Yuklanmoqda...

15-aprel Ekologik bilimlar kuni


Har yili dunyoning ko’plab mamlakatlarida Ekologik bilimlar kuni nishonlanadi. Bu kun 1992-yil Rio-de-Janeyro shahrida o’tkazilgan BMT konferensiyasida atrof-muhit muammolari  muxokama qilinganida, insoniyatning xayoti va  barqarorligi,  uchun  butun dunyo aholisi o’rtasida ekologik  tarbiya  katta ahamiyatga egaligi ta'kidlandi. Bu bayramning asosiy maqsadi-ekologik bilimlarni oldiga surish, aholida ekologik madaniyatni rivojlantirish,  jamiyatni ekologik havfsizligi xaqida  ma'lumotlantirish, hamda xar bir fuqaroni ekologik fikr yuritishda tarbiyalash va tayyorlash. Bu masalani muhimliligi xech kimni shubhalantirmaydi va qator mamlakatlarda tarbiya va  ta'limning asosiy yo’nalishlaridan xisoblanadi. Atrof-muhitni asrash, aholini ekologik madaniyatini shakllantirish yo’lidagi faoliyatlar - insoniyat kelajagi garovidir. "Ekologiya” termini (grek so’zi «oikos»-uy, «logos»-fan ) ilk bor 1866-yili nems biologi Ernstom Gekkelem tomonidan kiritildi. Bugungi kunda ekologiya - organizmlarni o’zaro va atrof-muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o’rganadigan fan. Insoniyatni kun sayin o’sib borayotgan extiyojlari  va sayyoramizda kamayib ketayotgan  imkoniyatlari o’rtasidagi muvozanatni  ushlab turish, tabiatni muhofaza qilish uchun  xar birimiz ekologik bilimlarga ega bo’lmog’imiz zarur.  Ekologik ta'lim va bilim, tabiat muhofazasidagi muammolarni yechimi  usuli sifatida  xalqaro tan olindi. Bizning davlatimizda ham ekologik tarbiya va ta'lim umum ta'lim muassasalarining asosiy yo’nalishlaridan biri xisoblanadi, Sayyoramiz kelajagi o’sib kelayotgan avlodning  ekologik madaniyatiga bog’liq. Global ekologik muammolarni  davlatlararo va dunyo miqyosida  birgalikda yechish mumkin, ammo yashab turgan joyining ekologiyasini yaxshilash har bir inson vazifasidir. Ushbu kunda umumta'lim muassasalarda davlat idoralari, ommaviy axborot vositalari xamkorligida turli tadbirlar o’tkaziladi. Ekologik madaniyatni  odamlar ongiga singdirish-kelajak avlodni sog’ligini saqlash garovidir.

15-aprel "Titanik” topilmalari Germaniyadagi muzeyi ochilgan kun
2014-yil Germaniyaning Shpayer shahridagi Pfalts tarixiy muzeyida "Asl buyumlar, chin hikoyalar” nomli muzey 15-aprelda ochildi, unda 100 yil avval cho‘kib ketgan afsonaviy "Titanik” paroxodiga tegishli 250 ta topilma namoyish etilmoqda. Eksponatlar orasidan ko‘zoynaklar, seyf eshiklari, umivalnik, halokatni aks ettiruvchi fotosuratlar joy oldi. Shuningdek tashrifchilar turli klassdagi kayutalar interyerlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi: birinchi klass kayutalari shoyi oboylar bilan qoplangan, ularning eng qimmati bugungi kunda 80 ming yevroga baholanadi. Uchinchi klass kabinalari esa oddiy oq bo‘yoq bilan bo‘yalib, ikki qavatli karavotlar bilan jihozlangan. "Titanik” layneri 1912-yil 15-aprelga o‘tar kechasi aysberg bilan to‘qnashib ketib halokatga uchragan, natijada 2,2 ming yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining 1,5 ming nafari nobud bo‘lgan. Halokatga uchraganlarga bag’ishlab ushbu muzey ochildi.

15-aprel Universal bilim sohibi Leonardo Da Vinchi tavallud topgan kun
Leonardo Da Vinchi 1452.15.04, Vinchi, Florensiya yaqinida - 1519.02.05, Turen, Fransiya) - Universal bilim sohibi, serqirra ijodkor va kashfiyotchi, Leonardo da vinchi Italiyadagi uyg’onish davrining eng buyuk arboblaridan edi. Uning otasi badavlat shaharlik bo’lib, onasi oddiy dehqon qizi edi. Leonardo da vinchi har tomonlama qobiliyatli kishi edi – u daho rassom va olim, muhandis – ixtirochi, arxitektor va haykaltarosh, musiqachi va shoir edi.Leonardo da vinchi bolalik chog’idan boshlab o’zini hamisha ishtiyoq bilan mehnat qilishga, mehnatni sevishga odatlantirdi. Qiyinchiliklar uning irodasini buka olmasdi – uchragan qiyinchiliklarni yengish uchun u o’zida kuch-quvvat topardi. U o’z shogirdlariga: "Baxt qunt bilan ko’p mehnat qilgan kishiga keladi” – deb aytardi.Rassomlik san’atini Leonardo da Vinchi san’atning asosiy turi deb hisoblar edi. U rassomlik san’ati yordamida odamlar dunyoni bilib oladi deb, bu san’atga tadqiqotchi sifatida yondashar edi. Buyuk olim inkivizitsiyaning g’azabiga uchrashidan qo’rqmay, yashirin ravishda murdalarni yorib ko’rardi; u rasmlarda odamning gavdasini to’g’ri tasvirlash uchun uning tana tuzilishini bilib olishga harakat qilardi. Leonardo da Vinchi chizgan rasmlarida uning o’zi sevgan va kuzatgan hayot tasvirlangan. U uzoq- uzoq vaqt ko’cha va chorrahalarda yurib odamlarni diqqat bilan kuzatar va ularning rasmini naturadan (o’ziga qarab) chizardi. Bu rasmlarda odamning tana harakati, ularning xafalik yoki shodlik alomatlarini juda ustalik bilan tasvirlardi va bu rasmlar odamni o’ziga jalb etardi.Leonardo da Vinchi yorug’likning soyaga aylanishini eng nozik, sezilar –sezilmas farqlarini g’oyat yuksak mahorat bilan aks ettirardi. Uning chizgan chizgan rasmlarida narsalarning tashqi ko’rinishi xiraroq rang bilan yumshatilgan. U tasvirlagan narsalarining hajmi haqidagi taassurotga ularning yorug’ va soya joylarini muvofiq rangda aks ettirish bilan erishardi. Buning natijasida rasm xuddi asl qiyofasidek ko’rinardi.Leonardo da Vinchi rassom sifatida hamma narsadan ko’ra ko’proq kishilarga va ularning ruhiy kechinmalariga ko’proq e’tibor berardi. Leonardoning chizgan rasmli "Mona Liza” (yoki"Jokonda”) – shaharlik yosh juvon portreti butun jahonga mashhurdir. Rassom bu rasmda yosh juvonning faqat tashqi qiyofasinigina emas, balki xarakterini, kayfiyatini ham juda yaxshi aks ettirgan.Leonardo da Vinchi o’z ilmiy kashfiyotlari va farazlari bilan o’z zamondoshlarida ancha oldinga o’tib ketdi. U kuzatishlar asosida ilmiy xulosalar chiqardi. U ko’proq "Donishmandlik – tajriba mahsuli” deb o’z shogirdlariga uqtirardi. U shunday der edi: "Hayotda mehnat qilgan insonga samarali o’lim nasib etadi, xuddi kun bo’yi ishlab samarali uyquga ketgan kishidek”.Matematikaga asoslanmagan har qanday ilm safsatadir” U dengiz suvining ko’tarilishi va pasayishini, qushlarning uchishini kuzatardi, ko’zning tuzilishini o’rganardi. U asosan, tabiat o’ta murakkab biror qonun asosida yartilgan va uni boshqarayotgan qandaydir kuch mavjud deb bilardi.Leonardo da Vinchi fan yordami bilan kishilarning mehnatini yengillatishni orzu qilardi va bu borada ko’p ishlarni amalgam oshirdi. Zamondoshlari unga muhandisligi uchun ham yuksak baho berardilar: uning loyihasiga binoanMilan shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan kanal qurildi, ko’priklar qurildi. Leonardoning yozuv daftari turli rasmlar va chizmalar bilan to’la edi. Bu daftarlarda: tokarlik va to’qimachilik dastgohlari ham, ip yigirish charxi ham, yer kovlagich mashinalarini ham, turbinalar va yuk ko’targich asboblarni ham ko’rish mumkin. Leonardo da vinchi parashyut va vertolyot, suv osti kemasi va g’avvoslar kiyimi loyihasini tuzgan.Leonardo da Vinchi oriyatli zo’r va mustaqil fikrli kishi bo’lgan. O’z davridagi amaldorlarning va rahbarlarning adolatsizligi Leonardoga yoqmagan. Chunki u haqqoniylikni sevardi, haqiqatparvar edi. Shu sababdan bo’lsa kerak, U butun umr bo’yi sarson –sargardonlikda yurib, begona yurtda, Fransiyada vafot etdi. 

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar

kodni yangilash