlarni ishga solish qulay. Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan davrlarda qishloq xo‘jaligi, savdo, hunarmandchilik barq urib rivojlangan. XIX asrda dastlabki temiryo‘l qurildi.

Mustaqillik yillari esa iqtisodiy rayonni mamlakatning boshqa hududlari bilan bog‘lovchi «Angren–Pop» temiryo‘li qurildi. Bular uning iqtisodiy geografik o‘rnini jiddiy yaxshiladi.

Aholisi. Rayon aholisining soni, zichligi va ishchi kuchlarining salmog‘i jihatidan mamlakatimiz iqtisodiy rayonlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Aholi, asosan, tabiiy ko‘payish hisobiga ko‘paymoqda. Aholining tez ko‘payayotgani va yangi o‘zlashtiriladigan maydonlarning cheklanganligidan ishchi kuchi ortiqchaligi kuchayib bormoqda. Buni bartaraf etish uchun ijtimoiy soha korxonalarini ko‘paytirish, ko‘p mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish zarur.

Bu yerda yirik shahar va shaharchalar, qishloqlar ko‘p. Ishchi kuchlari tarkibida malakali kadrlar salmog‘i boshqa rayonlardagiga nisbatan ko‘p. Aholi Markaziy Farg‘onada ham nisbatan siyrak joylashgan. Rayonda urbanizatsiya darajasi yuqori, aholining 58 foizi shaharlarda yashaydi.

Xo‘jaligi­ va ­uning ­hududiy ­tashkil­ etilishi. Farg‘ona hududiy ishlab chiqarish majmuyi yuqori darajada mukammallashgan. U o‘tgan asr boshlarida
ham boshqa rayonlardan shu jihati bilan farq qilardi.

Qishloq­ xo‘jaligi boshqa rayonlardagidan yuksak intensivligi bilan ajralib turadi. Rayon mamlakatda yetishtiriladigan paxtaning deyarli 25 foizini
bermoqda. Tog‘ oralari va yonbag‘irlari texnikadan foydalanishni cheklaydi. Shuning uchun bu yerlarda mevali daraxtlar o‘stiriladi. Shaharlar atrofida mevazor va uzumzorlar, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari ayniqsa keng tarqalgan.

Chorvachilik, asosan, sut-go‘sht yetishtirishga ixtisoslashgan. Rayon mamlakatning pillachilik bazalaridan biridir. Rayon O‘zbekistonda yetishtiriladigan pillaning 45 foiziga yaqinini beradi.

Sanoati. Mustaqillik davrida foydali qazilmalar va qishloq xo‘jalik xomashyosi negizida ko‘plab yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi. Rayon yoqilg‘i-energetika majmuyining o‘z boyliklari salmog‘i kichik. Gaz boshqa iqtisodiy rayonlardan keltiriladi. Quvasoy IEM, Farg‘ona, Andijon va Namangan IEMlari, Shahrixon hamda Namangansoy gidroelektrostansiyalari butkul rayon uchun ishlasada, lekin rayonning elektr quvvatiga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Мazkur masalani yеchimi sifatida quvvati 900 mеgavatt bo‘lgan Тo‘raqo‘rg‘оn IES barpо etish rеjalashtirilmоqda. Bu ulkan inshооtning ishga tushirilishi Farg‘оna iqtisоdiy rayоnining elеktr enеrgiyaga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlash imkоniyatini bеribgina qоlmasdan rayоnning istiqbоldagi rivоjida katta o‘rin tutadi.

Asaka, Qo‘qon, Namangan, Farg‘ona mashinasozlikning yirik markazlari hisoblanadi. Farg‘ona HICHMda qurilish­ materiallari­ sanoati ham rivojlangan. Quvasoy sement zavodi, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon va Quvasoy shaharlarida uysozlik kombinatlari, temir-beton konstruksiyalari zavodi ishlab turibdi. Yengil va oziq-ovqat sanoatlari asosiy ixtisos sohalari sanaladi. Rayon charm poyabzallari, o‘simlik moyi ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatdagi boshqa iqtisodiy rayonlardan oldindadir.

Transporti. Rayon temiryo‘l, avtomobil va havo transporti bilan yetarli darajada ta’minlangan. Temiryo‘l vodiy bo‘ylab halqa shaklida o‘tkazilgan. Rayonning temiryo‘l bilan ta’minlanish darajasi mamlakatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan 2 marta yuqori turadi. Rayon boshqa iqtisodiy rayonlar bilan Tojikiston hududidagi «Xo‘jand darvozasi»dan o‘tgan temir va avtomobil yo‘llari hamda Qamchiq dovoni orqali o‘tgan Angren–Pop temir yo‘li va Toshkent–Angren–Qo‘qon avtomobil yo‘li orqali bog‘langan. 
Rayon doirasida avtomobil transporti, ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi.

Tashqi­ iqtisodiy­ faoliyati.­ Rayon chetga paxta tolasi va paxta yog‘i, quritilgan meva, konservalar, ip-gazlamalar, mashinalar, mineral o‘g‘itlar,
sement, shifer, chinni hamda sopol buyumlar va boshqa mahsulotlar chiqaradi.

Rayonga ko‘mir, g‘alla, yog‘och-taxta, mineral o‘g‘it, to‘qimachilik mahsulotlari, mashinalar, asbob-uskunalar hamda madaniy mollar keltiriladi. Iqtisodiy geografik rayonning ma’muriy viloyatlari hududiy-ishlab chiqarish majmualari, xo‘jalik tarmoqlari hamda tabiiy va iqtisodiy imkoniyatlar
jihatidan bir-biridan farq qiladi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.