Yomg‘ir haqida turfa ma’lumotlar 

9 172

 Kislotali yomg'irlar Yerni global sovishdan qutqaradi

  • Portugaliyada yomg‘ir yoqqani sababli ishga chiqmagan odamning bahonasi asosli hisoblanadi.
  • Para shahrida aholi soatini yomg‘irga qarab to‘g‘rilab oladi, chunki bu yerda yomg‘irlar odatda bir vaqtda yog‘adi.
  • Aslida yomg‘irning hidi bo‘lmaydi. Yomg‘ir paytida paydo bo‘ladigan isni aktin va sian bakteriyalari hosil qiladi.
  • Uganda mamlakatida yiliga o‘rtacha 250 marta yomg‘ir yog‘adi.
  • Qurg‘oqchil iqlimi bilan mashhur Botsvana aholisining salomlashuv so‘zi "yomg‘ir” degan ma’noni bildiradi. Ular hatto milliy valyutasiga ham "yomg‘ir” nomini berishgan.
  • Kubada yomg‘ir odatda peshindan keyin, Taylandda esa faqat kechasi yog‘adi.
  • Sahrodagi odam yomg‘irda qolib ham quruq yurishi mumkin. Chunki tomchilar yerga yetib kelmaydi, qizib turgan havo ularni bug‘lantirib yuboradi.
  • Hindisdondagi Cherapunji shahri dunyodagi eng seryog‘in shahar sanaladi. Bu yerga yiliga o‘rtacha 26 460 mm yomg‘ir tushadi.
  • Yomg‘ir odatda 5,6 rN kislotaga ega bo‘ladi. Kislota miqdori kam bo‘lsa, yog‘in kislotali deb hisoblanadi. 5,5 kislotali yomg‘irda bakteriyalar, 4,5 kislotalisida esa hasharotlar, suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar, baliqlar halok bo‘ladi.
  • AQSHning Ogayo shtatidagi Uaynsberg shaharchasida 29 iyul odatda yomg‘ir bilan o‘tadi. Bu hol yuz yildan beri takrorlanyapti.
  • Hozir hatto sun’iy yomg‘ir yog‘dirish ham mumkin. To‘p-to‘p bulutlar ustiga samolyotdan quruq muz bo‘lakchalari tashlanadi. Bulutda karbonat kislotasi suv bilan qorishadi va qor parchasiga aylanadi. Yo‘lda harorat ta’sir qilib, qor parchalari yerga yomg‘ir bo‘lib tushadi.
  • Har yili yerga 519 000 kilometr kub yomg‘ir tushadi. Bir kilometr kub yog‘in milliard tonna suv demakdir.
  • Har yuz million odamdan birining yomg‘irga allergiyasi bor. Bunday odamning badaniga suv tegsa, oldin qizaradi, keyin shishib ketadi. Agar u yomg‘irda qoladigan bo‘lsa, halok bo‘lishi ham mumkin.
  • Eng og‘ir do‘l 1986 yilning 14 aprelida Gopalganj shahrida yoqqan. Bir dona do‘l donasi o‘rtacha bir kilogramm edi. Shu yog‘in tufayli 92 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
  • Dunyodagi eng seryog‘in joylarda qish payti suv yetishmaydi. Yomg‘irlar mavsumi so‘nggiga yetgach, qurg‘oqchil qish keladi. Bu paytda odamlar boshqa shaharlardan suv sotib olishga majbur bo‘ladi.
Orifjon MADVALIYEV 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.