6-aprel Xalqaro shamollar bayrami kuni 

3 111

Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerikada Xalqaro Shamollar bayrami kuni 6-aprelda nishonlanadi. Mistral va musson kabi shamollarni hamma biladi. Xatto samum – kichik osiyo, arabiston va saxara cho'llarida birdaniga boshlanadigan chang to'fonini ham eslasak bo'ladi. Biroq har qanday dengiz sayyohi, shamollarning juda ko'p xillari borligini, va ularning barchasi o'z fasl va nomlariga ega ekanligini ayta oladilar. 
 
1-o'rin: Kok-ayd bob (inglizchada cock-eyed Bob), ya'ni g'ilay, mast Bob – Avstraliyaning shimoliy – g'arbida ayrim vaqtlarda (dekabr-aprel) bo'lib turuvchi yozgi jala nomi. 
 
2-o'rin: Tarvuz shamoli (Karpuz meltemi, Meltem) ushbu shamol Egey dengizi turk sohilida tarvuz pishishi davrida esadi. 
 
3-o'rin: Jungar darvozalaridagi o'ziga xos jungar "sunamisi” degan nomga loyiq bo'lgan shafqatsiz bo'ronga Shayton nomi berilgan. Hindiston va Pokistondagi qumli va changli bo'ronni ham shunday atashadi. Ushbu bo'ron qum qizib ketganidan paydo bo'ladi. 
 
4-o'rin: Seliger ko'lidagi Sharqiy shamol O'lik deb ataladi. 
 
5-o'rin: Doktor (inglizchada doctor) – bu yozgi salqinlantiruvchi dengizi shabadasi. Odatda u kunnduzi dim, shamolsiz va namlik yuqori bo'lgan vaqtda dengiz sohilida boshlanadi. 
 
6-o'rin: Bulutsiz osmonda to'lqinlarni ko'pirtirib yuboradigan shamolni – Oq shkval yoki Illyuminator deb atashadi. Shamol esishi unchalik kuchli emas, to'lqinlar ko'pigini va suv changini olib, dengiz tepasini oq ko'rinishga olib keladi. Ba'zan bu shamolni Oyna yoki Fonar deb atashadi. 
 
7-o'rin: Xotincha shamol – bu ravshan va iliq havo bilan birga keluvchi yengil kamchatka shamoli. Odatda kamchatka ayollari bunday shamolda kirlarini qurutgandilar. 
 
8-o'rin: Moasagotl (nemizchada Moazagotl) so'zma so'z tarjima qilinganda, "echki soqoli” degan ma'noni bildiradi. Bu shamol ham emas, bu tog' tizmalarida iliq shamol, fenning rivojlanishi paytida paydo bo'layotgan, havoning to'lqinli harakatlaridir. Huddi shunday, ushbu shamolar tufayli, tog'larning shamol esadigan tarafdan echki soqolini eslatadigan ko'rinishdagi paydo bo'lgan, bulutlar ham nomlanadi. 
 
9-o'rin: Ayron vind yoki Temir Shamol (inglizchada iron wind) Markaziy Amerikada fevral-aprel oylarida kuniga bir necha bor esadi. Ushbu shamol juda kuchli va yoqimsizdir. U shimoli-sharqdan esadi. 
 
10-o'rin: Plaksun - Arxangelsk dengiz bo'yidagi g'arbiy shamol. Plaksun ko'pincha yomg'ir yog'ishiga olib keladi.


6-aprel Dinozavrlarning zamondoshi topilgan kun 
Dunyo okeanlari tubida dinozavrlar paydo bo'lmasdan avval u yerni boshpana tutgan baliqni bugun ham uchratish mumkin. Ishonib bo‘lmaydi, ammo bu - haqiqat. 1938-yil 6-aprel kuni baliqchilar shu paytgacha hech kirn ko‘rmagan baliqni tutishgan. Olimlar hayratdan lol qolishgan: ularning qarshisida selakant balig'i turardi. Aynan ushbu baliqlardan suvda ham, quruqlikda ham yashovchi jonivorlar, keyinchalik esa barcha sutemizuvchilar va qushlar paydo bo'lgan. Selakant Yer yuzidan 70 million yil ilgari yo'qolib ketgan, deb hisoblanib kelinardi, ammo topilma bu nazariyani yo'qqa chiqardi.

 6-aprel Sirdaryo viloyatining Guliston tumani tashkil topgan kun.
Sirdaryo viloyatining Guliston tumani 1952-yil 16-aprelda tashkil etilgan. Viloyatning Sirdaryo, Boyovut, Sayxunobod, Mirzaobod, Sharof Rashidov tumanlari, Toshkent viloyatining Bekobod tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,35 ming km.kv. Guliston tumanida 1 shaharcha (Dehqonobod), 9 qishloq fuqarolari yig'ini (Beshbuloq, Zarbdor, Ko'nchi, Oltintepa, Oltin O'rda, Soibobod, Sohilobod, Chortoq, Humo) bor. Markazi - Dehqonobod shaharchasi. Tabiati. Guliston tumani Mirzacho'l tekisligining sharqida joylashgan. Yer yuzasi tekislik (o'rtacha balandligi 250 metr), lyossimon qumoq va qumloqlar bilan qoplangan. Iqlimi kontinental, Iyulning o'rtacha temperaturasi 28°, yanvarniki - 2° dan -4° gacha. Yiliga 200-300 milimetr yog'in tushadi. Grunt suvlari sho'r va sho'rtob. Tuman hududidan «Do'stlik» kanalining O'ng tarmoq va Chap tarmoq ariqlari o'tadi. Oqindi sho'r suvlarni chiqarib yuborish uchun kanal, ariq va zovurlar qazilgan. Sirdaryoning chap sohilida bahorgi toshqin suvlarining to'planishidan hosil bo'lgan Achchiqko'l bor. Tuproklari, asosan, bo'z tuproq. Sirdaryo soxili sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproklardan iborat. Mirzacho'l o'zlashtirilishi bilan dasht ekinzorlarga aylantirildi. Tabiiy o'simliklardan miya, yantoq, qamish, yulg'un, qiyoq kabilar ariq-hovurlar chetida, shuningdek, Sirdaryo Dehqonobod shaharchasidagi madaniyat saroyi yoqasida o'sadi. Chiyabo'ri, to'qay mushugi, bo'rsiq, qo'shoyoq, ko'rsichqon, kaltakesak va ilonlar uchraydi. Parrandalardan o'rdak, loyxo'rak, qirg'ovul, so'fito'rg'ay, chumchuq va boqalar bor. Axolisi, asosan, o'zbeklar; shuningdek, rus, koreys, tatar va boshqa millat vakillari yashaydi.

6-aprel Dunyodagi g‘aroyib bino qurib bitkazilgan kun
Dunyoda betakror iste’dodga ega insonlar juda ko‘p bo‘lgan. Ular butun umri davomida antiqa binolar va inshootlar barpo etishgan. Natijada esa, bizlar ularning ajoyib ijod asarlarini hayrat va zavq bilan tomosha qilishga muyassar bo‘lamiz. Noyshvanshtayn qasri- Avstriya chegarasi yaqinida, Germaniyaning Bavariya viloyati janubi-g‘arbida joylashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u qirol Lyudovik II ning romantik qasridir. Noyshvanshtayn - "yangi oqqush qoyasi” degan ma’noni anglatadi. Qasrning qurilishi 1869-yilda boshlanib, 1886-yil 6-aprelgacha davom etgan. Ushbu qasr Bavariya qirolining eng mashhur va haqiqatan ham afsonaviy qasri hisoblangan. Rassom-multiplikator Uolt Disney o‘zining mo‘jizakor kinostudiyasi va "Disneylend”ning ramzi sifatida aynan Noyshvanshtayn qasrini tanlagani bejiz emas.

6-aprel Tinchlik va ezgulikni rivojlanishi yo’lida Xalqaro sport kuni 
2013-yilning 23-avgust kuni BMTning Bosh Assambleyasi  hamjihatligida  6 aprel - Xalqaro sport kuni deb e’lon qildi. Kunning rasmiy nomi Tinchlik va ezgulikni rivojlanishi  yo’lida Xalqaro sport kuni (International Day of Sport for Development and Peace). Qaror  loyihasi  homiylariga   Belorussiya, Gruziya, Qozog’iston, Ruminiya, Rossiya, Serbiya va Makedoniya kirdi. Qarorda ta'kidlanishicha, BMT tizimidagi barcha xarajatlar dunyo hamjamiyati a'zolarining ixtiyoriy badallari orqali amalga oshiriladi. BMTning Bosh Assambleyasining yig’ilishida Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi  prezidenti Jak Rogge va "jahonning birinchi raketkasi” Novak Djokovich ishtirok etdilar. O’z ma'ruzasida Jak Rogge sport sohasida XOQ (Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi)  va BMTning xamkorlik an'analari mavjudligiga alohida etibor berdi. YUNESKO tomonidan sportni ommalashtirish - ta'lim vositasi  bo’yicha birinchi ishlar 1952-yilda o’tkazilgan.  Serbiyalik Novak Djokovich  kichkina mamlakatda tug’ilib o’sganligi, sport orqali katta muvofaqiyatlarga ega bo’lib dunyoning ko’plab mamlakatlariga tashrif buyurganligini aytib o’tdi.  Sport inson xarakterini chiniqtirishining  eng yaxshi usuli. "Ishonchim komilki, ta'sis etilgan Xalqaro sport kuni har birimizda o’z kuchimizni sportning asosiy qimmatbaho fazilatlari-odil o’yin, hamjihatlik, opponentga hurmat ko’rsatish bo’lib qoladi. Bu xar tomonlama yaxshi  fazilatdir ” deb ta'kidladi tennischi. Sport xamkorlik, birdamlik, chidamliylik, tushinish, maxalliy, milliy va xalqaro bosqichda ijtimoiy integratsiyani mustaxkamlaydi. Shu sababli BMT taklifiga binoan, davlatlar, BMT tizimidagi tashkilotlar va birinchi o’rinda sport tinchlik va ezgulikni rivojlantirish yo’lidagi BMT byurosini hamda xalqaro, regionga oid va milliy sport tashkilotlari, fuqarolar jamiyati, no'davlat tashkilotlar, xususiy sektor  va barcha qiziqishi bo’lgan tomonlarga Xalqaro sport kunini nishonlab, uning targ’ibini kuchaytirish lozim. Ta'sis etuvchilar g’oyasiga ko’ra, Xalqaro sport kuni  har yili 23-iyun kuni nishonlanadigan Xalqaro Olimpiya kuniga qo’shimcha bo’lib qoladi. Sport kunida  dunyo bo’yicha millionlab  kishilar turli sport musobaqalarida ishtirok etadilar.  

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.