2-may Ekologik ta'lim kuni
Rossiya va sobiq MDH mamlakatlarida 2-may kuni ekologik ta'lim kuni bayramini o’tkazishadi. Ushbu kun 1991-yilda, ekologik bilimlarni barcha fanlarda va inson faoliyati hamma sohalarida dolzarb qilish maqsadida ta'sis etilgan edi. Shu kungi shahar va qishloqlarda har xil ma'rifiy va amaliy harakterdagi ekologik aksiyalar o’tkaziladi: ko’rgazmalar, konferensiya va tabiatni saqlash mavzusida bolalar ijodikonkurslari, odamlar tabiatni saqlash tadbirlarda qatnashadilar - daryolarni va suv xavzalarining qirg’oqlarini tozalash, dam olish bog’larini tozalash, hududlarni ko’kalamzorlashtirish. Bu bayram tabiatni asrash g’oyalarini ilgari suruvchi har bir odamga ta'luqli. Ekologik ta'lim muhimligining bahosini oshirib yuborish qiyin. Aynan ekologik bilimlar tabiatga nisbatan halokatli odatlar qanday katastrofikholatlarga olib kelishi mumkinligini insoniyatga anglatadi, shunga o’xshash oqibatdan qanday qochibqutilish mumkinligini ham. Ekologik ta'limning oliy mo’ljali - ekologik madaniyatni shakllantirish. Sayyorada ilmiy-texniikaviy taraqqiyotning rivojlanishi natijasida paydo bo’layotgan ekologik muommalardan tashvishlanganlik birinchi marta dunyo jamoatchiligi vakillari 1972-yilda Stokgolmda o’tgan 1992-yil iyunda Rio-de-Janeyroda BMTning atrof muhitga tegishli ikkinchi o’xshash anjuman xalqaro konferensiyasi chaqirildi, unda boshqa masalalar qatorida ekologik ta'limni tarqatish zarurligihaqida savol ko’tarildi. Dunyoning ko’pchilik mamlakatlari boshliqlari, shu jumladan Rossiyaning ham, odamzodning turg’un rivojlanish bo’yicha qarashlar tizimini amalga oshirish dasturini qabul qilishdi, unda ekologik ta'limga muhim rol ajratiladi.
Bugungi kunda ekologik maorif Rossiyada birinchi darajadagi ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Umumiy majmuaviy ekologik ta'lim tizim bilan tanishish maktabgacha yoshdan boshlanadi va oliy ma'lumot ilmgohlarida davom etmoqda, ekologiya sohalari mutaxasislarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ixtisoslikni oshirishgacha. Bundan tashqari ekologik bilimlar aholiga OAV (gazeta, telekursatuvlar, internet) orqali yetkazilmoqda, hamdahar xil loyihalarning yordamida, qaysiki muzeylar, kutubxonalar, tabiatni asrash muassasalari, sport va sayohat uyushtiruvchi tashkilotlar amalga oshiradilar.
2-may Ispaniyada Madrid kuni
2-may kuni ispanlar o’z poytaxtlarini-Madrid kunini nishonlaydilar. Madrid-Ispaniya poytaxti, Madrid provinsiyasining va Yangi Kastiliya tarixiy viloyatining bosh shahri. Madrid ilk bor qo’lyozmalarida 932-yilda qayd etilgan. Madrid ornida X asrda mavirlarning Majirit nomli qal'asi bolgan. 1083-yilda arablardan ozod etilgan va 1118-yildan erkin shahar huquqi berilgan. XIV-XV asrlarda Kastiliya qirollari қarorgohi bo’lgan. 1561-yildan Ispaniyaning rasmiy poytaxti. Madrid - xalqaro turizm markazlaridan biridir. Universitetlar, Mariya Kristina qirollik kollegiumi, konservatoriya, san'atshunoslik va boshqa o’quv muassasalari, Qirollik akademiyasi, ilmiy tadqiqot institutlari, astranomiya rasadxonasi, botanika bog’i, kutubxonalar, Prado muzeyi, Milliy arxeologiya, san'at va boshqa muzeylar bor. Metropoliten qurilgan. Me'moriy yodgorliklardan yeposkop kapellasi (1520), Plaza Mayor ansambli (1619), qirol saroyi (1738-1764), cherkovlar, ratusha (XVII-XVIII asrlar) va boshqalar saqlangan. Bugungi kunda Madrid dunyodagi eng chiroyli poytaxtlardan biri hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, Madridni qadimiy yodgorliklar va qasrlar shahri deb tasvirlasa bo’ladi. Ularning koplari may oyida tashrif buyurgan turistlarga ochiladi. Bu kun an'anaviy harbiy parad bilan kuzatib boriladi. Ushbu paradlar Malasaniyada, Puerto-del-Sol va Plaza-de-los-Mayo maydonlarida o’tkaziladi. Bundan tashqari bu bayramda turli xil tadbirlar, shu qatorida konsertlar va teatrlashgan sahna ko’rinishlari o’tkaziladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.