Yuklanmoqda...

3-avgust Kolumbning birinchi sayohati boshlangan kun



1492-yil 3-avgustda Xristofor Kolumbning birinchi ekspeditsiyasi boshlandi. Dengizchi sayyoh, asli genuyalik 1476-1484-yillarda Lissabonda hamda Madeyra va Portu-Santu orollarida yashagan. Yerning shar shaklida ekanligi to’g’risidagi ta'limotga va 15 asr olimlarining noto’g’ri hisoblariga asoslanib, Kolumb Yevropadan Hindistonga olib boradigan. Uning fikricha, eng qisqa dengiz yo’lining loyihasini tuzdi. 1-ekspeditsiyada 1492-1493-yillar 90 kishi bilan "Santa-Mariya”, "Pinta”, "Nilya” kemalarida Palosdan safarga chiqdi. Kanar orollaridan g’arbga burilib, Atlantika okeanini kesib o’tib, 1492-yil 12-oktyabrda (bu sana Amerikaning rasmiy kashf etilgan vaqti debhisoblanadi) Bagama arxipelagidagi San-Salvador okeanga tushadi. Kuba va Gaiti orollari sohilini kashf etdi. 1493-yil 15 marta Kastiliyaga qaytib keldi. 2-ekspeditsiyasida (1493-1496) Kolumb admiral unvoni va yangi kashf etilgan yerlarning vitse qiroli  lavozimida 1500 kishilik ekipaj bilan 17 kemada safarga chiqdi. Dominika, Gvadelupa, Kichik antil, Puetro-Riko va Yamayka olimlarini, Kubaning janubiy qirg’oqlari bo’ylab suzib, bir necha orol va yarim orollarni kashf qildi, gayitining Jan, sohillarini tadqiq qildi. 1496-yil 11-iyunda Kastiliyaga qaytib keldi. 3-ekspeditsiyasida (1498-1500) Kolumb 6 kema bilan Atlantika okeanini 10 shakilda kesib o’tib, Trinidal okeanni kashf etdi. Janubiy tomonidan Pariya qo’ltig’iga va orinoko daryosi deltasi atrofidagi sohil va Pariya okeanigacha kirib borib, Janubiy Amerikani kashf etishni boshlab bordi. Janubiy Amerikaning shimoliy-sharqiy sohillarini tekshirib undan Karib dengizi orqali Gaiti oroliga o’tdi. 1500-yilda Kastiliyaga qaytib keldi. 4-ekspeditsiyasida (1502-1504) Kolumb 4 kema bilan 1502-yil 12-iyunda Martinika orollariga keldi. Undan Gonduras qo’ltig’iga suzib, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika va Panama sohillarini kashf qildi. 1504-yil 7-noyabrda Kastiliyaga qayitib keldi. Kolumbning kashfiyotlari yangi yerlarni mustamlakaga aylantirish, o’sha yerlarning indeyslar deb atalgan tub aholisini qul qilish vaqirib tashlash bilan birgalikda kechdi. Kolumbning birinchi bo’lib Amerikani ochganligi to’g’risida ilmiy adabiyotlarda munozara ketmoqda. Amerika rasmiy kashf etilishidan V asr ilgari Beruniy G'arbiy yarim sharda quruqlik bo’lishi mumkin, degan fikrni yozib qoldirgan. Shimoliy va Shimoliy-Sharqiy Amerikaga Kolumbdan avval normanlar borganligi aniqlangan, ammo Kolumb kashfiyotlaridan keyingina Amerikaqit'asi geografiya faniga ma'lum bo’ldi.

3-avgust Tarixda ilk bor Amerika suv osti kemasi "Nautilus” shimoliy qutbni zabt etgan kun
1958-yil 3-avgustda taixda ilk bor Amerika suv osti kemasi "Nautilus” shimoliy qutbni zabt etdi. "Nautilus” suv osti kemasi dunyoda birinchi bor atom suv osti kemasi bo’ldi. Yani energetik qurilmasi qurilmani hisobga olmaganda, kema oddiy qurilmaga ega edi. Kemani sinab ko’rish jarayonida ko’plab yuqori ko’rsatgichlarga erishildi, Suv ostida 1400 (mil) (2250) kmga 20 ta bog’lamdagi tezlikda 90 soatda bosib o’tdi. 1958-yil 23-iyulda suv osti kemasi maxfiy vazifani bajarishida sirli nur operatsiyasida gavanani Perl -Xarbor portida chiqdi. 1958-yil 3-avgustda birinchi bor "Nautilus” shimoliy qutbni suv osti kemasi orqali zabt etildi. Ushbu vazifani soat 11-15 da bajarildi, vazifa bajarilgani bo’yicha bildirishnomani kema komandiri Uilchm Andersen 116 kishilik ekipaj a'zolariga e'lon qildi. 1958-yil may oyida "Nautilus” birinchi bor, "Portmust” nomli harbiy-dengiz kemalarini qayta ta'mir qilinadigan korxonaga qayta ta'mir uchun hamda atom yadro yoqilg’isini qayta to’ldirish uchun keltirdi. 1960-yil kema ta'miri tugagandan so’ng Oltinchi Amerika flotining ro’yxatiga kiritildi va O’rta Yer dengizida birinchi bor atom lodkasi bo’lib qoldi. Keyingi yillarda "Nautilus” kemasi turli harbiy-dengiz o’quv sinov dasturlarida ishtirok etildi. Uning so’ngi safari 1997-yil 26-mayda bo’ldi. 25 yillik xizmatdan so’ng, 1980-yil mart oyida kemalar floti tarkibidan chiqarildi. Hozirgi kunda suv osti kemasini Amerikani Graton portida xotira sifatida bog’lab qo’yilgan.

3-avgust Temir yo'lchilar kuni
Temir yo’lchilar kuni qadimiy bayramlardan  biri hisoblanadi. 19 asrdan boshlab  ushbu bayram har yili аvgust oyining birinchi haftasida nisholanadi. Temir yo’llar har bir davlat hayotida har doim muhim rol o’ynagan. Ular asosiy shaharlarni bog’lab turadigan transport vositasi bo’lganlar va bo’lib qoladilar. 1896-yildan Rossiyada ilk temir yo’llarni qurishni boshlagan imperator Nikolay I ning tug’ilgan kuni munosabati bilan qabul qilingan. Ilk temir yo’l Sankt-Peterburgdan Moskva yo’nalishi bo’yicha qurilgan. 1917-yilda bu bayram deyarli 20 yilga unitiladi. Keyinchalik bayramni avgust oyining ilk yakshanbasiga o’tkazishadi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar