Yangi yil 

1 818

Yangi yilni kutish odati hamma xalqlarda bor. Yangi yil arafasida archalar bezatiladi. Archa bayramlarida Qorbobo bilan Qorqiz sovg‘a-salomlar bilan bolalar huzuriga kelishadi. Ko‘pchilik xalqlarda Yangi yilda archa chiroqlarini yoqish odati uzoq zamonlardan yetib kelgan. Bu odat qadim zamonlarda Angliya bilan Germaniyada istiqomat qilgan xalqlarda vujudga kelgan. O‘sha uzoq o‘tmishda odamlar qish vaqti o‘rmonda doimiy yam-yashil archa atrofiga to‘planishib, gulxan yoqishgan, qo‘shiq aytib, o‘yin-kulgi qilishgan. 

Yangi yil hamma xalqlarda birday 1-yanvardan boshlanmaydi. Ba'zi xalqlar vaqt hisobini Oy-Quyosh taqvimi bo‘yicha olib boradilar, shuning uchun yilning boshlanishi bir joyda kuzga to‘g‘ri kelsa, boshqa joyda qishga to‘g‘ri keladi. 

O‘rta Osiyo va yaqin Sharq xalqlarda Navro‘z bayrami qadimiy, an`anaviy yangi yil bayrami hisoblanadi. 

Qadimgi rimliklarda mart yilning birinchi oyi hisoblangan, chunki bu vaqtda dala ishlari boshlangan. Yil 10 oydan iborat bo‘lgan, keyin oylar soni 2 ta ko‘paygan. 

Miloddan avval 46-yilda Rim imperatori Yuliy Sezar yilning boshlanishini 1-yanvarga ko‘chirdi. Uning nomi bilan atalgan Yuliy taqvimi butun Yevropaga tarqaldi. Shu tariqa yangi yil qish vaqtida kutish rasm bo‘ldi. 

Hijriy-shamsiy yil hisobi bo‘yicha yangi yil ko‘pchilik Sharq mamlakatlarida 21-marta kutiladi. Islomiy taqvim bo‘yicha esa yangi yil har yili 10-12 kun oldinga suriladi va muharram oyning 1-kuni yil boshi hisoblanadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.