O’qituvchilar eng ko’p maosh oladigan davlatlarni bilasizmi? 

5 715

O’qituvchilik kasbi har bir davlatda eng muhim kasblardan hisoblanadi, chunki mamlakat farovonligi bevosita bog`liq bo’lgan xalqning savodli bo’lishi uchun poydevorni aynan o’qituvchilar qo’yishadi. Ayrim mamlakatlarda o’qituvchilarning davlat rivoji uchun  qo’shayotgan hissalari yuksak qadrlanadi va ularga yaxshi maosh to’lanadi.

Quyida o’qituvchilar yiliga eng ko’p maosh oladigan mamlakatlar bilan tanishishingiz mumkin.

17. Fransiya —31,421.49 dollar
Fransiyada ycole maternelle deb ataluvchi maktabgacha ta’limdan keyin majburiy ta’lim tizimi uchta: ycole, collige va lycye bosqichlariga bo’lingan.

16. Portugaliya — 32,563.75 dollar
Portugaliyada maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha bo’lgan davrda ta’lim olish uchun davlat yoki xususiy ta’lim muassasasidan birini tanlash mumkin.

15. Kosta-Rika — 33,519.29 dollar
Kosta-Rikada o’quvchilar oilalari orasidagi iqtisodiy tafovut ajralib turmasligi uchun barcha maktab o’quvchilari bir xil libosda yurishlari shart.

14. Shvetsiya — 36,766.81 dollar
Shvetsiyada majburiy maktab ta’limi to’rt: maktabgacha, kichik, o’rta va katta ta’lim bosqichlariga bo’linadi.

13. Avstriya —37,122.44 dollar
Avstriyada 9 yillik majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etilgan.

12. Finlyandiya — 37,728.28 dollar
Finlyandiyada bolalar 7 yoshga to’lganidan keyin maktabga qabul qilinadi.

11. Kanada — 39,071.90 dollar
Bu yerda bolalar 16 yoshgacha maktabga kelishga majbur bo’lib, Manitoba, Ontario va Nyu-Bransuikda ta’lim olish 18 yoshgacha majburiy hisoblanadi.

10. Niderlandiya — 39,098.02 dollar
Niderlandiyada asosiy ta’lim tili golland tili bo’lsa-da, aksariyat maktab va universitetlar ingliz tilida ta’lim berishga o’tmoqda.

9. Avstraliya — 40,762.47 dollar
Avstraliyada uch turdagi maktablar mavjud: davlat maktablari, katolik maktablari va mustaqil yoki xususiy maktablar.

8. Ispaniya — 41,886.99 dollar
2008-yilgi moliyaviy inqiroz sababli hozirda Ispaniya Yevropada ishsizlik ko’rsatkichi bo’yicha eng yuqori o’rinda turadi.

7. Meksika — 42,816.51 dollar
Meksikada aksariyat bolalar boshlang`ich maktabga borishadi, ammo 2011-yilda atigi 62 foiz bola o’rta maktabga kirgan.

6. AQSh  — 43,556.76 dollar
2011-yilda AQShda 3 yoshli bolalarning yarmi maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnagan bo’lsa, Yevropada bu ko’rsatkich 90 foizni tashkil etgan.

5. Daniya — 46,784.11 dollar
Daniyada ta’lim olish bepul bo’lib, bu yerda 9 yillik majburiy ta’lim joriy etilgan.

4. Norvegiya — 47,313.23 dollar
Norvegiyada emigrantlarning farzandlari uchun ta’lim ikki tilda olib boriladigan maktablar faoliyat ko’rsatadi.

3. Germaniya — 61,418.47 dollar
Nemis oilalaridagi bolalarning aksariyati davlat maktablarida o’qishadi.

2. Shveysariya — 69,704.74 dollar
Shveysariyada 26 ta kanton majburiy ta’lim tizimi uchun mas’ul hisoblanadi.

1. Lyuksemburg — 79,129.67 dollar
Lyuksemburgda ta’lim uchta tilda: lyuksemburg, nemis va fransuz tillarida olib boriladi.

Taqqoslash uchun: O’zbekistonda maktab o’qituvchilarining o’rtacha oylik maoshi 2018-yil 1-sentyabrdan 1 mln 749 500 so’m (222,5 dollar, yiliga 2670 dollar)ni tashkil qiladi. 2019-yil 1-yanvardan esa ularning maoshini 2 mln 501 ming so’mga (318,1 dollar, yiliga 3817 dollar) yetkazish ko’zda tutilgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, Qirg`izistonda maktab o’qituvchilarining maoshi 13600-13800 somni (199,6-202,5 dollar, yiliga 2395-2430 dollar), Tojikistonda 1051 somoniyni (111 dollar, yiliga 1332 dollar), Qozog`istonda 120-130 ming tengeni (320-347 dollar, yiliga 3840-4164 dollar) tashkil etadi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.