Yuklanmoqda...

Dunyodagi eng yaxshi ta’lim tizimi qaysi mamlakatda ekanligini bilasizmi?


Mutaxassislar fikriga ko’ra, dunyoning eng yaxshi ta’lim tizimi Finlandiyada ekan. Finlandiya Yevropaning rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblanadi.

Xo’sh, dunyoda eng yaxshi hisoblanadigan Finlandiya ta’lim tizimi, boshqalardan nimasi bilan ajralib turadi?
  • Finlandiyada nufuzli yoki oddiy maktab tushunchasi yo’q. Hamma maktab davlatga tegishli bo’lib, ular bir xil moliyalanadi va bir xil asbob-uskuna va imkoniyatlarga ega;
  • Kichik sinflarda bolalarga uy vazifasi berilmaydi, imtihon topshirmaydi va ularga baho qo’yilmaydi; 
  • Fin maktablarida bolalar juda ko’p insho yozadi: mustaqil ishlash bolaga har bir masala haqida o’z fikriga ega bo’lishni va fikrini badiiy tilda izohlashni o’rgatadi;   
  • Bir fanni boshqa fanlar o’rnida chuqurroq o’rganish ma’qullanmaydi. Masalan finlar matematikani san’atdan ko’ra chuqurroq o’rganish kerak deb hisoblamaydi;
  • Bir o’quvchini boshqa o’quvchibilan qiyoslash ta’qiqlangan. Nogiron va qobiliyatlari bolalar bir sinfda o’qishadi;
  • Fin maktablari shiori shunday: Biz bolani yo hayotga tayyorlaymiz, yo – imtihonga. Biz birinchisini tanladik”. Shuning uchun ham fin maktablarida faqat bir marta – o’quvchi 16 yoshga to’lganda imtihon topshiriladi;
  • Fin maktablarida eng asosiysi — o’quvchini mustaqil hayotga tayyorlashi, deb hisoblanadi.  Shuning uchun ham ularga mustaqil bilim olishni o’rgatishadi. Bolalar yodlab olingan formulalar o’rniga, spravochnik, kalkulyator va internetdan foydalanishni o’rganadi;  
  • O’qituvchilar bir kunda sinf xonasida 4 soat dars beradi va haftaga 2 soat o’qituvchi malaka oshirishiga sarflanadi;
  • Finlandiyada "o’qituvchi” kasbi – obro’li kasb hisoblanadi. Oliy ta’lim maskanlarida o’qituvchi bo’lish ishlashga juda katta konkurs mavjud;
  • Finlandiyada umumiy o’rta ta’lim – bepul. Buning ichiga bepul tushlik, ekskursiya, maktab avtobuslari va kitoblar kiradi. Ota-onalardan pul yig`ish ta’qiqlangan;
Ma’lumki, Finlandiya Yevropa shimolida joylashgan kichik mamlakat. Katta tabiiy boyliklar, savdo imtiyozlari yoki boshqa sezilarli daromad manbaalariga ega emas. 20 asr boshlarida Finlandiya Yevropaning eng qashshoq mamlakatlaridan biri bo’lgan. O’sha yillarda minglab finlar AQSh, Angliya, Germaniya va Fransiyaga borib oddiy ishchi sifatida (mehnat migranti) ishlagan. O’sha vaqtlarda amerikada uy xizmatchisini "finka” deb atashgan.

Bugungi kunda esa, Finlandiya dunyoning nufuzli tahliliy markazlar fikriga ko’ra, "Dunyoning eng yaxshi mamlakati”, "Erkaklar va ayollar huquqlari teng mamlakat”,  "Dunyoning eng stabil mamlakati”, "Dunyoning eng xavfsiz mamlakati”, "Dunyoning eng qulay mamlakati”  degan nomlariga sazovor bo’lgan.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar