14-sentyabr Хаlqaro turnalar kuni 

3 634

Turnalarning bir xil turlari Qizil kitobga kiritilgan. Kuz faslining birinchi oyi ekologik bayramlarga boy bo'lib sentyabrning ikkinchi yakshanbasini planeta bo'ylab 14-sentyabr kuni xalqaro laylaklar kunini nishonlaydi. Ekolog olimlar yo'qolib ketayotgan amerikalik turnalarni saqlab qolish uchun ularning tuxumlarini laylaklarning boshqa turlariga qo'yib ko'paytirish chorasini topishdi. Ushbu yo'l bilan qutqarilgan qushlar tuxumlashga borishi, yangi ekologik bayram bo'lib nishonlashgan, turnalar o'zlari esa tabiatni qo'riqlovchi timsol sifatida muhrlanib qoldi. Ushbu bayram kunining tashkilotchilari Bonna konvensiya (yovvoyi hayvonlarning turlarini migrasiyasini himoyalash bo'yicha konvensiya) kotibiyatining ko'magidagi Yevrosiyo turnalari bo'yicha tuzilgan ishchi guruh, Sterx (Sibir oq laylagi) himoyasi va uning yashash joyi bo'yicha yirik ekologik fond, Rossiya qushlarini himoyasi uyushmasi ishtirokida turnalar muhofazasi xalqaro fondi. Bayram turli davlatlarda festivallar, aksiyalar, konkurslar va foto ko'rgazmalar, turnalarga bag'ishlangan ekskursiyalar bilan o'tkaziladi.

14-sentyabr Xalqaro sartaroshlar (parekmaxer) kuni
Har bir ayol biladiki qo'li gul usta stilist-parikmaxerni topish o'ta muhim. O'z ishining ustasi bo'lgan parikmaxer (sartaroshni) ismi o'zgacha tilga olinadi. Axir har qanday ayolni qirolichaga aylantira oladigan "aynan o'sha” sartoroshni topguncha necha bor soch kestirib omadsizlikka uchrash mumkin. Ammo qo'li gul sartoroshlarning kasb bayrami qachonligidan xabaringiz bormi?

 Xalqaro sartarosh (parikmaxer kuni) bilan sartaroshingizni 14 sentyabr kuni tabriklashingiz mumkin. Avvallari bu uncha muhim kasb hisoblanmas edi. Achinarlisi shuki, aslida, eng yaxshi soch turmagini to'g'ri va aniq tanlash uchun klient (mijoz) sochining xususiyati, va rangi, yuzi hamda umumiy ko'rinishini hisobga olish kerak. Bu ishda fantaziya ham muhim. Shuning uchun ham parekmaxerlar kuni Yevropada ayniqsa Angliyada keng nishonlanadi. Aynan Angliyada rasmiy sartaroshlar o'zlarining eng yaxshi ishlarini turli konkurs va bellashuvlarda ko'rsatishadi.Xalqaro parekmaxerlar kuni yaqindan beri Amerikada ham mashhur bo'lib bormoqda chunki eng zamonaviy sartaroshlar (oxirgi) shu davlatdan bo'lib bizni oxirgi yillarda yangi obrazlar (ko'rinishlar) bilan xursand qilib kelmoqdalar.

14-sentyabr Buyuk Britaniyada baxmal ayiq kuni
Buyuk Britaniyada 14-sentyabr - baxmal ayiq kuni nishonlanadi. Har yili Angliyaning eng nufuzli markazlaridan biri sanalgan Londonning Kensington tumanida, juda g’aroyib sanalgan, baxmal ayiqlar festivali o’tkaziladi va u mashhur bo’lgan, qadimiy  Angliyaning  ramzi hisoblangan Teddy Bear ayig’iga bag’ishlanadi. Ishtirokchilar (ularni tantanali "ayiq ijodkorlari” deb atashadi) o’zlarining baxmal ayiqlarga bag’ishlangan mualliflik ijodlarini, ya'ni, 170 ga yaqin stendlar, minglab ishtirokchilari bilan qatnashadilar. Festivalda faqatgina yoqib qolgan baxmal ayiqni sotib olmasdan, balki, ozgina yaroqsiz bo’lib qolgan ayiqni ta'mirlash va shaxsiy ayiq yaratish uchun turli qismlar (ko’z, dum, panja)lar sotib olish imkoniyati ham bo’ladi. Kirish chiptasi 4 funt (taxminan 8 dollar)ni tashkil etadi va kirishga juda uzun navbat bo’ladi. Festival juda qiziq va maroqli o’tadi. Ishtirokchilar qiziqarli ma'lumotlar bilan ketishadi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.