Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy omillari
Yer boshqa
osmon jismlari kabi koinotning bir qismidir. Koinot Yerni o‘rab turgan  mavjud  moddiy 
borliq.  Koinot makonda cheksiz-chegarasiz  va  zamonda 
abadiydir.  Koinotda  osmon 
jismlari  tuzilishi turli 
xil bo‘lgan tizimlarni hosil 
qiladi.  Shulardan  biri 
Quyosh sistemasidir. Quyosh atrof dagi 
sayyoralar, yo‘ldoshlar,  asteroidlar, 
kometalar  bilan  bir 
tizim  bo‘lib galaktikamiz Somon yo‘li markazi  atrof  da 
aylanma  harakat qiladi. Somon
yo‘li galaktikasi haqidagi ma’lumotlar astronomi- ya darsligidan Sizga ma’lum.
Quyosh  sistemasidan galaktika markazigacha bo‘lgan masofa 23–28 ming yorug‘lik  yiliga  teng. Quyosh galaktikaning  chekkaroq qismida joylashgan.  Bu 
holat  Yer  uchun 
juda  qulay: u Galaktikaning  nisbatan tinch 
qismida  joylashgan  va 
paydo  bo‘lganidan  buyon 
fazoviy  halokatlarga uchramasdan 
rivojlanib  kelmoqda.  Quyosh 
sistemasi  Galaktika  markazi 
atrofida  200–220 km/s tezlik 
bilan  harakatlanib,  180–220 
mln  yilda  bir 
marta  aylanib chiqadi. Yerdagi 200 mln yil – tektonik siklning  davomiyligi 
hisoblanadi. Bu Yer hayotida tektonik  hodisalarning 
ma’lum  ketma-ketligi  bilan 
tavsifl anadigan muhim davr. Sikl  boshida  Yer po‘stining cho‘kishi, qalin cho‘kindi
qatlamning to‘planishi, suv osti vulqonlarining otilishi ro‘y beradi. Keyin, tektonik jarayonlar
kuchayadi,  tog‘lar vujudga keladi,
materiklarning tashqi ko‘rinishi, qiyofasi o‘zgaradi. Bu esa, o‘z navbatida,
Yer tabiatining o‘zgarishiga olib keladi.
Quyosh – Yerga eng yaqin yulduz bo‘lib, diametri 1,39 mln km, o‘ta qizigan,  yorug‘lik 
va  issiqlik  taratib 
turadigan,  gazlardan  iborat 
sharsimon osmon jismidir. Unda Quyosh sistemasining 99 % dan ortiq  massasi to‘plangan. Shuning uchun u atrof
dagi osmon jismlarini tortish  kuchi
hisobiga ushlab turadi va sayyoralarning deyarli bir xil tekislikda  harakatlanishini ta’minlaydi.
Quyosh
sistemasi – Quyosh, 8 ta sayyora, 160 dan ortiq yo‘ldosh,  40000 dan ortiq asteroid va 1 mln ga yaqin
kometadan iborat. Ushbu osmon jismlarining barchasi Yer tabiatiga ta’sir
ko‘rsatadi. Ammo, eng  kuchli ta’sir
Quyosh, so‘ngra Oy tomonidan bo‘ladi.
Quyoshdan
tarqaladigan issiqlikning milliarddan ikki qismi Yerga yetib  keladi. Bu miqdor Yer uchun xos bo‘lgan
issiqlik sharoitini  ta’minlaydi.  Quyoshdan 
keladigan  radiatsiya Yer
yuzasidagi  issiqlikning  asosiy 
manbayi bo‘lib, quruqlikda, Dunyo okeanida, atmosfera va tirik
organizmlarda ro‘y beradigan jarayonlarni vujudga keltiruvchi asosiy kuchdir.
Quyoshdan
Yerga yorug‘lik va issiqlikdan tashqari elektr zaryadli har  xil 
zarralar  uzatiladi. Koinotning 
uzoq  qismidan  Yer 
atmosferasi ning  yuqori  qatlamlariga 
ko‘rinmas va juda katta energiyaga ega bo‘lgan  kosmik nurlar kelib
turadi. Bu zarralar va nurlar ta’sirida Yerdagi ko‘p hodisalar, jumladan, qutb yog‘dusi, magnit bo‘ronlari, 
havoning ionlashishi, atmosferadagi ba’zi gazlarning molekula holatidan
atom holatiga  o‘tishi kabilar vujudga
keladi.
Oy – Yerning  tabiiy  yo‘ldoshi 
va  unga  eng 
yaqin  osmon  jismi. 
Yerdan  384  ming 
km  masofada  joylashgan. 
Radiusi  1738  km, 
o‘rtacha zichligi 3,34  g/sm/kub.
Massasi Yer  massasidan 81 marta kichik. Yer  atrof da ellips orbita bo‘ylab 27,32 sutkada
aylanib chiqadi. Oy sovuq osmon jismi, o‘zidan issiqlik va yorug‘lik
chiqarmaydi. Quyoshdan kelgan nurni qaytargani uchun bizga yorug‘ bo‘lib
ko‘rinadi.  
Quyosh  va 
Oyning  tortishi  tufayli 
Yerning  shakli  davriy 
ravishda  o‘zgarib  turadi. 
Natijada  Dunyo  okeani, atmosfera va Yer  po‘stida 
ritmli  ravishda  qalqish 
hodisasi  ro‘y  beradi. 
Dunyo  okeanida  ko‘tarilgan 
qalqish  hodisasi  Yerning 
o‘z  o‘qi  atrof da 
aylanishiga  teskari  yo‘nalishda 
harakat  qilib,  Yerning 
aylanish  tezligini  kamayishiga 
ma’lum  miqdorda  sabab 
bo‘ladi.  Oy,  Quyosh 
va  boshqa  osmon 
jismlarining  tortishi  tufayli Yerning  aylanishi 
sekinlashadi,  oqibatda
Yerning  qutbiy  siqiqligi kamayib, sharga yaqinlashib  boradi. Natijada litosfera plitalari harakati  va 
Yer  po‘stidagi  yoriqlar, 
tektonik  harakatlar  o‘zgaradi. 
Shuningdek,  Koriolis  kuchi 
kamayadi  va,  natijada 
havo  massalari,  shamollar 
va  okean  suvlari 
harakati,  iqlim  o‘zgaradi. 
Bularning  bari Yer  yuzida tabiiy 
sharoit  va  resurslarning 
o‘zgarishiga,  o‘z  navbatida, 
inson xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Yer  – 
Quyosh  sistemasidagi
sayyoralardan  biri  bo‘lib, uning 
shakli,  o‘lchamlari,
zichligi,  moddalar tarkibi, tuzilishi
va  harakatlari  koinotda 
joylashgan o‘rniga bog‘liq. Uning shaklini Siz quyi sinfl  arda sharsimon  deb o‘qigansiz. Bu  to‘g‘ri, lekin,  aslida, uning 
shakli  geoid.  Yer 
hech  bir  geometrik 
shaklga  yoki  jismga 
o‘xshamaydi.  Yer  yuzasida 
geodezik-kartografik ishlarda 
geoidni  o‘lchash va
hisoblash  qiyin  bo‘lgani 
uchun,  o‘lchash,  hisoblash 
va  tasvirlash oson  bo‘lgan 
shar  yoki  ellips 
shaklida deb qabul qilinadi.
Quyidagi jadvalda  keltirilgan 
ma’lumotlardan  Yerning  shakli 
va  o‘lchamlari haqida aniq
tasavvur hosil qilish mumkin. 

Yerning
shakli  va o‘lchamlarining geografik
ahamiyati quyidagilarda  namoyon bo‘ladi:
- Yerning sharsimon shakli quyosh nurlari tushish burchagining ekvatordan qutblarga tomon qonuniyatli o‘zgarib borishiga sabab bo‘ladi. Bu esa geografik zonallik qonuniyatini yuzaga keltirgan;
 - Yerning sharsimon shakli moddalarni bir joyga to‘playdi va quyuqlashtiradi. Natijada moddalar siqiladi va zichlashadi, ichki qismida turli zichlikka ega qobiqlar hosil bo‘ladi. Yerning qobiqli tuzilishi uning asosiy xususiyatidir;
 - Yer yuzasi, jumladan, geografik qobiqning dumaloq (sharsimon) shakldaligi makonning bir butun va cheksizligini ta’minlaydi;
 - Yerning haqiqiy shakli – geoidning shardan og‘ishi Yer ichidagi moddalarining muvozanatga intilishi tufayli yer po‘stida ko‘tarilishlar va cho‘kishlar, yer yoriqlari yuzaga kelishiga, oqibatda relyefning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Relyef va tektonik harakatlar geografik qobiqda azonallik qonuniyatini yuzaga keltiruvchi omillardir. Zonallik va azonallik qo nuniyatlarining bir joyda va bir paytda namoyon bo‘lishi Yer yuzi tabiatining turli-tuman bo‘lishini keltirib chiqargan;
 - Yer zichligi va massasining kattaligi uning tortish kuchi katta bo‘lishini, bu esa o‘z atrofida havo va suvni ushlab turishini ta’minlagan. Yer yuzasidagi atmosfera bosimining mavjudligi suvning suyuq holda bo‘lishiga imkon beradi, aks holda suv bug‘lanib ketgan bo‘lar edi. Yerda ma’lum bir doimiy issiqlik sharoitini ushlab turishda atmosfera va gidrosferaning ahamiyati katta. Atmosfera Quyoshdan kelayotgan zararli elektromagnit nurlarni ushlab qoladi. Dunyo okeani esa juda katta issiqlik manbayidir.
 
Yer  sayyorasi 
bir  vaqtning  o‘zida 
bir  qancha  harakatlarni amalga  o shiradi. 
Ulardan  Yer  tabiati va 
odamlar  hayoti uchun eng  ko‘p 
ta’sir  ko‘rsatadiganlari
Yerning  Quyosh atrof da, o‘z o‘qi atrof
da va Yer–Oy  umumiy og‘irlik markazi atrof  da aylanishidir.
Yer Quyosh
atrofida soat miliga teskari yo‘nalishda o‘rtacha 29,8 km/sekund tezlik  bilan  
934 mln  km bo‘lgan orbitani 365
sutka  6 soatda  to‘la bir marta aylanib  chiqadi. Yer 
orbitasi (Quyosh atrof da ayla nish 
yo‘li) ellips shaklda. Shuning uchun Quyosh bilan Yer orasidagi masofa
doim  o‘zgarib  turadi. Yer orbitasining  Quyoshga eng 
yaqin  nuqtasi  – perigeliy deyiladi. Bu nuqtada Yer va
Quyosh orasidagi masofa 147  mln km ga
teng. Yer orbitasining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi esa afeliy deyilib, Yer bilan
Quyosh  o‘rtasidagi  masofa 
152  mln km  bo‘ladi. 
Shuning  uchun  Yer 
orbita  bo‘ylab  turli tezlikda  harakat 
qiladi,  ya’ni  perigeliyda eng tez (30,3  km/sekund), 
afeliyda eng sekin  (29,3  km/ sekund) 
aylanadi. Buning oqibatida  Quyosh
Shimoliy yarimsharga 186  kun, Janubiy
yarimsharga esa 179 kun nur sochadi. Lekin bu Yerga keladigan issiqlikning
miqdoriga ta’sir qilmaydi. Yer orbitasining aylanaga  yaqin ellipsligi tufayli Yerga keladigan
issiqlikning miqdori o‘zgarmaydi, ya’ni doimiydir. Shu sababli Yer yuzida
doimiy issiq sharoit yuzaga  kelgan.
Yerning
Quyosh atrofida  aylanishining geografik
oqibatlari: yil fasllari hosil bo‘ladi,  kun va tun davomiyligi 
o‘zgaradi,  Quyosh  turishi 
nuqtalari  (22-iyun, 22-dekabr)  hamda bahorgi va kuzgi 
tengkunliklar (21-mart, 23-sentyabr)  bo‘ladi, 
Quyosh Shimoliy yarimsharga 1  hafta ko‘proq nur sochadi, yorug‘lik  mintaqalari hosil
bo‘ladi,  doimiy  issiqlik 
sharoit qaror topadi, musson shamollari  paydo 
bo‘ladi,  umuman,  geograf k qobiqda yillik ritmiklik qonuniyati
yuzaga keladi.
Yer
o‘z o‘qi atrof da aylanganda  aylanish o‘qi orbita tekisligiga nisbatan  66,5° 
burchak hosil  qiladi. Yer aylanishi ning  burchak 
tezligi 1 soatda 15°, 
ya’ni Yer  yuzidagi har qanday nuqta (qutblardan tashqari) 1 soatda 15° ga
buriladi. Lekin sekundiga masofa hisobidagi tezlik har xil kenglikda turlicha. Ekvatordan qutblarga
tomon kamayib boradi. Ekvatorda eng katta bo‘lib, sekundiga 455 m, qutblarda
esa 0 m ga teng.
Yerning o‘z
o‘qi atrofida aylanishining geografik
oqibatlari: sutka qaror topadi, kun va tun almashinadi, geografik qobiqda
sutkalik ritmiklik ro‘y beradi, Koriolis
kuchi hosil bo‘ladi, geografik qutblar vujudga keladi, turli meridianlarda
mahalliy vaqt har xil bo‘ladi.
Koriolis
kuchi Yer aylanishining buruvchi kuchi bo‘lib, uning ta’sirida gorizontal harakat  qilayotgan hamma jismlar o‘z  yo‘nalishidan Shimoliy yarimsharda o‘ngga, Janubiy  yarimsharda 
chapga  og‘adi. Uning ta’sirida havo massalari,
siklonlar va antisiklonlar, shamollar, dengiz oqimlari o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi, daryo suvlari Shimoliy yarimsharda
ko‘proq  o‘ng qirg‘og‘ini, Janubiy
yarimsharda chap qirg‘og‘ini yemiradi.
Yer Oy bilan birgalikda umumiy 
og‘irlik  markazi  atrofida aylanadi. Yer–Oy  umumiy 
og‘irlik markazi Yerning 
ichki  qismida,  uning 
markazidan radiusining ѕ qismi
masofada joylashgan. Yerning Yer–Oy  umumiy 
og‘irlik  markazi  atrof da 
aylanishi,  Oyning tortishi oqibatida  qalqish  hodisasi, 
ya’ni  Yerdagi  hamma 
jismlar  Oyga  tomon tortilishi ro‘y beradi. Bu,
ayniqsa, Dunyo okeanida yaqqol seziladi. Shuningdek,  Oyning 
tortishi oqibatida  Yerning 
o‘z  o‘qi  atrof da 
aylanishi  sekinlashadi. Qalqish
hodisasi va Yer aylanishi sekinlashishining Yer tabiatiga  ta’siri haqida yuqorida aytib o‘tilgan.
Umuman,  yuqorida 
aytilganidek,  Yerning  Koinotdagi 
o‘rni,  unga  osmon 
jismlarining  ta’siri,  uning 
shakli  va  o‘lchamlari 
Yerda  hayotning  paydo bo‘lishini,  tirik organizmlar uchun qulay muhitni va eng
asosiysi,  odamning  paydo 
bo‘lishi  va  jamiyatning 
barqaror  rivojlanishini  ta’minlagan. Bugungi sivilizatsiyani saqlab
qolish esa insonning o‘z qo‘lidadir.
        
    