Iyul oyi tarixdagi eng issiq oy deb topildi 

949

AQShning NOAA meterologik qo‘mitasi 2021-yilning iyul oyi oxirgi 142 yilda kuzatilgan eng issiq oy ekanini ma’lum qildi. Ushbu “record” iqlim o‘zgarishi to‘liq inson faoliyati oqibatida yuz berishini isbotlamoqda. Bu haqida Deutsche Welle nashri xabar bermoqda.

NOAA meterologik qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, iyul oyidagi harorat XX asr o‘rtacha ko‘rsatkichidan 0,93 gradusga yuqoriroq bo‘lgan. Mintaqalar bo‘yicha eng yuqori harorat Osiyoda kuzatilgan. Bundan avvalgi harorat bo‘yicha record 2016-yilda qayd etilgan. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ekspertlarining o‘tgan hafta e’lon qilingan fikrlariga ko‘ra, Yer kutilganidan tezroq suratda isib bormoqda va 2030-yilga kelib harorat XX asridagiga nisbatan 1,5 gradusga yuqoriroq bo‘ladi. 
Eslatib o‘tamiz, iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida Turkiya, Gretsita, Jazoir va AQSh kabi davlatlar aholisi sezilari darajada zarar ko‘rgan. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.