19-fevral - Butunjahon kitlar va dengiz jonivorlari kuni


Butun dunyo bo‘yicha 19-fevral kunida "Butunjahon kitlar va dengiz jonivorlari kuni” nishonlanadi. Bu ekologik sana nafaqat kitlarning, balki bizning sayyoramizdagi barcha ummonlar va dengizlarda yashovchi barcha turdagi jonivorlarni himoya qilish kuni hisoblanadi. Bu kun 1986-yilda joriy qilindi.  Shundan so‘ng Xalqaro kitlar komissiyasi tomonidan kitlarni ovlash moratoriysi kuchga kirgan.Bu moratoriy hozirda ham faoliyat yuritmoqda va butun dunyo bo‘yicha kitlarni ovlash,hamda go‘shtini sotishni taqiqlab kelmoqda. Hozirgi kunda kitlarni ovlash faqat mahalliy aholi (aborigenlar)  ehtiyojini qondirish va ilmiy maqsadda Xalqaro kitlar komissiyasi a’zolari ruxsati bilan ovlash mumkin. Eng avvalo Kitlar kuni bu – keng jamoatchilikni, xukumat a’zolari  va butun insoniyatni barcha suv jonzotlarining  himoyasiga e’tiborini tortishdir.Hozirgi kunda bizning sayyoramizda suv jonivorlarining 119 dona turi saqlanib qolindi.Kitlar  va dengiz jonzotlarining shafqatsiz va jadal qirib tashlanishi  200 yildan beri davom etib kelishi natijasida ko‘plab turlarning yo‘qolib va kamayib ketishiga olib keldi.Vaholanki, ular – sayyoramimzdagi dengiz tarkibining tuzilishi bo‘yicha eng zo‘r indikatorlar hisoblanadi.Ular ekologik tizimning biologik aylanishini barqarorlashtirib turadilar. Shuning uchun bu jonivorlarning kamayib ketishi dengiz ekotizimining biologik maromining buzilishiga olib keladi.Axir har bir yo‘qolgan tur – bu qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishdir- hayvonot olamidagi barcha yo‘qotishlar – butkul yo‘qotiladi.Shunga qaramay, kit ovlash moratoriysi ish yuritayotgan bo‘lsa ham, kitlarni ovlash qonun tomonidan ta’qiqlangan bo‘lishiga qaramay, ko‘pgina mamlakatlarda bu hayvonlarni qirib tashlash to‘xtamayapti. Aksariyat insonlar o‘z hayotlari davomida aqlsizlik qilib tabiatga ziyon yetkazib kelmoqda.Masalan, baliqchilik anjomlari  dengiz jonzotlariga katta yo‘qotishlar olib keladi hamda neft qazib olish orqali  neft mahsulotlari okeanlarni ifloslantirmoqda. Bunday holat sayyoramiz kelajagiga befarq bo‘lmagan  barcha odamlarning va dengiz jonzotlarining himoyachilarini qoniqtirmayapti. Dengiz jonzotlarinig himoyasi uchun bu muammoga keng jamoatchilikning e’tiborini  jalb qilish kerak. Ko‘pgina mamlakatlarda bu jonivorlarni yoqtiruvchilar uchun klublar va jamiyatlar, ularning hayotiga hech qanday xavf solmaydi dengiz qo‘riqxonalari tashkil qilingan.Har yili shu kuni tabiatni qo‘riqlash guruhlari, ekologik tashkilotlar va jamoatchilik tomonidan kitlar va dengiz jonivorlarini himoya qilish maqsadida,  yo‘qolib ketish xavfi oldida turgan biron bir antiqa  jonivor turiga bag‘ishlangan turli aksiyalar, tadbirlar o‘tkaziladi.

19-fevral - Armanistonda "Kitob sovg‘a qilish kuni” bayrami
Birinchi kitob arman tilidagi  "Uzbatagirk” 1512-yilda Venesiyada nashr qilingan. Armaniston Yozuvchilar uyushmasining Qarori asosida 19-fevral kuni Armanistonda "Kitob sovg‘a qilish kuni” bayrami nishonlanadi. Bu an’ananing  tiklanishi haqida 2008 yilda e’lon qilinib, uning tashabbuschisi Armaniston  xukumati bo‘ldi. Aynan  shu sananing tanlanishining sababi, 1869-yilning 19-fevral kuni - buyuk arman shoiri va yozuvchisi, yirik jamoat arbobi Ovanes Tadevosovich Tumanyan tug‘ilgan.U yoshlikdan boshlab ijod qilgan, 1880-yilning o‘rtalarida ko‘pgina arman gazeta va jurnallari bilan hamkorlik qilgan.Tumanyan  unchalik katta bo‘lmagan, lekin turli - tuman badiiy meros qoldirgan, unda nasr va she’riyat, ertak va matal, lirika va ballada uyg‘unlikda qo‘shilgan. Xalq eposi uning ijodining eng cho‘qqisi hisoblanadi. Eng mashhur asarlaridan: "David Sasunskiy” (1902) ajoyib  qahramonlik eposining qayta ishlanishi, bir qator xalq ertaklari, afsona va balladalar, shulardan "Qo‘rqmas Nazar”,  "Xo‘jayin va ishchi”, "Axtamar”, "Kakku”, "It va mushuk”,  hamda xalq hayotidan olingan  poemalar  "Sako loriylik” (1889), ”Maro”(1887), "Anush” (1901-1902). Axir yaqin paytlargacha kitob eng kutilgan sovg‘alarning biri bo‘lgan... Hozirda respublikada bayram munosabati bilan kitobga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Armanistonda hozirgi kunda avvalgi an’analarni tiklab, kelajak avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini qaytarmoqchilar. Respublika bo‘ylab ommaviy o‘qishlar, ma’naviy-madaniy aksiyalar,arman yozuvchilari bilan kitobxonlar uchrashuvlari o‘tkaziladi va albatta, bu kuni har bir inson o‘zining yaqinlariga ajoyib sovg‘a – kitobni hadya etishlari mumkin. 

1992-yil 19-fevralda AQSh bilan diplomatik aloqa o‘rnatildi.
O‘zbekiston Respublikasi bilan AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy munosabatlar bir nechta hukumatlararo shartnoma va bitim asosida tartibga solib turiladi. Hamjihatlik haqidagi memorandum, Investisiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish haqidagi shartnoma, Savdo bitimi, Maslahatlashuvlar o‘tkazish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot, Konsullik munosabatlariga oid qo‘shma axborot asosiy hujjatlardir. O‘zbekiston AQShdan bug‘doy, xalq iste’mol mollari, asbob-uskunalar sotib oladi. Eksport asosan paxta tolasidan iborat. AQShdagi turli firma va kompaniyalarning O‘zbekiston bilan muvaffaqiyatli hamkorligi, delegatsiyalar almashuvi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga imkon beradi.

O‘zbekistonda bir qancha O‘zbekiston-Amerika qo‘shma loyihalarini amalga oshirishga kirishildi. Ular orasida eng yiriklari "Nyumont-Mayning” kompaniyasi tomonidan Zarafshon shahrida oltin ruda konidan foydalanish, "Interneshnl Telset, Ink.” Kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida kabel televideniesi tarmog‘ini yaratish va boshqarish loyihalaridir. Amerikaning firma va kompaniyalaridan "Barents grupp” kimyo sanoati sohasida, "Kellog” Ko‘kdumaloq koni uchun kompressor stansiyasi qurish, "AIG”, "Em-Si-Ay” turli sohalarda o‘zbekistonlik sheriklari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. "Zarafshon-Nyumont” O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi Qizilqum cho‘lida qisqa muddatda zamonaviy korxona barpo etdi.

Dunyodagi eng kuchli kompyuter kompaniyasi IBM esa O‘zbekiston bank tizimini kompyuterlash sohasida katta amaliy yordam berdi. Amerikaning IREX, ACCELS, Soros jamg‘armasi kabi muassasalari esa AQSh va Yevropaning ilmiy markazlarida O‘zbekiston uchun mutaxassislar tayyorlashga oid dasturlarni amalga oshirmoqda.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar

kodni yangilash


To Top