PISA topshiriqlari. Pingvinlar 

4 940

Hayvonlarni suratga olish bilan shug‘ullanadigan fotosuratkash Karim Azizov bir yillik ekspeditsiyaga bordi va u yerda bir necha pingvinlar va ularning polaponlarini suratga oldi.Ayniqsa, u turli xil pingvinlar to‘dasini kattalashib borishiga qiziqib qoldi.

1-SAVOL:
Odatda, pingvin juftligi yiliga ikkita tuxum qo‘yadi. Mazkur ikkala tuxumning hajmi kattarog‘idan yorib chiqqan polapon, odatda, yashab qoladi.Kokildor pingvinlarning birinchi tuxumi taxminan 78 g,ikkinchisi esa taxminan 110 g tosh bosadi.Ikkinchi tuxum birinchisidan necha foizga og‘irroq?
A 29%
B 32%
C 41%
D 71%

2-SAVOL:
Karim bir necha yil o‘tib, pingvinlar to‘dasining o‘lchami qanchaga kattalishishi mumkinligiga qiziqmoqda. Buni aniqlash maqsadida, u quyidagicha farazlarni ilgari suradi:
• Yil boshida, pingvin to‘dasi 10000tadan iborat bo‘ladi (5 000 ta juftlik).
• Har bir pingvin juftligi har yil bahorda bittadan polaponni katta qiladi.
• Yil oxiriga kelib, barcha pingvin polaponlarining 20% o‘ladi.
Birinchi yilning oxiriga kelib, (yosh va katta pingvinlar bilan hisoblaganda) to‘dada qancha pingvin bo‘ladi?

3-SAVOL:
Karim pingvinlar to‘dasi quyidagi tarzda kattalashadi deb tahmin qiladi:
• Har yilning boshlanishida, to‘da juftlik hosil qilgan teng sonli erkak va urg‘ochi pingvinlardan iborat bo‘ladi.
• Har yilning bahorida har bir pingvinlar juftligi bittadan polapon katta qiladi.
• Har yilning oxiriga kelib, (yosh va katta pingvinlar bilan hisoblaganda) barcha pingvinlaning 20% o‘ladi.
• Bir yoshga to‘lgan pingvinlar ham polapon katta qiladi.

Yuqorida ilgari surilgan farazlardan kelib chiqib, aytingchi, 7 yildan keyin pingvinlarning umumiy soni, P, qancha bo‘lishini anilab beradigan formula qaysi?

A) P = 10 000 × (1.5 ×0,2)7
B) P = 10 000 × (1.5 ×0,8)7
C) P = 10 000 × (1.2 ×0,2)7
D) P = 10 000 × (1.2 ×0,8)7

4-SAVOL:
Ekspeditsiyadan qaytgach, Karim internet orqali bitta pingvin juftligi o‘rtacha nechta polapon katta qilishini bilmoqchi bo‘ldi. U uch turdagi, Gentu, Kokilli va Megellan, pingvinlar haqida ma’lumot beradigan quyidagi gistogrammani topdi.
Yuqoridagi grafikka qarab, mazkur uchala pingvin turlari haqida aytilgan tasdiqlar to‘g‘ri yoki to‘g‘ri ekanligini ayting?

Har bir mulohaza uchun “To‘g‘ri” yoki “Noto‘g‘ri” ishorasini tanlang.
Tasdiqlar
Bildirilgan tasdiq to`g`rimi yoki noto`g`rimi?
  • 2000-yilda, har bir pingvin juftligi kata qilgan polaponlarning o‘rtacha miqdori 0,6 dan kattaroq edi
To‘g‘ri / Noto‘g‘ri
  • 2006-yilda pingvin juftliklarining o‘rtacha 80% dan kamrog‘i polapon o‘stirgan.
To‘g‘ri / Noto‘g‘ri
  • Taxminan 2015-yilga kelib, bu uchala pingvin turlari yo‘qolib ketadi. 
To‘g‘ri / Noto‘g‘ri
  • 2001- va 2004-yillarda pingvin juftliklari o‘stirgan Magellan palaponlarining o‘rtacha miqdori kamayadi.
To‘g‘ri / Noto‘g‘ri

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.