27-avgust Moldova Respublikasida Mustaqillik kuni 

141

Moldaviya Sharqiy Yevropa tekisligining janubi-g’arbida joylashgan davlat. Janub, sharq va shimolda- Ukraina, g’arbda- Ruminiya bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi-1389 km. Mamlakat hududini sertepa tekisliklar, daryo vodiylari va jarliklar egallaydi. Eng baland qismi mamlakat markazida joylashgan Kodri qirlaridir. Asosiy daryolari- Dnestr, Purt. Asosiy foydali qazilmalari- fosforit, soztuproq, ohaktosh. Mamlakat hududining yarmi haydaladigan yerlar hisoblanadi. Davlat tuzilishi- respublika. 1990-yili Moldova Respublikasi tarkibidagi ikki rayon- Gagauz Respublikasi va Pridnestrovie o’zlarini mustaqil deb e’lon qilishdi, biroq ular jahon jamoatchiligi tomonidan tan olinmadi. Moldova mustaqilligi 1991-yil 27-avgustda e’lon qilingan. Mustaqillik kuni milliy bayram sifatida nishonlanadi. Ijroiya hokimiyat prezidentga va bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar kengashiga tegishli. Oliy qonun chiqaruvchi organ-bir palatali parlament. Sanoatning peshqadam tarmog’i-oziq-ovqat ishlab chiqarish, shuningdek, og’ir va yengil saonat ham rivojlangan. Ko’p tarmoqli qishloq xo’jaligi YAIMning 40%ni tashkil qiladi. 2012 yilda YAIM miqdori 7252 mln dollarni tashkil qiladi. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Ukraina, O’zbekiston, Ruminiya, Germaniya. XII asrdan XIV asrgacha Moldova- skif, gott, gunn va slavyan davlatlarining tarkibida bo’lib keldi. VIX asrga kelib voloxlar va sharqiy slavyanlar bilan aloqalar natijasida moldavan xalqi shakllandi. 1359-yili esa Bogdan birinchi mustaqil Moldaviya knyazligini tuzdi. Bu knyazlik shu davrda ham madaniy, ham iqtisodiy jihatdan yuksaldi. XV asrda Stefan Buyukning qahramonlarcha ko’rsatgan qarshiligiga qaramasdan, Moldova knyazligi turklar tomonidan bo’ysundirildi va Usmoniylar imperiyasining bir qismiga aylandi. 1774-yili Moldova Avstriya hukmronligiga, 1806-yili esa Rossiya imperiyasi tarkibiga qo’shildi. 1859-yili Moldova Valaxiya bilan birlashdi va Rumin knyazligi tashkil etdi. Bu knyazlikni moldavan knyazi Aleksandru Kuza idora qilgan. 1924-yilda tuzilgan Moldova muxtor respublikasi va Ruminiyaning anneksiya qilingan Bessarabiya hududlarida 1940-yilning 2-avgustida Moldaviya Sovet sotsialistik Respublikasi tuzildi. Moldaviya 1941-yili rumin va nemis qo’shinlari tomonidan bosib olindi, ozod qilinganidan so’ng 1944-yili Sovet Ittifoqi tarkibiga qaytdi. 1947-yilgi Parij shartnomasiga ko’ra, Ruminiya Moldaviya hududlariga bo’lgan da’vosidantamonila voz kechdi. Moldaviya 1991-yil 27-avgustda mustaqillikka erishdi, biroq mamlakatning sharqiy qismida jahon jamoatchiligi tomonidan tan olinmagan Pridnestrovie Respublikasi mavjud.

27-avgust Xalqaro pomildorilar (Tomatlar) kuni
Bunday ajoyib bayram deymizmi, qiziqarli kunmi, hullas pomildorilar kuni har yili  avgust oyining ohirgi sanasida Ispaniyaning  Bunyol shahrida nishonlanadi. Ispaniya shahrida ham har yilgi "Pomildorilar festivali” yozning ohirgi kunlarida nishonlanadi. Boshqa Ispaniya festivallariga o’xshab, bu festival ham musiqa sadolari ostida, raqslar bilan, bepul mehmondorchilik bilan o’tkaziladi. Pomildorilar festivalining ajoyib Bunol shahriga turistlarni jalb qiluvchi bir antiqa an’anasi bor. Bu "Pomildorilar jangi”. Shahar maydonida o’tkaziladigan bu o’yinda maydonda bir qancha ezilgan  pomildorilar ortilgan kamazlar paydo bo’ladi. Festivalning qiziq va maroqli o’tish maqsadida o’tkaziladigan ushbu o’yinning qoidasi, birinchi bo’lib kamazlarga yugurib yetib borish va  qatnashuvchilar bir biriga pomildorilar otishadi. Bunda qatnashuvchi kim ekanligining ahamiyati bo’lmaydi, chunki  bunday ezilgan pomildori otishmalarida  odam bir-birini tanib bo’lmaydi. Bunday vaqtda shahardagi barchas bar, restoran, kafelar maxsus plastik qoplamalar bilan mahkam yopiladi. Pomildori otishmalari qatnashuvchilari iloji boricha kamroq kiyimda bo’lishni ma’qul ko’rishadi, chunki kiyimda bo’lsangiz ham toza qolishingiz mumkin bo’lmaydi. Eslatib o’tamiz, festivalda qatnashuvchilarning orasida tushunmovchiliklar ham bo’lib turishi, bir-birlari bilan urish qilishlari ham mumkin. Har yili pomildori otishmalarining qatnashuvchilar soni ortib bormoqda. O’yinda man qilingan holatlar: o’yin boshlanishi va tugashida maxsus signal chalinadi va unga rioya etish, pomildorilardan boshqa hech narsani otmaslik, bir-birining kiyimini yirtmaslik, pomildori olib ketayotgan kamaz haydovchilariga halaqit bermaslik. Shunday qoidalarga rioya qilgan holda, har yilgi festival tinch va janjalsiz o’tmoqda. 1975 yilgacha shahar xalqi festival uchun yashil pomildori emas, ezilgan qizil pomildorilarni sotib olib kelishlari kerak.  Deyarli 40 mingdan ortiq qatnashuvchilar qatnashadi.  Yuz tonnalab pomildorilar otishmalarda "halok” bo’lishadi. Festival basseynlarda cho’milish, har xil yutuqli o’yinlar bilan yakunlanadi.

27-avgust Ginnesning rekordlar kitobining birinchi kitobi nashrdan chiqdi.
 Rekordlar kitobini chop qilish g'oyasi 1951-yilda, ajoyib bir vaziyatda tug'ilgan. 1955-yili Buyuk Britaniyada "Ginnesning rekordlar kitobi” ning ilk soni nashrdan chiqdi. Bugun bu kitob barchaga birdek tanish. Kimdir unnng sahifalaridan joy olishga umrini bag'ishlasa, boshqa birov bor-budini ayamaydi. Rekordlar kitobini chop qilish g'oyasi 1951-yilda, ajoyib bir vaziyatda tug'ilgan. Bir o'tirishda ingliz kiborlari evropadagi qushchalarning qaysi biri eng tez uchishi haqida hazilomiz bahs boylab qolishdi. Birov "u” deydi. Birov "bu”. Munozaradan ta'sirlanib ketgan davra ishtirokchilaridan biri ser Xyu Biver uyiga qaytgach, turli noan'anaviy rekordlar to'g'risida ma'lumot yig'ishga, so'ng uni bir Janob Xyu kitobni qadimgi ajdodlari nasabi bilan, ya'ni "Ginnss” deb ataydi. Nashirni tayyorlash uchun Londonda maxsus agentlik ochiladi. Uning xodimlariga turli sohalardagi qiziqarli yutuqlarni qayd qilish vazifasi yuklatiladi. Ma'lumot to'plash jarayonida rekordlarga oid faktlar bu borada guvohlar va mutaxassislar fikrlari o'rganiladi. Natijada 1955-yil 27-avgustda "Ginnes”ning 198 sahifalik nashri dunyo yuzini ko'rada. Kitob ilk kunlardanoq qo'lma-qo'l bo'lib ketadi. "'Ginnssning rekordlar kitobi sarlavhasi ostida chiqqan keyingi kitoblar ham eng ommabop nashrlar qatoridan joy oladi. Bugungi kunda har yili 80 milliondan ziyod nushada 40 ta tilda chop etiladigan mazkur kitob jahonning 100 dan ortiq mamlakatida o'z muhlislariga ega. Darvoqe, "Ginnesning rekordlar kitobi” adadi eng katta nashr sifatida "Ginnesning rekordlar kitobi” dan joy olgan!

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash