Yuklanmoqda...

Chang qayerdan paydo bo'ladi? 

70


Chang jumboqli narsa, uni qancha artmang u baribir yig'ilaveradi. U qanday paydo bo'ladi? Masalan, ta'tilga chiqishdan oldin hamma joyni tozalab, derazalarni zich berkitib ketamiz. Dam olishdan qaytgach, yana to'la changni ko'ramiz. Chindan u qanday paydo bo'ladi? Uyimizdagi changdan Sahroi Kabir qumlarini, Yaponiyadagi Sakuradxima vulqonini kullarini, Tinch okeanidan kelgan tuzlarni va boshqa bir talay narsalarni ko'rish mumkin.

Har yili Rossiyaga bir necha o'n million chang cho'kadi. Buning 70 foizi tabiat tomonidan, 30 foizi inson tomonidan hosil qilinadi. Bular asosan mineral yoqilg'ilar - neft, gaz, ko'mir yoqilishidan hosil bo'lgan.Tuproq changning eng katta manbai. Dhamol tomonidan ko'chiriladigan tuproq zarralari osmonga baland ko'tariladi va bir neha kilometr yiroqlarga uchib boradi. Ummon changi dengixzdan havoga ko'tariladigan tuz zarralari ikkinchi o'rinni egallaydi. Albatta, kristallarni o'zi emas, balki suvning to'lqinlar va suv havzalari tubida havo pufakchalari yorilgan paytda hosil bo'ladigan uchqunsimon zarralari havoga ko'tariladi. Tomchilar tezda qurib qoladi, tuzlarga to'yinadi. Xuddi tuproq zarralari singari bu kristalchalar ham yerdan baland ko'tariladida suv bug'lari bilan birikkan holda bulutlar ko'rinishida suzib yuradi.

Chang tarkibida kun kechiruvchi organizmlar - jo'laklar, uy changidagi zarra miqdor mavjudot. Ularni 50ga yaqin turi bo'lib, odam terisidagi o'lik tangachalar bilan kun ko'radi. Ular deyarli bezarar, ammo ayrim odamlarda allergiya qo'zg'ashi mumkin.

Nima uchun hech kim yashamagan uyda chang ko'payadi? Birinchidan, har wanday tozalash ham xonadagi havo tarkibini o'zgartira olmaydi. Ikkinchidan, hatto deraza va eshikning zich yopilishi ham chang yo'liga to'siq bo'la olmaydi. Ignaning ko'zicha tirqich bo'lsa bas, changning o'zi topib oladi.
Normurod LATIPOV 
                                      Navoiy davlat pedagogika instituti
tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o`qitish metodikasi yo’nalishi
                                                         2-A guruh talabasi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash