Nikel nima? 

4 270

  Nikel sanoatning yuzlab tarmoqlarida keng qo’llanadigan ko’pgina qotishmalar tarkibiga kiradi. U odamlarga ma'lum bo’lgan eng foydali metallardan biridir. Biroq o’tmishda nikel kimyogarlarga ozmuncha tashvish keltirmagan. «Nikel»ning nomi bejizga olmon tilidagi «shaytoncha»dan kelib chiqmagan!
  Nikel sanoatning yuzlab tarmoqlarida keng qo’llanadigan ko’pgina qotishmalar tarkibiga kiradi. U odamlarga ma'lum bo’lgan eng foydali metallardan biridir. Biroq o’tmishda nikel kimyogarlarga ozmuncha tashvish keltirmagan. «Nikel»ning nomi bejizga olmon tilidagi «shaytoncha»dan kelib chiqmagan! Nikelni meteoritlar tarkibidan kuzatishgan va ayrim hollarda — biroz miqdorda — uni mustaqil, sof holatda uchratish mumkin. Biroq nikelning yirik zaxiralari ma'lum bir konlarda, masalan, pirrotit konlarida bo’ladi. (Pirrotit tarkibida temir, mis va nikel bi-rikmalari mavjud ma'dandir). Kanada — dunyo-da eng kўp nikel ishlab chiqaradigan mamlakat. Tarkibida nikel bo’lgan rudani, undan shteyn deb ataluvchi boyitilgan qorishmani olish uchun, odatda domna pechlarida eritiladi. Shundan keyin bu qorishmaning o’zi domna pechlarida eritilib, undan nikel olinadi. Nikel — kumushrang, yarqiroq metall, unga osonlik bilan ishlov berish mumkin. Buning ustiga, nikel — qizdirilmagan holatida ham eng magnitlanuvchan metallardandir.   Biz sof nikelni juda kam uchratamiz, uni boshqa metallarga qoplama tarzida qo’llanilganda ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Bu nikel qoplama deb ataladi. Bunday qoplama metallni zanglash va yarqiroqligini yo’qotishdan asraydi, ularning chidamliligini oshiradi. Ishlab chiqarilayotgan nikelning salmoqli qismi qotishmalar uchun ishlatiladi. Masalan, uning mis bilan qotishmasi tanga tayyorlashda qo’llaniladi. AQShning besh sentlik tangasini «nikel» deyishadi. Nikelning mis bilan uchga bir, qo’rg’oshin bilan birga bir nisbat bilan aralashtirib tayyorlangan qotishmasi «ney-zilber» deb atalgan yorqin kumush tusli metalni vujudga keltiradi, bu metall oshxona jihozlari va kumush hal berib tayyorlanadigan buyumlarning asosini yasash uchun ishlatiladi. Nikelning nisbatan uncha katta bo’lmagan qismi shunday maqsadlar uchun foydalaniladi. Asosan esa nikel zimmasiga doimiy ravishda og’irroq yuk tushib turadigan joylarda qo’llaniladigan po’latga qotishma qilinadi. Bu qotishmalar ko’priklar, temir yo’llar qurilishida, mixparchinlar, lokomotivlar uchun qozonlar, avtomobillarning uzatish qutilari va o’qi, ekskovatorlar kovshining tishini tayyorlashga ishlatiladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.