21-aprel Xalqaro yorug'lik bayrami kuni 

2 213

YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Xalqaro yorug'lik bayrami 21-22-aprel kuniga bag'ishlangan ikki kunlik tadbir bo'lib o'tadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun tadbir ishtirokchilariga yuzlanib, Yorug'lik bayrami kunining o'tkazilishi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ilmiy hamkorlik va yangi texnologiyalar o'zlashtirilishiga imkon yaratishiga umid bildirdi. Yorug'lik bayrami kunini o'tkazish energiya ta'minoti, ta'lim, qishloq xo'jaligi va sog'liqni saqlash global muammolarini hal etishda yorug'lik texnologiyalari qanday ko'mak berishi haqida umumiy xabardorlikni oshirishga qaratilgan.

21-aprel televideniye ixtiro qilingan kun
Ma'lumki, televideniye ancha-muncha murakkab texnikaviy jarayondir. Uning manbalarini uzoq o’tmishdan izlash kerak bo’ladi. Ishonch bilan aytish mukinki, televideniyening taraqqiyotiga son-sanoqsiz odamlar hissa qo’shishgan. Ya'ni uni yolg’iz bir kishi tomonidan ixtiro qilingan deb bo’lmaydi. Televideniyening ixtiro qilinishiga olib kelgan voqealar zanjiri 1817-yilga, ya'ni shved kimyogari Yens Berseleus selen kimyoviy elementini kashf etgan davrga borib ulanadi. Keyinchalik, selen orqali o’tkazilgan elektr tokining miqdori selenga ta'sir ko’rsatadigan yorug’lik miqdoriga bog’liq ekanligi aniqlandi. Bu xususiyat «fotoelektr» hodisasi deb ataladi. 1875-yilda bu kashfiyot amerikalik ixtirochi G.Kerriga birinchi, hali takomillashmagan televizion qurilmani yaratish imkonini berdi, u buning uchun fotoelektr elementlardan foydalandi. Predmetning fokusini linza orqali fotoelektr elementlar bo’limiga to’g’riladi, natijada bo’limdagi har bir element cho’g’lanma lampaga o’tuvchi elektrning miqdorini o’zicha «nazorat qiladigan» bo’ladi. Predmetning xira ko’rinishi fotoelektr elementlarda aks etib, cho’g’lanma lampa sirtida gavdalanadi. Televideniye ixtirochiligida shundan keyin qo’yilgan qadam 1884-yil 21-aprelda Pol Nipkou ixtiro qilgan «kengaytirilgan tasvir»dir. Bunday tasvirga, bir tomondan, fotoelektr elementlar qarshisiga aylanib turadigan bir necha teshiklar ega diska hamda tomoshabin ko’z o’ngida aylanib turadigan yana bir diska yordamida erishiladi. Aslini olganda, bu ham Kerri ixtiro qilgan tuzilmaga o’xshashdir. 1923-yilda birinchi marta sim orqali tasvirni uzatishga erishildi, bunga Angliyada Berd va AKDPda Jenkins muvaffaq bo’ldi. Keyin televizion kameralar rivoji bobida ulkan odimlar tashlandi. Vladimir Zvorikin va Fil Farnsuort har biri o’zicha mustaqil ravishda «tasvir uzatuvchi trubka» deb nom olgan kameralarni yaratdilar. 1945-yilda bu ikkala trubka ham yanada takomillashtirilgan trubkalarga almashtirildi. Hozirgi televizorlarda «katod - nurli trubka» deb atalgan trubkalar ishlatiladi. Bu trubkalarda elektron pushka bo’lib, u ekran tasvirini, uzatuvchi televizion kameralardagi nurlar misoli, qayta nurlantirib nusxa ko’chiradi va natijada biz tasvirni ko’ramiz. Biroq ular turli mamlakatlardagi odamlar tomonidan hozirgi zamon televideniyesini bunyodga keltirish yo’lida naqadar har xil ixtirolar qilinganligi xususida umumiy tasavvur beradi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.