Yuklanmoqda...

O'zbekiston ekologik harakati


Resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan jamekologiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini rivojlantirish Ekoharakatning asosiy vazifalaridan biridir. O'zbekiston ekologik harakati va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlari guruhi "Sog'lom muhit — inson salomatligi” g'oyasini asosiy shiori, deb biladi va atrof-muhit muhofazasi, aholi salomatligini mustahkamlash sohasida rejali asosda keng qamrovli ishlarni bajarmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda bevosita ishtirok etish, qonun hujjatlari va davlat miqyosidagi boshqa qarorlar markazda hamda joylarda to'liq ijro etilishiga samarali ta'sir o'tkazishda Ekoharakatning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi vakillari muhim o'rin egallamoqda.
 
Ekoharakatga ushbu imkoniyatlar mamlakatimizning demokratik rivojlanish yo'lidagi faoliyatini yanada jadallashtirish hamda kuchli fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan normalarni o'zida ifoda etgan bir qator qonun hujjatlarining, shu jumladan, 2008 yilning 25 dekabrida qabul qilingan "Saylov to'g'risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan yaratildi.
 
Mazkur Qonun bilan Konstitutsiyaga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlik o'rinlari sonini bir yuz yigirmatadan bir yuz elliktaga ko'paytirishni nazarda tutuvchi o'zgartish kiritildi. Shulardan o'n beshta deputatlik o'rni ekologiya va sog'liqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan olimlarni, mutaxassislarni, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini birlashtirgan jamoat tashkiloti — O'zbekiston ekologik harakati vakillari uchun ajratildi. Mamlakatimizning Asosiy Qonuni hamda tegishli boshqa qonun hujjatlari takomillashtirilishi saylov to'g'risidagi qonun hujjatlarini bosqichma-bosqich liberallashtirish va demokratlashtirish yo'lidagi navbatdagi muhim qadam bo'ldi.
 
Ta'kidlash joizki, O'zbekiston ekologik harakati siyosiy tashkilot hisoblanmaydi. Uning asosiy maqsadi mamlakatning barcha aholisi manfaatlari uchun birdek daxldor bo'lgan atrof-muhit muhofazasi va inson salomatligini saqlash masalalari bilan shug'ullanishga yo'naltirilgan. O'zbekiston ekologik harakatiga kvota asosida 15 nafar deputatni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylash huquqining berilishi davlatimiz tomonidan O'zbekiston fuqarolari hamda kelajak avlodning qulay atrof-muhitga bo'lgan huquqini kafolatlash, aholi salomatligini yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlash yo'lida amalga oshirilayotgan izchil choralardan hisoblanadi.
 
"O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida”gi Qonunga ko'ra, O'zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasining o'n besh nafar deputati mazkur harakatning oliy organi (Konferentsiya) tomonidan Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan muddatlarda saylanadi. O'zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko'rsatish va ularni saylash tartibi ham Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. O'zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga deputatlar sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish ochiq hamda oshkora amalga oshiriladi.

Внимание! Если Вы нашли ошибку в тексте, выделите её и нажмите Ctrl+Enter для уведомления администрации.

Комментарии