28-oktabr Nyu-Yorkda Ozodlik haykalining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tgan kun 

2 439

1886-yil 28-oktabr - Nyu-York shahrida Ozodlik haykalining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi: Ushbu haykal gudzon qirg’og’ida joylashgan bo’lib, kelayotgan mehmonlar va muhojirlar uchun salomlashish ramzi (timsoli hisoblanadi. Uni Frederik Bartal’di va Gyustav Eyfel’ yuritishgan. Ozodlik haykali AQSh mustaqilligini yuz yilligi sharafiga Fransiya tomonidan sovg’a qilingan. Haykal 1886-yil 17-iyunda "Izeri” nomli fransuz kemasida 214 ta qutiga joylangan holda keltirilgan. Keyingi 4 oy davomida uni bo’laklab yig’ib granit tagkursiga o’rnatilgan. Ozodlik haykali AQSh ramzi hisoblanadi. (Nyu-York yaqinida) Manxetten yaqinidagi ozodlik orolida joylashgan. Ozodlik ma’budasi ung qo’lida mash’ala va chap qo’lida kitob (ma’lumot yozilgan taxtacha) ushlab turadi. Taxtachada "JULY IV MDCCL XXVI” (1776-yil 4-iyul) deb yozilgan bo’lib, bu kuni Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolangan. Yerdan mash’ala o’rtacha bo’lgan balandlik 93 metr, haykalning balandligi ya’ni tagkursi tepasida mash’alagacha 46 metrni tashkil etadi. 1886-1916-yillarda ozodlik haykali sayyohlar uchun ochiq bo’lib, xohlovchilar ma’buda tojidan butun Nyu-Yorkni tomosha qilishlari mumkin edi. Hozirga qadar haykal bir necha marta ta’mirlanib, takomillashtirildi. 1984-yilda esa YUNESKO himoyasidagi sub’ektlar ruyxatiga kiritildi.


28-oktabr Buvijonlar va bobojonlar kuni
Buvilar va bobolar kuni Italiya, Polsha, Fransiya va boshqa davlarda  nishonlanadi.  Rossiyada esa  bu oilaviy bayram 2008-yildan buyon nishonlanib kelyapti. Bayram sanasi 28-oktyabr qilib tanlangani bejiz emas. Aynan ushbu kunda avvallari  slavyanlar  oilani qadrlash bayrami deb nishonlab kelgan.  Slavyan madaniyatida  oilani qadrlash  va kattalarga hurmat muhim rol o’ynagani sababli bu bayram Rossiyada yaxshi urf-odatga aylandi. Bu  kunda buvijon va bobojonlarga  o’z e'tiboringiz va mehr  muhabbatingizni ayamang!

28-oktabr Xalqaro animatsiyalar kuni
Xalqaro Asosatsiya tashkilotining Fransuz bo‘limi tashabbusi bilan 2002-yilda ilk animatsion texnologiyalari namoyishining 110 yilligiga atab tasis etilgan. Ushbu kunda 1892-yil 28-oktabr Parijda rassom va ixtirochi Emil Reyno optik teatr deb nomlangan tomoshaga odamlarni taklif etgan. Iqtidorli ixtirochi ommaga Praksinoskop deb atalgan harakatlanuvchi rasmlarni ko‘rsatadigan apparatni namoish etgan. Aynan shu xodisani multfilmlar yaratilishining asosi desak bo‘ladi. Ko‘pgina davlatlarda bayram belgilangan kundan oldinroq boshlanadi. Animatsion kino ixlosmandlari, profisanallar uchrashib shu kunni yil davomida kutgan tomoshabinlarga o‘z filmlarini namoish etishadi. Hozirda bunday namoishlar dunyoning 104 mamlakatida bo‘lib o‘tmoqda.

28-oktabr Yangi Zelandiyada ishchilar kuni
Hozirgi davrda Yangi Zelandiya omma orasida yashirincha "ishchilarning  xushmanzara o’lkasi” nomli unvonni qo’lga kiritish uchun olis yo’llarni bosib o’tishdi. Mehnatkashlarning tarixiy yo’llari juda mashaqqatli edi. Ushbu kunni bayram sifatida nishonlanishi uchun, mehnatkashlar o’zlarining haq-huquqlarini talab qilib, mehnatkashlar kunini har yili oktyabr oyining to’rtinchi dushanba kunida nishonlanishini qo’lga kiritdilar. Yangi Zelandiya mehnatkashlari dunyoda birinchi bo’lib, 8 soatlik ish kunini belgilash huquqini qo’lga kiritdilar. Barcha harakatlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ishchilarni ish tashlashlaridan 9 yil o’tgach hukumat a’zolari ishchilarni talablarini bajardilar. Yangi Zelandiyaning Vellingtonlik duradgor Samoyel Parnelloga ushbu sa’i harakati uchun ishchi va mehnatkashlarga katta yordami tekkan edi. Chunki duradgor bir kunda 8 soatdan ortiqcha ishlamasligini e’lon qildi. Bir sutka 3 ga teng bo’linish kerakligini aytdi: 8 soat ish vaqtiga, 8 soat uxlashga, 8 soat bo’sh vaqtga ega bo’lish. Samoyel boshqa ishchilarga ko’rsatgan ta’siri katta ahamiyatga ega edi.  1840-yilda ishchi jamoalar bilan o’shbu qarorni qabul qilishdi va qo’llab quvvatlashdi. 1890-yildan boshlab 28-oktabr bayram sifatida nishonlana boshlandi, shu davrdan e’tiboran, ko’pgina hunarmandlar va savdogarlar ish kunini 8 soatlik norma sifatida faoliyat yuritib kelishadi. Minglab ishchilar uyushmasi mamlakatlarning yirik shaharlarida namoyishlarga chiqishdi. Ushbu kuni aholi namoyishni ko’rishi uchun mansabdor shaxslar tomonidan dam olish kuni berildi. Ko’pgina korxonalar shu kuni ishlamaydi.

28-oktabr Garvard universitetiga asos solingan kun
Garvard unversiteti AQShning eng qadimiy hususiy oliy o’quv yurtlaridan biri hisoblanadi. 1636-yilda Massachusets shtati kaloniyasi qonunchilik yiғilishi qarori bilan Kembridj shaxri Boston yaqinida kollejga asos solindi. 1639-yilda kollejga o’z mulkining yarmini va kutubxonani vasiyat qilgan minstr Djon Garvard (1607-1638) ning nomi berildi.

Bu kollej tarixda mintaqadagi ikkinchi oilaviy kutubxona bo’lgan. Kollejning universitetga aylanishi 19 asrning yarmida yuz beradi. Bu paytda injil, horijiy tillar va matematikani o’rganishdan tashqari, tibbiyot (1810) va yurisprudensiya (1817) dan ham  ta'lim berila boshladi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Garvard unversiteti madaniy xayotning markaziga aylandi. Hozirda Garvardning bir nechta shaxsiy muzeylari bor. Ularning ichida botanika muzeyi, zoologiya, minerologiya va geologiya, arxeologiya va etnologiya muzeylari kiradi.

Universitetning nafaqat o’z botanika bog`i, balki o’z o’rmoni ham bor. Universitet o’zining ilmiy yutuqlari, shu jumladan dunyoga mashhur tibbiyot fakultetining ilmiy ishlanmalari bilan juda fahrlanadi. Garvard kompyuter asbob-uskunalarini, xattoki Prijton universiteti "Xaqiqiy san'at darajasida” deb ataydilar. Bu yerda dunyo bo’yicha  eng katta ilmiy kutubxona joylashgan. Universitetda 12 ta kollej va fakultetlar bor, ammo boshqa universitetlardagi kabi bu yerda ham tibbiyot, yurisprudensiya, biznes va politologiya (siyosatshunoslik) mutaxasisliklariga tanlov katta. Bugungi kunda Garvrdda AQShning barcha shtatlari va dunyoning 100 ta mamlakatidan kelgan 18000 dan ortiq talablar ta'lim olmoqda. O’ttizdan ortiq Nobel mukofoti sovrindorlari Garvardni tamomlashgan.

28-oktabr Sirdaryo shahriga asos solingan kun
Sirdaryo shahri – Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi shahar, tuman markazi. 1971-yilgacha shahar posyolkasi. Toshkentdan 80 kmjanubi-g’arbda, Toshkent-Xovos temir yo’ldagi stansiya. Sirdaryoning chap sohilida joylashgan. Viloyat markazi (Guliston) dan 40 km. Sirdaryoda tuman hokimiyati binosi, sanoat, transport, aloqa, qurilish korxonalari, banklar mavjud. Paxta tozalash, sut, non, g’isht zavodlari, MTP, 3 qo’shma, 80 xususiy va kichik korxona, 50dan ziyod firma, qandolatchilik, kvas va limonad ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Dehqon bozori, supermarket, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari mavjud. Umumiy ta’lim maktablari, pedagogika kolleji, bolalar san’at maktabi, sport maktablari, kasb-hunar maktabi, markaziy stadion, tuman markaziy kasalxonasi, shoshilinch tibbiy yordam bo’limi, 3 madaniyat uyi, tuman mazkaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari bor. Yangi qurilgan avtovokzal, kasalxona, dorixona va boshqa savdo, maishiy obyektlar ishlab turibdi.
 Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. "O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2004.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.