Yaqin orada Antarktidadan yirik aysberg sinib tushadi. 

2 456

Olimlar taxminlariga ko‘ra, bir necha hafta yoki oylar ichida Antarktidadagi Larsen muzligidan maydoni qariyb 5 ming kvadrat kilometrga teng aysberg sinib tushadi, deb yozadi "Korrespondent.net”.

O‘tgan yilning dekabrida Amerikaning NASA kosmik agentligi Larsen muzligida hosil bo‘lgan, kengligi 100 metr, chuqurligi 500 metrga teng yoriq suratini namoyish etgan edi.

Ushbu yoriq okeanga yetganida, muzlikdan maydoni 5 ming kvadrat kilometrga teng muz parchasi sinib tushadi.

Bu bir oy ichida sodir bo‘lishi mumkin. Ayni paytda siniq okeanga yetishiga 20 km qolgan. O‘tgan yilning dekabrida yoriq bir necha hafta ichida 18 km masofadan o‘tgan edi.

Antarktidadan sinib tushadigan muz bo‘lagi tarixdagi eng yirik aysberglar o‘nligiga kiradi, ammo uning dengizga cho‘kishi dunyo okeanlari sathiga ko‘p ham ta’sir qilmaydi. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, agar muz butun holicha suvga cho‘ksa, dengiz sathi 10 santimetrga ko‘tarilishi mumkin.


Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.