21-yanvar Xitoyda yangi yil bayrami 

8 475

Bilamizki, Xitoy taqvimiga ko‘ra, har-bir yilning o‘ziga yarasha talqin etadigan jonivori bor. Xitoyliklarning oy-quyosh taqvimidagi Yangi yil Grigoryan taqvimiga ko‘ra kechroq kirib keladi. Albatta, Xitoyda Grigoryan taqvimidan ham foydalanishadi, lekin Xitoyda udum bo‘lgan bayramlar sanasi xitoy taqvimiga ko‘ra belgilanadi. Bu bayramlar qatoriga Xitoy Yangi yili ham kiradi, u bahor bayrami deb ham hisoblanadi. Grigoryan taqvimiga kiritilgandan keyin uni Yevropadagi Yangi yildan alohida holda shunday atay boshlashgan. 
 
Bilamizki, 1-yanvar Yangi yil boshlanishi bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik xalqlarda Yangi yil aynan bahorda bo‘ladi, tabiatning qishki uyqudan uyg‘onishiga to‘g‘ri keladi. Udumga ko‘ra, Xitoyda Yangi yil - yangi oy chiqishidan to birinchi oy siklining tugashigacha qishki quyosh turishi mavsumiga to‘g‘ri keladi. Grigoryan taqvimiga ko‘ra, Xitoy Yangi yili  21-yanvar  va 21-fevral oralig‘iga to‘g‘ri keladi. 
 
Azaldan Xitoyda Yangi yil  asosiy va eng uzoq davom etadigan  bayram bo‘lgan. Xitoy Yangi yilini faqatgina Xitoy mintaqasidagina emas, balki Gonkongda, Makaoda, Tayvanda, Bruneyda va Indoneziyada, umuman xitoy aholisi yashaydigan barcha yerlarda nishonlanaydilar. Yangi yilga bag‘ishlangan bayram marosimlari 2 haftaga cho‘ziladi va fonuslar bayrami bilan yakunlanadi. 
 
Xitoy Yangi yili birinchidan – oilaviy bayram. Garchand, inson uzoq yillar davomida yolg‘iz yashasada, imkon qadar bu bayramni ota-onasi va oilasi bilan o‘tkazishi shart. Yangi yildan oldin Xitoyda temir yo‘l kassalarida chiptalarga navbat ko‘p bo‘ladi, shuning uchun chiptalarni oldindan olish kerak. Yangi yil kechasida dasturxon bayramona, to‘yimli va mo‘l bo‘ladi. Stolda albatta tovuq, baliq, soyali pishloq bo‘ladi, chunki bu masalliqlarning nomi Xitoy tilidagi "farovonlik” va "baxt” so‘zlariga yaqin uyg‘unlikni bildiradi. Mamlakatning shimoliy qismida bayramda chuchvaralar iste’mol qilishadi. Janubda esa "nyan gao” deb nomlangan taom iste’mol qilinadi. Bu taom yopishqoq guruch bo‘lakchalaridan bo‘lib, ular yildan yilga hayotni yaxshilanishini ramzidir. 
 
Xitoy Yangi yilida tuni bilan hech kim uxlamaydi. Bu marosim "shou suy” – "yilni saqlamoq” deb nomlanadi. Xitoyliklar eshik yondoriga yangi yil tilaklari yozilgan qizil qog‘ozchalar yopishtirib qo‘yishadi. Bundan tashqari, eshikka teskari qilib baxt ieroglifi yopishtiriladi.Yangi yilning birinchi kunida mushakbozlik va xushbo‘y hidli cho‘pchalar yoqiladi. Yangi yilning birinchi 5 kunida do‘stlar, sinfdoshlar, qarindoshlar, hamkasblar bilan uchrashib, ularni bayram bilan tabriklaydilar, lekin Yangi yilda sovg‘a taqdim qilinmaydi. Biroq, bolalarga "ya-suy-syan”sovg‘a qilinadi - maxsus qizil konvertlarda  pul beriladi. Qadimiy an’anaga ko‘ra, Yangi yilning 15 kuni davomida uyga kelgan har bir bolaga pul sovg‘a qilinadi.

21-yanvar Polshada Buvijonlar kuni
Har yili 21-yanvar kuni Polshada juda xayrli bayram nishonlab kelinadi. Kattayu kichik nevaralar o‘zlarining buvijonlarini ularning "kasb” bayrami - Buvijonlar kuni bilan tabriklashadi. Buvijonlar kunida o‘tkazilgan jamoatchilik fikri so‘rovlari natijasida shu narsa ayon bo‘ldiki, 60% polyaklar o‘zlarining axloqi, e’tiqodi va tuyg‘ulari buvijonlari bilan bo‘lgan yaqin munosabatlari tufayli shakllanganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, professor Xerald Eylor o‘tkazgan tadqiqodlari jarayonida 16 dan 80 yoshgacha bo‘lgan 2000dan (respondent)kishi ichidan ko‘pchiligi qadrdon buvijonlari bilan munosibatlari juda kuchli va barqaror ekanligini isbotlashgan.

21-yanvar – Xalqaro quchoq ochmoq kuni

Bu o‘zgacha bayram  dunyo bo‘yicha 21-yanvar kuni nishonlanadi. Har bir odam bu kuni mutlaqo notanish  bo‘lgan kishini quchoqlashishi mumkin.Bayram yaqin yillardan boshlab nishonlanayotgan bo‘lishiga qaramay, uni kim o‘ylab topgani noma’lum. Xalqaro quchoq ochmoq kuni bayramini joriy qilish fikri G‘arbiy Yevropalik talabalarga tegishli.Lekin bu bayramni kim o‘ylab topgan va nega aynan 21-yanvar kuni nishonlanishini hech kim bilmaydi.Bu kuni quchoqlashish mutlaqo beg‘araz niyatda, unda hech qanday  yaqin munosabatga ishora yo‘q. Biron bir kishini shu kuni quchoqlash unga o‘zining qalb  go‘zalligi  va mehridan ulashishni bildiradi. Insonlar quchoq ochishni yoqtiradilar, chunki insonga  o‘zini erkin, tinch his qilmoq, uni yoqtirganliklari uchun quchoqlashgani yoqadi. Biz bir kun ham quchoqlashmasdan yashay olmaymiz. Har bir insonning hayotida quchoqlashish turli kayfiyatlarni aks ettiradi, masalan, insonlar o‘z yaqinlari bilan ko‘rishganda va xayrlashganda quchoqlashadilar.Biz yaqin kishilarimizni u uchun quvonganimizda yoki unga minnatdorchilik bildirganimizda albatta quchoqlashimiz zarur.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.