1851-yil 8-yanvarda Fizik Jan Bernar Leon Fuko Yer aylanishini yaqqol ko‘rsatuvchi asbob yasagan. 

2 544

1851-yil 8-yanvarda Fizik Jan Bernar Leon Fuko tungi soat 2 da ish jurnalida muhim ma’lumotni yozgan  – u yasagan asbob Yer aylanishini  yaqqol ko‘rsatgan.
 
Parijda o‘zining shaxsiy uyining yerto‘lasida tajriba o‘tkazayotib, fizik Jan Bernar Leon Fuko tungi soat 2 da ish jurnalida muhim ma’lumotni yozgan – u tomonidan yasalgan asbob (ilm tarixida Fuko mayatnigi deb nomlangan)  Yerning aylanishini yaqqol ko‘rsatgan. 5 kilogrammli latun shar ko‘rinishidagi juda oddiy agregat xona shiftiga 2 metrli temir simga osilgan. Bu sharning tebranish qismi aylanadi. Mayatnikning bunday holati uchun boshqacha asos yo‘q. Bu tajribaning asosida og‘ir buyumni osib qo‘yilishi orqali Yerning aylanishini ko‘rish mumkin. 3 fevral kuni Fuko Parij observatoriyasi akademiklariga o‘z mayatnigini namoyish qilgan, ularga shunday mazmundagi xatni jo‘natgan: "Sizlarni Yer aylanishini kuzatishga taklif etaman”.

1993-yil 8-yanvar – O'zbekiston avtomobil transporti ("O'zavtotrans”) Davlat aksiyadorlik korporasiyasi tashkil etildi.
 
Respublika mustaqillikka erishganidan keyin transportning xalq xo‘jaligiga va aholiga xizmat ko‘rsatishini tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida "O‘zbekiston avtomobil transporti” ("O‘zavtotrans”) davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tashkil etildi.

Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.

Respublika hududida barcha transport turlarining yuk va yo‘lovchilar tashish ishlarini maqbul holga keltirish, samaradorligini oshirish, kommunikasilarni jadal rivojlantirish, transportda yuk va yo‘lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda transmilliy transport yo‘laklarini rivojlantirish borasidagi faoliyati muvofiqlashtirildi. Respublikada avtotransport vositalarining bir qismi (avtobuslar, yuk va yengil mashinalar) shirkat va fermer xo‘jaliklari, fuqarolarning mulki.
 
8-yanvar Rossiyada "Taqvim kuni” bayrami
1709-yil 8-yanvar kuni  Pyotr I ning tashabbusi   bo‘yicha graf Yakov Bryus redaksiyasi ostida birinchi fuqarolik  taqvimi  chiqarildi,  u 1706-yildan boshlab  Rossiyada kitob nashr qilish bilan shug‘ullangan. Shu sanadan boshlab taqvimlarning har yilgi nashrlari solnomasini yuritish kerak edi. Diqqatga sazovorligi shundaki, xusuiy korxonalarga Rossiyada taqvim nashr qilish va ayniqsa, chet eldan olib kelish ta’qiqlangan  edi. Birinchi "Bryusov” nomli fuqarolik taqvimi  katta  shuhrat qozongan.

8-yanvar Gretsiyada Ginaykratiya - ayollar festivali kun
Ginaykratiya - Gretsiyada Ayollar festivali bo‘lib, bayram kunida ayollar uy yumushlaridan ozod qilinib, ular 8 yanvar kuni o‘z vaqtlarini kafeda o‘tkazishadi. Gretsiyaning 8-yanvardagi Ayollar bayramini Rossiyaning 8-martdagi Ayollar bayramiga o‘xshatish mumkin. Garchi, bayramga jiddiy e’tibor qaratilsa, Ginaykratiya festivalining mazmuni bir oz boshqacha. Gresiyada 8-yanvar kunida asosan, Monoklisiya va Nea Petra shaharlarida, hamda mamlakatning shimoliy qismidagi ko‘pgina qishloqlarda Ginaykratiya - ayollar festivali o‘tkaziladi. Bu kuni oilalarda oilaviy vazifalar o‘rin almashadilar: ayollar uy yumushlaridan ozod etilib, kafelarda yoki jamoat maskanlarida - dam olish va ko‘ngil ochadigan joylarida o‘z kunlarini o‘tkazadilar.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.