9-aprel Xalqaro Rassomlar bayrami kuni 

2 825

YUNESKO ning Parijdagi bosh qarorgohida Xalqaro Rassomlar bayrami 9-10-aprel kuniga bag'ishlangan ikki kunlik tadbir bo'lib o'tadi. Rassomlar bayrami kunini o'tkazishdan maqsad uyg'onish davrida Italiyada (Jotto, Mazachcho, Leonardo da Vinni, Rafael, Mikelanjelo va boshqa) grajdanlik ruhidagi chuqur realistik devoriy rasmlar asarlari yaratgan insonlarni xotirlash. Rassomlar bayrami kuni bir yilda faqat haftaning dushanba kunlari ya'ni 9 va 10-aprel kunlari dunyo bo'ylab bo'lib o'tadi va ushbu sana rassomlari o'z kasbdoshlarini tabriklashadi va ustoz rassomlarni ko'rgani borishadi, shu kuni tongdan to kun botgunga qadar bayram va ko'rgazmalar bo'lib o'tadi.

9-aprel Amerika Qo’shma shtatlarida otalar bayrami
XX asrdan beri har yili 9-aprelning 1-yakshanbasida Amerika Qo’shma shtatlarida otalar bayrami nishonlanadi. Bayramni nishonlashdan maqsad oilada bola tarbiyasida otaning ro’lini ko’rsatish. Bayramni nishonlash fikri taxminlarga ko’ra amerikalik Sapore Smart Doddga tegishli, uning otasi 6 ta bolani bir o’zi katta qilgan. Ona bo'lish oson emas, lekin ota bo'lish ham katta ma'suliyatli ishdir. Ayol ona bo'lgach, jismonan o'zgaradi. Erkak esa ota bo'lganidan keyin ma'naviy jihatdan o'zgarishi kerak. Otalik faqat quvonch va g'urur emas. Otalik - bu ortiqcha harakat, yoqimli tashvish va notinch kechalar ham. Ota-ona bolani birgalikda yaratadi, demak uning tarbiyasi va parvarishi ham ikkovining vazifasidir. Ona tug'ruqxonadan qaytgach juda jismonan va ma'naviy tomondan zaif bo'ladi. Uning kuchi tiklanishi uchun 1-2-5 oy vaqt kerakligi tibbiyot tomonidan tasdiqlangan faktor. Unga og'ri ko'tarish, ortiqcha kuch sarflash, ko'p harakat qilish mumkin emas. Chunki ona tuqqandan so'ng organizmi yaxshilab tiklanib olmasa keyinchalik bu turlicha kasalliklarida, doimiy bel og'rish, bosh og'rishi, bolaning asabiy bo'lishi va ko'krak sutini bolaga yetmasligida namoyon bo'ladi. Charchagan ona organizmi yetarli miqdorda sut yetkazib bera olmaydi, sutning yo'qolishini esa hech narsa bilan to'ldirib bo'lmaydi. Tabiiyki, bunday vaqtda ota bolani parvarish etishda bevosita ishtirok etishi lozim. U birinchi navbatda go'dakni toza kiyim bilan ta'minlash, bolani xotini bilan birgalikda cho'miltirish, yangi onani vitaminga boy, to'yimli oziq-ovqatlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish, kerak bo'lsa chillalik chaqaloq kirlarini yuvish va ovqat tayyorlashi kerak bo'ladi. Undan tashqari ota birinchi kundanoq bolani yo'rgaklashni o'rganishi kerak. Bolani ayrim vaziyatlarda uxlatish ham otaning vazifasiga kiradi. Kechasi bilan ko'p uyg’ongan bolaning onasi kunduzi holi qolmay tez charchab qoladi. Shunda unga dam olishi uchun imkoniyat berib otaning o'zi bolani uxlatib berishni bilishi kerak. Buning uchun bola bilan ko'proq muloqotda bo'lish, bolani ko'p ko'tarib yurish kerak. Bola bilan qancha oldinroq yaqin bo'lsangiz uni tilini va ehtiyojlarini shuncha oson tushuna olasiz. Emizikli ona ayolligicha qolaveradi. Shuning uchun siz ayolingizga o'ziga qarashi uchun imkoniyat yaratib berishingiz lozim. Bu unga birinchidan yaxshi kayfiyat bersa, ikkinchidan uni asablarini tinchlantiradi. Siz esa yoningizda ajoyib ona va go'zal ayol bor ekanligidan quvonib yashaysiz. Undan tashqari ayol ona bo'lganida erkakning e'tiboriga yanada ko'roq zor bo'ladi. Unga beradigan mehringiz va e'tiboringiz sizni ham, ayolingizni ham, qolaversa chaqaloqni ham yutuqda qoldiradi. Bolaning chaqaloqligidan unga ma'suliyatli, mehribon va e'tiborli ota bo'lsangiz farzandingiz katta bo'lganida sizga o'z sirlarini aytib, sizni eng yaqin do'sti va ishonchli insoni deb qabul qilganidan baxtli bo'lib faxrlanib yurasiz. Amerika Qo’shma shtatlarida Otalar bayrami yilda bir marta bo’lib o’tadi,bayram ko’pgina davlatlarda nishonlanadi.

9-aprel Telefon apparati o’ylab topilgan kun
Morzening birinchi telegrafi atigi… 14 qadamlik masofaga signal bera olardi. Hozir esa Siz xohlagan shahringizga telegramma jo’nata olasiz, olisdagi do’stingizning ovozini telefon orqali eshitasiz. Kosmik aloqa esa orbitada fazogirlar qanday ishlayotganligini ko’z bilan ko’rish imkonini beradi. Telefonning yaratilish tarixi nimadan boshlangan? Ota-bobolarimiz qadim o’tmishda yiroq masofalarga tirik inson ovozining aniq-tiniq yetib borishini orzu qilishgan. Biz gapirganimizda havoning tebranishi natijasida tovush to’lqinlari paydo bo’ladi. Ular quloq pardasiga uriladi va biz ovozni eshitamiz. Bunga asoslanib, qadimgilar karnayni o’ylab topishgan. Uning yordamida tovush tebranishi kerakli tomonga yo’naltirilgan. «Karnay uzunasiga cho’zilsa nima bo’ladi?» — o’ylab qolishgan ular. U holda trubka orqali bemalol gaplashilsa bo’ladi. Odamlar bunday apparatni yaratishdi va uni «akustifon» deb atashdi. Bunday apparatlar birinchi avtomobillarga o’rnatildi. Hozirda ham «trubkali» telefon kemalarda kapitan boshqaruvi bilan mashina bo’limi o’rtasidagi aloqa uchun xizmat qiladi. Lekin bularning hammasi ibtidoiy bir shakldagi aloqa usuli edi, biroq elektr yordamga kelganidan keyin ahvol o’zgardi. Axir havoning tebranishini avvalo elektr toki tebranishiga aylantirilsa, keyin, aksincha, elektr toki tebranishi havo tebranishiga aylantirilsa, tovush to’lqinlarini simlar orqali uzatish mumkin bo’ladi. Yangi telefon apparati F. Reys tomonidan ixtiro qilingan. Lekin bu apparat ham mukammal emas edi. Amerikalik ixtirochi Aleksandr Grexem Bell 1875-yilda 9-aprelda yanada qulayroq telefon apparatini o’ylab topdi. Oradan biroz o’tib esa telefon raqami teriladigan diska va mikrofon ixtiro qilindi. Parijda 1881-yildan 9-aprel bo’lib o’tgan Xalqaro elektrotexnika ko’rgazmasida telefon mojizaday bo’lib tuyuldi. Elektr aloqa shiddat bilan rivojlandi va tez orada barcha qit'alar son-sanoqsiz telefon aloqa liniyalari simlariga chulg’andi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.