Geografik atamalar ma`nosini bilasizmi? 

21 144

Adan - «huzur-halovat».
Afina - Olimpdagi yagona ayol ma'buda. Urush, g'alaba, aql ramzi, iffat homiysi (yunoncha).
Akmala - «Oq mulla».
Albaniya - «tog'lilar yeri». Alp o'zagi «tog'» ma'nosini bildiradi.
Aldan - «oltin».
Amur - sevgi Xudosi (rim.).
Argentina - «kumush» degani (lotin).
Avstraliya - noma'lum janubiy yer (lotin).
Avstriya - «Sharqiy qirollik».
Bahrayn - «Ikki dengiz» (arab.).
Baykal - «Boyko'l».
Binokl - «ikki ko'z».
Boliviya - Ispanlarga qarshi kurash olib borgan mamlakatning 1-prezidenti Simon Bolivar sharafiga qo'yilgan.
Burundi - «rundi» tilida «gaplashuvchilar yeri» ma'nosida. I Delta - yunonlarning «delta» harfidan olingan.
Exolot - exo xudosi nomidan (rim.).
Gobi - «cho'l».
Gonduras - ispancha «hurlik» so'zidan olingan.
Himolay - «qorlar makoni».
Hind - «daryo».
Indoneziya - «orollardagi Hindiston».  Iroq - yahudiycha «ikki daryo oralig'i».
Irtish - «yertesh».
Islandiya - «muzlar mamlakati».
Islandiya - «muzlik yer».
Jazoir- «orol».
Kanada - Shimoliy Amerikaning algonquian hindu qabilasi tllida «kichik maskan» yoki «qishloq» ma'nosini bildiradi.
Kanar-«it» oroli.
Kolumbiya -Xristofor Kolumb sharafiga qo'yilgan.
Kosmos - «tartib».
Kosta-Rika - «boysohil».
Kuba - taino qabilasi tilida «Markaziy yer» degani.
Landshaft-joyning umumiy ko'rinishi ma'nosida.
Livan - yahudiycha «oq tog'».
Liberiya - lotincha «erkin».
Lyuksemburg - keltcha «kichik», nemischa «qasr» degani.
Marokash - «uzoq g'arb».
Mars - urush xudosi, otchopar va aloqa xizmati homiysi (rim.).
Mavrikiy - golland shahzodasi Mavrisius sharafiga deyilgan.
Merkuriy - Yupiterning o'g'li.
Michigan - «Oqtog'» (fransuz).
Missisipi - «katta daryo».  
Musson - «mavsum».     
Namibiya - nama tilida «hech narsa yo'q joy» degani.  
Nepal - «jun bozori».
Neptun - oqar suv, buloq, daryo xudosi (rim.).  
Niderlandiya - «quyi yerlar».
Norvegiya - «shimolga yo'l». 
Oktyubinsk - «Oq tepa».
Oranj - Golland shahzodasi (Oronskiy nomidan).
Orbita - «yo'l iz» (lat.).
Orinoko - «daryo» (hindu).
Panama - «juda ko'p baliq» (hindular tilida).
Pekin - «shimoliy poytaxt».
Pentagon - «beshburchak».
Plankton - «adashgan».
Pluton - yerosti dunyosi (yunoncha), o'liklar saltanatining xudosi.
Pomir- «quyosh oyog'i».
Quvayt - arabcha «qo'rg'on» so'zidan olingan.
Rio-de janeyro - «yanvar daryosi».
Sahroyi Kabir- «katta cho'l».
San-salvador - «haloskor».
Titan - o'lmas xudo nomidan olingan (yun.).
Tundra - «tog' cho'li» (fin.).
Tyanshan - «osmono'par».
Venera - bahor, sevgi va go'zallik xudosi (rim.).
Venesuela - «kichik Venetsiya».
Viktoriya -g'alaba ma'budasi (rim.).
Vulkan - «olov», «yong'in», «o'choq», temirchilik xudosi (lat.).
Vyetnam - «janubiy yer» (vyetnam).
Xuanxe - «sariq daryo».
Yaman - «yer cheti».
Yenisey - «enasoy».
Zambiya -Zambezi daryosi nomidan olingan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.