Ajoyib! Avstraliyada baliq yomg‘iri yog‘di 

957

Avstraliyada mahalliy aholi baliq yomg‘iriga guvoh bo‘ldi, deb xabar berdi Daily Mail.

Tanami cho‘lida yashovchilarning aytishicha, g‘ayriodatiy tabiat hodisasi ularni hayratga solgan. Yomg‘ir boshlanishi bilan osmondan yomg‘ir tomchilariga qo‘shilib tirik baliqlar ham yog‘ilishni boshlagan.

«Bolalar baliqlarni terib, suv to‘la bankalarga solib qo‘yishdi», — dedi guvohlardan biri.

Mutaxassislarning aytishlaricha, baliq yomg‘iri daryo va ko‘llar orqali tornado yoki smerch o‘tishi natijasida yuzaga kelgan. Kuchli havo oqimi baliqlarni suv havvzalaridan so‘rib oladi, so‘ngra boshqa bir joyga uloqtirib tashlaydi.

Oxirgi marta bunday noyob tabitat hodisasi (baliq yomg‘iri) Avstraliyada 2010-yilning mart oyida sodir bo‘lgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.