Tungus — bu … 

5 031

1908-yil 30-iyunda ro‘y bergan "Tungus metioriti” deb nom olgan hodisaning siri shu paytgacha ochilmay kelayotgan edi. Biroq 2013 yil fevralda Chelyabinskga fazodan tushgan yot jism bu masalaga oydinlik kiritdi.

  — Chelyabinskga tushgan meteroit barcha jihatlari bilan Tungus metioritiga aynan o‘xshash bo‘lib, olimlarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi, – deydi Zvenigorod observatoriyasi mudiri, astronom olim Vitaliy Romeyko.

 Darhaqiqat, har ikkala hodisa bilan bog‘liq tafsilotlar tahlil qilinsa, ko‘plab o‘xshashliklarni kuzatish mumkin. Ikkala yot jism ham yerdan bir necha kilometr balandlikda portlagan, bir vaqtda (tong saharda) sodir bo‘lgan, bitta hududga (Sibirga) tushgan. Atmosfera hodisalari ham ya’ni, quyoshdek chaqnashi, osmonda oq iz qoldirishi, qulayotganda vishillashga o‘xshash ovoz chiqarishi singari jarayonlar ham bir-biriga monand. Chunki Tungus metioritiga guvoh bo‘lganlar tomonidan ta’riflangan hodisalar qayd etilgan yozma manbaalarda ham aynan shunday holatlar bayon etilgan.

 Portlashdan so‘ng Chelyabinskda kumushsimon bulutlar paydo bo‘ldi, atrofdagi hududlarda esa "xondritlar” sinfiga xos jismlarning mayda bo‘laklari topildi. Shundan kelib chiqib, Tungus meteroitini muz, chang va tosh aralashmasidan iborat katta shar deb taxmin qilish mumkin. "Asr jumbog‘i” deb nom olgan Tungus meteroiti tushgan joydan kosmik chang qoldiqlari topilgan, muz bo‘laklari erib ketgan, tosh bo‘laklari esa yer qa’riga g‘oyib bo‘lgan.- 1908 yildagi Tungus meteroitiga o‘xshash yot jismlarning fazodan yerga tushishi hozir ham davom etmoqda, – deydi "Kosmopoisk” guruhi rahbari Vadim Chernoborov.

  2007-yili Uglovsk meteroitining ikki bo‘lagi bir vaqtning o‘zida Oltay o‘lkasiga va Eronga qulagandi. Shu yilning o‘zida Perudagi Titikaka ko‘li yaqiniga qulagan yot jism natijasida katta iz (krater) paydo bo‘ldi. Xitoydagi meteroit yomg‘iri, Nevada va Kaliforniya ustida portlagan samoviy yot jismlar shular jumlasidandir.

   Chelyabinsk meteroiti qulagandan so‘ng, o‘sha vaqtning o‘zidayoq o‘rganishga imkon bo‘ldi. Tungus meteroiti bilan bog‘liq hodisalarga guvoh bo‘lgan kishilarning so‘zlari o‘sha paytda yozib qoldirilgan bo‘lsa-da, metiorit portlagan joy, aksincha, portlash yuz berganidan so‘ng, 19 yil o‘tib o‘rganildi.

   Hozir olimlarda Taygadagi Cheko ko‘li katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ushbu ko‘l Tungus meteroiti tushgan joydan 8 km. uzoqlikda joylashgan bo‘lib, hajmi 400×700 metr, chuqurligi esa 50 metrgacha keladi, kraterga aslo o‘xshamaydi. Lekin ko‘l varankasimon shaklda bo‘lib, 1908-yilda tuzilgan hech bir topografik kartalarda ko‘rsatilmagan.

  2000-yilda ital’yan olimlari radiolokator yordamida ko‘lni tekshirib, 10 m. chuqurlikda o‘rganilmagan krater (tashqi jism qoldirgan iz) borligini aniqlashdi.

  Uchuvchi – fazogir Georgiy Grechko shunday eslaydi: – O‘tgan asrning 60-yillarida Cheko ko‘lidan men o‘zga sayyoraliklar kemasini izlaganman. Bu ekspeditsiyaga Sergey Korolevning o‘zi mablag‘ ajratgan. Men fazogirlar guruhidagi do‘stlarim bilan uni o‘zga sayyoraliklar kemasi halokatga uchraganligiga ishontirganmiz.

  Bizga vertolyot va suvga sho‘ng‘ish uchun akvalanglar ajratildi. O‘sha paytda biz hech narsa topa olmadik. Lekin men aminmanki, Tungusda o‘zga sayyoraliklar kemasi portlagan. Ular yerni samodan uchib kelayotgan yot jismlardan saqlash uchun himoya vositalaridan foydalanishgan. Ya’ni, yerga qulayotgan meteroitni urib tushirishgan.

 Bu, albatta, fazogirning shaxsiy fikri va qarashlari. Ushbu fikr ilmiy asoslarga, aniq dalil va tafsilotlarga muhtoj. Aslida qanday, umuman, ko‘l bilan, ana shu hodisalar bilan bog‘liq savollarga javob topish, qolaversa, bu kabi hodisalar, ular o‘rtasidagi bog‘liq jihatlar, o‘xshashliklar jiddiy o‘rganishni taqazo etadi. Umuman, bu haqda yaqin yillar ichida aniq xulosaga kelishning imkoni bo‘lmas, balki insoniyat hech qachon ushbu jumboqning yechimini topa olmasligi ham mumkin. Nima bo‘lganda ham, izlanishlar davom etmoqda.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.