Yuklanmoqda...

25-may Bolgariyada "Atirgullar festevali" kuni


Bolgariyada atirgullar alohida o’rin egallaydi. Stara tog’larining janubiy vodiylarida avvaldan moyli atirgullar o’stirilib, undan butun dunyoga taniqli atirgul moyi tayyorlangan. Shuning uchun atirgul mamlakatning asosiy ramzi hisoblanadi va har yili atirgullar festivali o’tkaziladi. Atirgullar haqida juda ko’p qo’shiqlar yaratilgan. Bolgar xalqining yozgi milliy marosimlarining belgisi sifatida doimo xizmat qiladi. Bolgariyaning atirgul yog’lari o’zining sifati bilan butun jahonga mashhur. Birinchi atirgullar festivali 1903-yilda Karlova shahrida o’tkazilgan. Keyinchalik bu bayram Bolgariya shuningdek ko’pgina chet el turistlarini o’ziga jalb qiluvchi Karlova va Kazanlik shaharlarining asosiy bayramlaridan biri bo’lib qoldi.

25-may Buyuk Britaniiyada bahorgi dam olish kuni
Buyuk Britaniyadagi bahorgi dam olish kuni har yili may oyining oxirigi dushanba kuni nishonlanib, bahorgi bank dam olish kuni deb ataladi. Shuningdek, bu kunni bahor kuni deb ham atashadi. Bayram oldi kunlari Angliyada uylar va ko‘chalar bahorgi gullar bilan bezatiladi. Shuning uchun bu bayramni gullar bayrami deb ham atashadi. Ertalabdan ko‘chalarda maskarad kiyimlarida gullar va gullagan daraxt shohlarini ko‘tarib, namoyishlar o‘tkaziladi. Kunduzi va kechqurunlari bayram xalq sayillariga aylanib ketadi. Bayramning tarixi o‘rta asrlarga borib taqaladi. O‘sha davrda bu bayram kunlari xalq og‘zaki ijodi qo‘shiqlari kuylangan,  raqslari ijro etilgan va komondan o‘q otish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan. Rivoyatlarga ko‘ra aynan shunday musobaqalardan birida Robin Gud asirga olingan.

25-may Rossiyada tulenlar turkumiga kiruvchi Nerpenka kuni
25-may kuni Baykal qirg’oqlarida ajoyib ekologik bayram-Nerpenka kuni nishonlanadi. Birinchi Nerpenkalar kuni 25-may 2003-yil Irkutskda o’tkazilgan. Avval mintaqaviy harakterga ega bo’lgan, keyinchalik Rossiyaning ko’pgina regionlarida ekologik sana kalendariga kiritildi. Nerpenka kuni-bolalar va o’smirlar ekologik loyihasidir. Oxirgi payitlarda bu hayvonlarning terisidan tayyorlangan narsalarga talab ortib bormoqda. Shuning uchun bu loyihaning maqsadi-Nerpa va ularning bolachalarini muhofaza qilishdir. Bu bayramni o’tkazish haqidagi taklifni Irkutsk shahridagi "Yosh liderlar maktabi” tashkiloti valantyorlari kiritdilar. Bayramning asosiy vazifalaridan biri o’sib kelayotgan yosh avlodni Baykal tabiatini asrab-avaylash, tirik jonivorlarga nisbatan mehr-muruvvatli bo’lishdir. Bu kun turli shaharlarda mavzuli aksiyalar, ko’rik-tanlovlar "Men yashashni istayman!”, "Meni himoya qil”, "Tirik Nerpa shapkadan a'lo” shiorlari ostida rasmlar ko’rgazmalari otkaziladi.

25-may So‘nggi qo‘ng‘iroq kuni
So‘ngi qo‘ng‘iroq - maktabni bitirayotgan o‘quvchilar ananasi, bayram. O‘zbekiston va boshqa MDX mamlakatlarida 25-may kuni nishonlanadi. Bayram o‘quv yili tugaganida, lekin bitirish imtixonlaridan avval o‘tkaziladi. So‘ngi qo‘ng‘iroqda bitiruvchilar o‘qtuvchilar va ota - onalar ishtirok etishadi. Tadbirda mehmonlar, maktab direktori, ilk o‘qtuvchilari, ota - onalar, birinchi snif o‘qtuvchilari tabrik aytishadi. 9-sinfni yakunlayotgan bitiruvchilar oq yo‘l va muvaffaqiyat tilab nutq so‘zlashadi. So‘ngi qo‘ng‘iroq tadbirida bitiruvchilar maktab formasini kiyib kelishadi. Bitiruv kechasidan farqli o‘laroq, so‘ngi qo‘ng‘iroq bayrami kuni bitiruvchilar "Bitiruvchi - yil” (masalan "Bitiruvchi - 2017-yil”) yozuvli lenta va kichik qo‘ng‘iroqlar yoki qo‘ng‘iroq shaklidagi belgilarni taqishadi. Tadbir davomida ramziy so‘ngi qo‘ng‘iroq chalinadi. Odatda biror bitiruvchi yelkasida qo‘lida maktab qo‘ng‘irog‘ini ushlab olgan birinchi snif o‘quvchisini o‘tkazib, davrani aylanib chiqadi. Ba'zan bitiruvchilar havoga havo sharlarini uchirishadi va valsga tushishadi. Bitiruvchilar maktab bilan xayrashib turli xil qo‘shiqlar ham ijro etishadi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar