Yuklanmoqda...

Tabu (Polinezcha — taqiqlash)


Tabu (polinezcha — taqiqdash) — 1) ibtidoiy jamiyat bosqichidagi xalqlarda tarqalgan taqiqlash tizimi.Tabuning eng mukammal ko’rinishi Polineziyaaa saqlangan. Bu so’z aslida Polineziyada paydo bo’lib, dastlab mashhur ingliz dengiz sayyohi J.Kuk tomonidan Yevropaga ma’lum qilingan va bayon etib berilgan. Polineziya xalqlari diniy e’tiqodlariga ko’ra, har bir inson tug’ilishi bilan qudratli g’ayri tabiiy kuch — «mana»ga ega bo’ladi. «Mana» juda xavfli bo’lib, birovga tegsa o’lim keltirishi mumkin. U tabaqalarga qarab har xil kuchga ega, qullarda «mana» bo’lmagan, ammo aksincha, buyuk sardorlar qudratli «mana» egasi hisoblangan. «Mana» tushunchasi «Tabu» so’zi bilan bevosita bog’liq. Nimaiki «mana» egasi bo’lsa, o’sha narsa xavfli, ya’ni unga tegish man qilingan — Tabu qo’yilgan.

Polineziya xalqlarida juda keng Tarqalgan Tabu tizimini kim buzsa, rioya qilmasa qabila boshliqdari, zodagonlar tomonidan qattiq jazolangan. Shuningdek, o’sha davr tasavvurlariga ko’ra, Tabuni buzgan odamning g’ayri tabiiy kuchlar, ruhlar, xudolar kasallik yoki o’lim bilan jazolaydi, deb tushunilgan.

Orolliklarda xudo va ruhga, kohin va qabila boshliqlariga aloqador bo’lgan g’amma narsa Tabulashtirilgan. Tabu tizimi jamiyatda tabaqalanishni ifodalagan. Tabu obyektlari — buyumlar, so’zlar, hayvonlar va boshqalar bo`lishi mumkin. Aksariyat Tabular moddiy buyumlarga taalluqli bo`ladi. Tabu insoniyat jamiyati shakllanayotgan davrda individ hattiharakatini jamoa manfaatlariga buysundirish ehtiyoji bilan bog’liq ravishda kelib chiqqan bo`lishi mumkin. Tabu urug`chilik jamiyatida inson hayotining muhim tomonlarini, avvalo ekzogamiya nikohi me’yorlariga rioya qilinishi (masalan, urug’ ichida jinsiy aloqalarning taqiqlanishi)ni tartibga solgan. Jamiyat taraqqiy etgan sari Tabuning bir qismi odat huquqiy me’yoriga aylangan, ko’pchiligi esa dinga taqiq sifatida kiritilib, uni buzish gunoh hisoblangan. Hozirgi davrda ham Tabuning ba’zi kurinishlarini uchratish mumkin. 2) Tilshunoslikda muayyan suzlar, iboralar yoki atokli otlarni qo’llashni taqiqlash, man etish. Ibtidoiy davrlarda tabiat hodisalarining sirini bila olmagan inson qo`rquv uyg’otadigan sehrli va zararli yovuz kuchlardan, jin, arvohlardan, ofatli kasallik va yirtqich hayvonlardan saqlanishning yagona chorasi ularning nomini aytishni man etish, atamaslik deb tushungan. Ayniqsa, kishi nomiga nisbatan Tabu keng tarqalgan.

Masalan, o’lganning nomini, dohiy yoki podshohning, ma’budlarning nomini va ba’zi qarindoshlar (qaynota, qaynona, er, qaynog’a)ning nomini aytish, ularni ovoz chiqarib chaqirish taqiqdangan va bunday atoqli otlar tegishli tavsifiy iboralar bilan almashtirilgan. Ovlanadigan, tirikchilik manbai bo’lgan hayvon nomlari, kishini seskantiradigan jonivorlar va boshqa voqeajarayonlar ham ba’zan Tabulashtirilgan. Masalan, chayon so’zi, o’zbek shevalarida eshak, benom, gazanda, ayriquyruq, beshbo’g’in va boshqa nomlar bilan atalgan. Hozirgi tillarda ulim haqida, og’ir kasallik haqida tug’ridanto’g’ri gapirmaslik, yoqimsiz, noxush narsalarni eslash, eslatishdan qochish odatini g’am Tabuga kiritish mumkin. Tabu so`zlar o’rniga boshqa so`zlar — evfemizmlar zarur bo’ladiki, boshqa tillar singari, o’zbek tilida ham bunday suzlar ko’pchilikni tashkil etadi.

Manba: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar