Yuklanmoqda...

Sahroi Kabirda qor yog'di. 

216

Jahonning eng katta cho'li, Shimoliy Afrikadagi Sahroi Kabirda 37 yildan beri birinchi marta qor yog'di. Jazoirning Ayn-Safro shahrida suratkash Karim Buchetata ushbu noyob tabiiy hodisani qayd etishga muyassar bo'ldi.
 
Jazoirning Ayn-Sefra shahrida istiqomat qiluvchi Karim Buchetata noyob tabiat hodisasini suratga olish muvaffaq bo'ldi.
 
U sahroda yoqqan qorni tasvirga tushirgan. Gizmodo’ning xabar berishicha, erkak bu holatdan o'zi ham hayratga tushgan, biroq qor erib ketguniga qadar bir necha kadrlarni olishga ulgurdi.

"Sahro darvozasi” nomi bilan mashhur bo'lgan Ayn-Sefra tumanida qor 1979 yilning fevralida, shuningdek 2005- va 2012-yillarda yog'gan. Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistonida ham noyabr oyi oxirida qor yog'di. Bu ham ushbu mintaqaga xos bo'lmagan hodisa bo'lib, o'shanda havo harorati uch daraja sovuqni tashkil qildi.


Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив