Yuklanmoqda...

24-yanvar olimlar Yerning uchinchi yadrosini aniqlagan kun


 
 
Amerikalik olimlar ta'kidlashicha, sayyoramiz yadrosi shu paytgacha aytib kelinganidek ikkita elementdan emas, balki uchta elementdan tarkib topganligini 2013-yilda olimlar tomonidan aniqlandi. Shu paytga qadar ta'kidlab kelinishicha, mantiya ostida taxminan 2900 kilometr chuqurlikda geosfera joylashgan. U 2200 kilometr radiusda suyuq tashqi yadro va 1300 klometr radiusda qattiq ichki yadrodan iborat.
 
Qattiq yadro yuzasidagi harorat Selsiy bo'yicha taxminan 6000 darajaga tengdir. Amerikalik olim Syaodun Sun va uning hamkasblari esa ushbu yadrodagi uchinchi qatlamni aniqladi. Ular yer qa'rini kuchli zilzilalar chog'ida paydo bo'ladigan seysmik to'lqinlar orqali o'rgandi. Natijada ma'lum bo'lishicha, Yerning ichki qattiq yadrosi ikki qismdan iborat, uning radiusi birinchisidan ikki marta kichikdir.

24-yanvar - Eskimo kuni
1922-yil 24-yanvar - an’anaviy eskimo kuni hisoblanadi .Aynan shu kuni shirinliklar magazini egasi Kristian Nelson eskimoga patent oldi. Eskimo - kattalar va bolalarning eng sevimli ne’matlaridan biri, lekin nega u bunday nomlangan  va muzqaymoqning tayoqchasi qaerdan paydo bo‘lganligi haqida kamchilik odamlar o‘ylab ko‘rishgan. Taxminlarning birida  shunday deyilgan: Amerikaning Ayova shtatidan qandolatchi Kristian Nelson resept o‘ylab topgan - sariyog‘  ustini shokoladli qiyom  bilan qoplash. "Eskimo -pay” (eskimos pirogchasi)  Stover familiyali uning hamkasbi o‘ylab topgan. Deyarli 10 yil ichida eskimo dunyo bo‘yicha mashhur bo‘ldi. Hech kim eskimoni tayoqchasiz tasavvur eta olmaydi. Baribir tushinish qiyin  qaysi qaror oldin paydo bo‘ldi: muzqaymoqni tayoqchaga qo‘ndirishmi yoki uni shokoladli qiyom bilan qoplash. Afsonalarning birida, oldin tayoqcha paydo bo‘lgan va unga oddiy tasodif sabab bo‘lgan. Frenk Epperson degan odam sovuqda limonadli stakanni qoldirib ketadi, shuningdek uning ichida aralashtirish uchun tayoqchasi ham bo‘lgan. Natijada limonad muzlab qolgan, tayoqcha esa tig‘iz yopishib qolgan. Bu voqea  undan avval, Kristian Nelson sariyog‘  ustini shokoladli qiyom  bilan qoplashdan oldin sodir bo‘lgan. Frenk Epperson 1905-yilda  tayoqchada  muzlatilgan limonadlarni tayyorlashni boshlagan .Biroq,  bu voqea haqiqatda  bo‘lgan bo‘lsa ham, baribir birinchi eskimoni  Kristian Nelson tayoqchasiz sotgan degan tarixiy faktlar tasdiqlaydi.

24-yanvar Hindistonda "Vasant Panchami” bayrami
Sarasvati Jayanti Vasant Panchami  24-yanvar kuni nishonlanadi va donishmandlik va san'atshunoslik ramzi hisoblanadi. Bu bayram Sarasvati - bilim va ta'lim ma'budasi sifatida mashhurdir. Vasant bahor, Panchami bu yanvar yoki fevral oyi yarmining beshinchi kuni degan ma'nosini bildiradi.  Bu kuni ma'buda Sarasvati tug`ilgan, shu bilan birga bahor fasli - Vasant Ritu boshlanishini bildiradi. Sarasvati alifboni ihtiro qilgan, u donishmandlik va san'atshunoslikni targ`ib qiladi. Shuning uchun Sarasvati insonga so'z kuchi, donolik va ta'lim beradi. Sarasvatini oq ko'ylakda, nilufar gulining ustida o'tirgan oppoq ayol qiyofasida tasvirlanadi. U oq munchoqlar, durlar va gullar bilan bezatilgandir.  Sarasvatida to'rtta qo'l bor, bu odam ruhiyatidagi to'rtta belgini bildiradi. Ikki qo'lida u sevgi va hayot musiqalarini, "Veena” nomli torni chaladi. Vasant Panchami bayrami Hindistonning milliy bayrami safiga kirmaydi, lekin maktablarda bayram kuni o'qish bo'lmaydi, bayram namoyishi o'tkaziladi. Bayramdan bir necha hafta oldin maktablarda turli sport musobaqalari, musiqa konkurslari va boshqa tadbirlar  o'tkaziladi. G`oliblarga sovhalar Vasant Panchami bayrami kuni tarqatiladi. Vasant Panchami bayramida varraklar bayrami ham o'tkaziladi.

24-yanvar Shvetsiya mamlakatining eng shimoliy Kiruna shahrida qor festivali
Shvetsiyaning eng shimoliy  shahari - Kirunada an'anaviy qor festivalini o‘tkaziladi, Kiruna shahri qutb doira sirtida joylashgan. Festivalda  60  nafar haykaltaroshlar muz va qordan haykallarni yasaydilar, bundan tashqari  festival mehmonlari shimol  bug‘usida va it qo‘shilgan chanalarda sayr qilishlari mumkin. Festival dasturida – bug‘u, skuter va itlarda poyga musobaqalari, qor haykallarining ko‘rik-tanlovlari, qor bo‘ron o‘yinlari, podiumda muzdan ishlangan modalar namoyishi va turli  xil ko‘ngil ochar namoyishlar o‘tkaziladi. Musiqaga boy  dasturlar belgilanadi. Mehmonlar bu festivalga bepul kiradilar. Shuningdek, ular shimoliy bug‘u va it qo‘shilgan chanalarda sayr qilgan vaqtlarida eskimoslar kulbasiga kirib isinib oladilar.  Kirunadan uzoq bo‘lmagan Yukkashervi qishlog‘ida har yili muz va qordar mehmonxona quriladi.  Mehmonxona nomi Arctic Hall. Festival Kirunaning eng muhim  va yirik tadbirlaridan biri. Kirunaga Stokgoldan poyezd va samolyot orqali yetib olish mumkin.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar