2-aprel Xalqaro bolalar kitoblari kuni 

4 974

Jahonning ko‘pgina mamlakatlari 2-aprel sanasini Xalqaro bolalar kitoblari kuni sifatida nishonlashadi. Bu sananing ham o‘ziga xos tarixi bor albatta. 1967-yilda Xalqaro bolalar kitoblari kengashi 2-aprel sanasini bolalar kitoblari kuni deb nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Kitoblar olami insoniyatning nafaqat ma’naviy–ma’rifiy qarashlari, balki ongu tafakkurini, dilidagi ezgu xislatlarini, yaxshilikka yondoshgan fikru oylarini, orzu-umidlarini birlashtirib, hayot maydonining eng yuksak cho`qqisiga chorlab turadigan porloq mash’alaga oxshaydi. Uning har-bir sahifasi izlanishga, intilishga yangiliklar yaratishga chorlaydi.  Bu borada kutubxonalarning alohida xizmatlari tahsinga ta’kidlash joizdir. Yoshlarga ziyo tarqatib kelayotgan Respublika bolalar kutubxonasi ana shunday ezgu maqsadlarda aholi qatlamiga keng qamrovli va sifatli xizmat ko’rsatib kelayotgan muqaddas dargoh hisoblanadi.

2-aprel Kanadada "O’quvchi va talabalar” bayrami
2-aprel – Kanadada "O’quvchi va talabalar”  bayrami. 1987-yildan Yoshlar va Sport vazirligi tashabbusi bilan joriy etilgan, hamda  Kanada Prezidentining farmoyishi bilan mamlakatda Kanada yoshlarining 1-Forumi o‘tkazilgan. Forumda  mamlakatning barcha viloyatlaridan  2 mingga yaqin yoshlar tashkilotlaridan vakillar qatnashdilar. Forum davlat idoralari, yoshlar tashkilotlari, har bir yosh oldiga qo‘yilgan majburiyatlarni belgilab berdi. Kanadada 170ga yaqin yoshlar tashkilotlari ro‘yxatga olingan. Bu tashkilotlarning  oldiga qo‘yilgan eng muhim masala - yoshlarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha amalda tadbirlar o‘tkazish, hamda yoshlarning muammolarini tez va ijobiy hal qilish va yordam ko‘rsatishdir. 1-Forum Kanadada yoshlar bilan olib boriladigan ishlarni ancha jonlantirdi. 1988-yilda Kanada  Respublikasi Prezidenti  farmoyish imzoladi, unda Forum o‘tkazilgan kun 2-aprel – "O’quvchi va talabalar”  bayrami  -  deb e’lon qilingan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.