18-avgust Mars yoʻldoshi – Fobos kashf etilgan kun
Mars nafaqat astronomlar, balki oddiy odamlar eʼtiborini ham oʻziga jalb qiladigan betakror sayyora. Kim uchundir u ikkinchi Yerga aylanishi kutilayotgan samoviy jism, yana kim uchundir hech qachon etib boʻlmaydigan makon...
Marsning ikkita yoʻldoshi mavjud boʻlib, ularning biri Deymos, ikkinchi Fobos hisoblanadi.
Fobos – bundan 144 yil avval, 1877-yilning 18-avgust kuni amerikalik astronom Asaf Xoll tomonidan kashf etilgan.
Fobos – bundan 144 yil avval, 1877-yilning 18-avgust kuni amerikalik astronom Asaf Xoll tomonidan kashf etilgan.
• Fobos soʻzi qadimgi yunon tilidan tarjima qilganda “qoʻrquv” degan maʼnoni beradi.
• Deymos va Fobosning kichik oʻlchami hamda notekis shakli ularning bir vaqtlar asteroid boʻlgani va sayyora gravitatsiyasi changaliga tushganini taxmin qilishga imkon beradi.
• Astronomlar Deymos va Fobos oʻz vaqtida yagona hosila boʻlgani va keyinchalik ikkiga ajralgan boʻlishi mumkinligini ham taxmin qilishadi.
• Fobos Marsga har doim bitta tomoni bilan qarab turadi.
• Fobos yoʻldoshining oʻlchami Oydan 158 martaga kichik.
• Yoʻldosh Mars yuzasidan 6006 kilometr uzoqlikda aylanib yuradi. Taqqoslash uchun, Yer va Oy oʻrtasidagi masofa 384 ming kilometrga teng.
• Fobos yoʻldoshidagi eng katta kraterga yoʻldoshni kashf etgan astronom – Xollning rafiqasi sharafiga Stikni deb nom berilgan.
• Fobosdagi Stikni kraterini Marsdan turib ham koʻrish imkoniyati bor.
• Fobos ilk marta 1894-yilda suratga olingan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.