Eng uzoq davom etadigan aviareyslar 

4 131

The Telegraph nashri dunyodagi eng uzoq davom etadigan aviareyslar reytingini e’lon qildi. O’nlikdan 13-14,2 ming km masofalik va 16-17 soat davom etadigan parvozlar o’rin olgan. «Siz rostdan ham parvoz qilishni yoqtirasizmi? Unda nega quyidagi 10 reysdan birortasiga chipta olmayapsiz?» deyiladi  maqolada.
Uzoq davom etishi borasida rekord hisoblanuvchi birinchi va ikkinchi o’rindagi reyslarni Boeing-777 samolyotida Emirates aviakompaniyasi amalga oshiradi. Bular Dubaydan (BAA) Yangi Zelandiyaning Oklend shahri va Panamaga qilinadigan parvozlardir.

Parvoz vaqti — 17 soatu 15 daqiqa. Bu vaqt davomida samolyot Oklendgacha 14 200 km va Panamagacha 13 800 km masofani uchib o’tadi.

Uchinchi o’rinda Qantas aviakompaniyasining Dallasdan (AQSh) Sidneyga uchuvchi reysidir. 16 soatu 55 daqiqa davom etadigan parvoz vaqtida Airbus A380 samolyoti 13 800 km ga yaqin masofani uchib o’tadi.

Bundan tashqari, beshlikka Delta Air Lines aviakompaniyasining janubiy Afrikaning Yoxannesburgidan Atlantaga (AQSh) uchadigan (Boeing-777, 16 soat 40 daqiqa., 13 600 km) va Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabidan Los-Anjelesga (AQSh) uchadigan Etihad Airways aviakompaniyasining (Boeing-777, 16 soat 30 daqiqa., 13 500 km) reyslari kiritildi.

Reytingdagi qolgan o’rinlar quyidagicha ko’rinish oldi:
  • Dubay (BAA) — Los-Anjeles (AQSh) — Emirates, Airbus A380, 13 400 km, 16 soat 35 daqiqa.
  • Jidda (Saudiya Arabistoni) — Los-Anjeles (AQSh) — Saudia, Boeing-777, 13 400 km, 16 soat 55 daqiqa.
  • Dubay (BAA) — Xyuston (AQSh) — Emirates, Airbus A380, 13 100 km, 16 soat  20 daqiqa.
  • Abu-Dabi (BAA) – San-Fransisko (AQSh) — Eithad Airways, Boeing 777, 13 100 km, 16 soat 15 daqiqa.
  • Dallas (AQSh) — Gonkong — American Airlines, Boeing 777, 13 100 km, 16 soat 20 daqiqa.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.