Simob nima? 

17 745

  Simob — g’oyatda o’ziga xos metall bo’lib, uy sharoiti temperaturasida suyuq holatda bo’ladi. Simob 39 daraja sovuqlikda muzlaydi, 357 darajada esa qaynaydi. Uning vazni suvdan 13,6 marta og’irroq. Simobning sirtqi yaxlitligi katta hajmda bo’ladi, shu sababli ayrim predmetlar unda cho’kadi. Simob mayda tomchilarga bo’linish va oqish xossalariga ega. Tabiatda simob qizil tusli kinovar ma'dani tarzida mavjud bo’ladi. Kinovar ko’pgina tog’-qoya jinslariga kiradi, biroq uni ko’p hollarda vulqonli jinslar tarkibida uchratish mumkin. Simob oson bug’lanadi. Rudadan sof holdagi simob olish uchun rudani deyarli 482 S ga yetkazib qizdiriladi. Bug’ esa yig’ib, jamlab qotiriladi va simob olinadi. Kishilar simobni har xil shaklda anchadan buyon ishlatib kelmoqda. Yozuv paydo bo’lishiga qadar kinovar qizil bo’yoqlar tayyorlashda ishlatilar edi. Miloddan avvalgi 415-yilda simobni ruda tarkibidan olinib, metallarning sirtini qoplash va ayrim xastaliklarni davolash uchun qo’llanilar edi. Nodir metallar hosil qilishga umrini bag’ishlagan alkimyogarlar simobni sehrli metall deb bilishar edilar. Ular simobni o’z tajribalarida va har xil tadbirlarida keng qo’llaganlar. Hozirgi davrda simob tibbiyyotda keng qo’llanilmoqda. Garchi simob va uning qismlari zaharli bo’lsa-da, undan dori va dezinfeksiya vositalarini tayyorlashda qo’shimcha xomashyo tarzida foydalanilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan simobning uchdan bir qismi tibbiyot sohasida ishlatiladi. Biz simobni bemorlarning isitmasini aniqlaydigan vosita — «gradusnik» orqali yaxshi bilamiz. Chunki simob inson tanasidagi harorat darajasining o’zgarishlarini tez va aniq ko’rsatadi. Simob bugungi kunda bo’yoqlar tayyorlashda, stamotologiyada, xlor, kaustik soda — o’yuvchi natriy va elektr jihozlari ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.