Mirzacho`l iqtisodiy geografik rayoni 

24 707

Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy boyliklari. Mirzacho‘l iqtisodiy geografik rayoni Sirdaryo bilan Jizzax viloyatlaridan tarkib topgan.  Rayon hududi taraqqiy etgan Toshkent va Samarqand iqtisodiy geografik rayonlariga tutashib turadi. Rayonning  iqtisodiy geografi  k o‘rnini qulay deyish mumkin. Iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligi rayonning transport-geografik holatida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Rayonni, asosan, Sirdaryo, Sangzor hamda Zomin daryolari suv bilan  ta’minlaydi. Tekislik zamonaviy transport va irrigatsiya inshootlari bilan zichqoplangan. Rayonda aniqlangan volfram, qo‘rg‘oshin, rux, mis, boksit va  oltin konlari sanoat ahamiyatiga ega. Qurilishbop shag‘al, qum, gips va ohak ko‘p. 

Ko‘pincha sovuq Arktika havosi shimoldan rayon hududiga kirib kelib,  ba’zan sovuq –25°C ga yetadi. Shunda mevali daraxtlar jiddiy shikastlanadi.  Farg‘ona vodiysidan esuvchi kuchli shamoldan esa tuproqning nami qochib, ekinlar qovjiraydi va hosildorlik pasayadi.

Aholisi. Bu yerning aholisi, asosan, boshqa joylardan reja asosida ko‘chirib keltirilgan. Rayon aholisining umumiy soni bo‘yicha mamlakat iqtisodiy geografik rayonlari orasida eng keyingi o‘rinda turadi. Hududning yangi o‘zlashtirilayotgani shahar va qishloqlarning geografik joylashuvi, katta-kichikligi hamda aholining milliy tarkibida yaqqol ifodalanadi. 

Aholi punktlari, asosan, katta yo‘l yoqalarida barpo bo‘lgan. Aholining 45 foizdan ortig‘i shaharlarda istiqomat qiladi. Rayonga Toshkent va Samarqand shaharlarining oliy o‘quv yurtlari ham  mutaxassis tayyorlab bermoqda. Lekin rayonning rivojlanish istiqbollarini ko‘zlab, bu yerga Samarqand, Farg‘ona, Toshkent singari iqtisodiy geografik rayonlardan malakali mutaxassislar jalb etish maqsadga muvofiqdir.  

Xo‘jaligi va uning hududiy tashkil etilishi. Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi, asosan, XX asrning 50-60-yillariga to‘g‘ri keladi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish sug‘orish inshootlarini, yo‘llarni, elektr uzatkich tarmoqlarini, madaniy-maishiy muassasalarni bir yo‘la barpo etish usulida olib borildi. Yangi yerlarni  o‘zlashtirishning bu usuli xorijda ham keng qo‘llanilmoqda.

Mirzacho‘l iqtisodiy geografik rayoni mamlakatda yetishtiriladigan  paxta yalpi hosilining 1/4 qismini beradi. Rayonda agrosanoat majmuyi yuksak darajada rivojlangan. Jami ekin maydonining salkam  45 foiziga paxta, deyarli shuncha maydonga donli ekinlar ekilmoqda. Polizchilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mirzacho‘l qovunlari O‘zbekistondan  tashqarida ham mashhurdir.

Chorvachilikda qorako‘l qo‘ylarining salmog‘i  katta. Qorako‘l qo‘ylari rayonning shimoli g‘arbidagi cho‘l yaylovlarida boqiladi. Chorvachilikning yanada rivojlanishi yem-xashak ekinlari, ayniqsa, beda va makkajo‘xori maydonining kengayishiga bog‘liq. Donli ekinlar yetish  tiriladigan  joylarda parrandachilik rivojlangan.

Endilikda rayonda sanoat ham tez sur’at bilan rivojlana boshladi. Elektroenergetika, qurilish  materiallari, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivoj- landi. Sirdaryo IESning elektr quvvati iqtisodiy  geografik rayondan tashqariga ham chiqarilmoqda. 

Transporti. Avtomobil transporti yuksak darajada rivojlangan. Avtomobil yo‘llarining yalpi uzunligi 12 ming km dan oshadi, shundan deyarli 10 ming km qattiq qoplamali yo‘llardir. Katta O‘zbek Traktining iqtisodiy geografik rayon hududidan o‘tishi uning rivojlanishiga sezilarli ta’sir etadi. Temiryo‘l hudud bo‘ylab uchburchak shaklida qurilgan. Uchburchakning Jizzax, Sirdaryo va Xovos uchlaridan yo‘llar boshqa viloyatlarga taralib ketgan. Hudud bo‘ylab magistral gaz quvurlari kesib o‘tgan. Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hududni tekis qoplagan Havo transporti Jizzax aeroporti orqali rayonni boshqa rayonlarga bog‘laydi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.