Yuklanmoqda...

Boliviyaga qurg`oqchilik xavf solmoqda


Boliviyada iqlim o`zgarishi bilan bog`liq muammolar kuzatilmoqda, deya xabar qildi Report nashri.

Mamlakatning g`arbiy hududlarida davom etayotgan qurg`oqchilik mahalliy aholini qiyin ahvolga solmoqda. Odamlar chorvalari hamda ekinlari nobud bo`layotganidan tashvishda. Ko`llardagi mavjud suvlar ham ifloslanib bormoqda.

– Ko`rib turganingizdek, atrofda birorta qush ham, baliq ham yo`q. Hammasi qirilib ketmoqda. Suvsizlik 2014 yildan buyon davom etmoqda, – deydi Boliviya meteorologiya xodimlaridan biri.

Внимание! Если Вы нашли ошибку в тексте, выделите её и нажмите Ctrl+Enter для уведомления администрации.

Комментарии