28-fevral Xristofor Kolumb oyning to‘liq tutilishini bilgan holda, Yamayka aborigenlarini aldab ketgan kun. 

1 779

Xristofor Kolumb - geografik kashfiyotlar tarixida katta iz qoldirgan shaxs. Mashhur sayyohlar orasida hayotining turli qirralarini yorituvchi asarlar soni bo‘yicha ham Xristofor Kolumbga teng keladigani kam topiladi. Chunki 1451-yilning kuzida Italiya shimolidagi Genuya shahrida tug‘ilgan sayyoh hayoti sir-sinoatlarga boyligi bilan haligacha turli sohalardagi tadqiqotchilar e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, jasur sayyoh Kolumb 55 yillik umrining to‘rtdan uch qismini dengiz sayohatlarida o‘tkazgan. Jumladan, u 1465-yilda dastlab Genuya flotiga yollangan bo‘lsa, 1470-yildan 1485-yilga qadar Portugaliya flotida xizmat qildi. U, asosan, savdo kemalariga yollanib, bo‘sh vaqtlarida xaritalar tuzish, tabiiy fanlarga oid bilimini oshirish bilan mashg‘ul bo‘lardi.

Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini topish uchun yana ispan hukumatidan ruxsat olishga erishgan Kolumb 1502-1504-yillar davomida 4 ta kemada o‘zining to‘rtinchi ekspedisiyasini amalga oshirdi. 1502-yilning yozida Martinika oroli va Gonduras qo‘ltiqlarini kashf etdi. Xuddi shu yerda birinchi bo‘lib qadimgi mayya sivilizatsiyasi vakillariga duch kelgan. 1502-yilning avgustidan 1503-yilning may oyiga qadar Markaziy Amerikadagi Karib dengizining 2000 km.dan ortiq masofadagi qirg‘oqlarini tekshirib chiqqan. G‘arbga o‘tish yo‘lini topmagach, sayyoh shimol tomonga suzdi. Ammo 1503-yilning iyun oyida Yamayka oroli yaqinida halokatga uchragan. 1504-yil 29-fevralda  oziq – ovqat zahirasini to‘ldirish uchun Yamayka oroli sohili qoshida  to‘xtaydi. Lekin aborigenlar uni dushmanlarcha kutib olishadi.Shunda astronomiyani yaxshi bilgan Kolumb ularni oyni berkitib qo’yaman deb qo‘rqitdi. Tunda to‘liq oy tutilishi yuz berdi. Bundan qo‘rqib ketgan indeeslar  tongda ekspedisiya kemasini barcha kerakli narsalar ta’minlab berishdi. 

28-fevral Andalusiya muxtor viloyati tashkil topgan kun.
1890-yilda Ispaniyada o‘tkazilgan referendum natijalari bo‘yicha Andalusiya muxtor viloyat maqomini olgan. Andalusiya – Ispaniyaning janubiy qismidagi muxtor viloyat Maydoni 87,3 ming km.kv. Ma’muriy markazi – Sevilya shahri. Ma’muriy jihatdan 8 provinsiya – Almeriya, Granada, Kadis, Kordova, Malaga, Sevilya, Uelva, Xaenga bo‘linadi. 
 
Eng yirik portlari: Sevilya, Kordova (Qurtuba), Malaga, Kadis. Yevropaning eng janubiy nuqtasi – Marroki burni Andalusiyada Andalusiya janubiy-g‘arbida Atlantika okeani (Kadis qo‘ltig‘i), janubiy-sharqda O‘rta  dengiz bilan o‘ralgan, janubda Gibraltar bo‘g‘ozi uni Afrika qit’asidan ajratib turadi. Gvadalkvivir daryosi havzasidagi Andalusiya pasttekisligi viloyat hududining aksari qismini egallagan. Pireney yarim orolining eng baland nuqtasi – Mulasen cho‘qqisi (3478 m) Andalusiyada joylashgan. Tog‘lar doim yashil o‘rmon va butazorlar bilan qoplangan. Bayram kuni ko‘pchilik aholi o‘z balkonlarini Andalusiya bayrog‘i bilan bezatishadi. Ba’zi shaharlarida, Malaga qishlog‘idagi maktablar "Madaniyat haftaligi” munosabati bilan yopiladi. Bayram arafasida juma kunida maktablarda an’anaviy andalusiya nonushtasi beriladi, nonushta zytunyog‘i qo‘yilgan non bo‘lagi va apelsin sharbatidan iborat. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.