29-yanvar – avtomobil ixtiro qilingan kun 

1 779

Har yili yanvar oyining oxirida dunyoning barcha avtomobilchilari —Avtomobil kashf qilingan kunni bayram sifatida nishonlab kelishadi.
1886-yilning 29-yanvar kuni dunyodagi benzin bilan yuradigan avtomobil "tug‘ilgan”. Chunki shu kuni ixtirochi Bens o‘zining ushbu ixtirosi uchun №37435 patentini qo‘lga kiritdi. Yanvarning 29-kuni hozirgi kungacha avtomobil tug‘ilgan kuni hisoblanib keladi. Garchi 1893-yilning "Bens” avtomobillarining 15 namunasi ishlab chiqilgan va patentlangan.

Aslida 1885-yilda ilk "Bens” markali avtomobil ishlab chiqilgan. U uch g‘ildirakli bo‘lib, ikki o‘rindiqqa ega aravaga o‘xshar edi. Bu arava o‘zida  to‘rt qismli suv bilan sovutiladigan benzin motorini yashirgan edi. Bu motorning quvvati 0,9 ot kuchiga ega edi. Galvanik batareyalari elektr bilan o‘t olish imkoniyatini yaratib berardi. 

Uch hildirakli "Bens” paydo bo‘lgunicha Daymlerning metall trubkaga payvand qilingan yog‘och aravasi avtomobil sanalardi.

Daymlerning aravasi boshqa  harakat vositalarining birinchilaridan edi. Biroq, ulardan biri va hatto uch g‘ildirakli "Bens”ham avtomobil bayramining ramziga aylana olmadi.

Bunday bayramona kun sharafiga birinchi "tug‘ilgan” to‘rt g‘ildirakli benzinli avtomobil ega bo‘ldi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.